3-Mavzu: Dasturlashni rejalashtirish. Reja


Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari


Download 0.74 Mb.
bet7/9
Sana08.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1341424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu Modellashtirish, algoritmlash va dasturlash vos

Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari.
Model tushunchasini ta‘riflash turli xil manbalarda turlicha tariflangan bo’lib, ma’no jihatdan esa bir xil sanaladi. Shunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq samolyot - samolyotning modeli, globus -yerning modeli, planetariy ekrani - osmon va undagi yulduzlar modeli, S=v*t formula – jism harakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bir "model"so‘zi bilan birlashadilar. Kundalik hayotimizda ishlatadigan dasturlarimizni modeli sifatida kompyuterda tuzilayotgan dasturni misol qilib olishimiz mumkin. U dasturni tuzishda matematik jihatdan yondashamiz va matematik modelini yaratamiz.

Keng ma‘noda model biror ob‘ekt yoki ob‘ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. N.N. Moiseev ta‘rifi bo‘yicha «Model deganda biz predmet (hodisa) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma‘lum bir chegaralangan ma‘lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelni ma‘lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida qarash mumkin. Oddiy kodlashda bizga barcha dastlabki ma‘lumotlar ma‘lum bo‘ladi va ularni biz faqat boshqa tilga o‘tkazamiz, model esa, qaysi tildan foydalansa ham, kishilar ilgari bilmagan ma‘lumotni ham kodlaydi». Endi modellashtirish tushunchasi haqida gapiramiz. Modellashtirishning ham turlishakllardagi bayonini keltiramiz. Modellarni yasash kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega.



Dasturlashda matematik modellashtirish nima uchun kerak ?

  • Obyekt (jarayon)ning matematk tarkibi, tuzilishi, asosiy xossalari rivojlanishi va tashqi muhit bilan o’zaro tasirini tushunishi uchun.

  • Obyektning (jarayon)ni boshqarishni o’rganish va berilgan maqsad va boshqarishning eng yaxshi usullarini aniqlash uchun.

  • Obyektga tasir qilishning berilgan usullarining va formalarini ishga tushirishning to’g’ri va bilvosita natijalarini oldindan aytib berish uchun.

Matematik model tushunchasi matematik modellash usulining asosiy tushunchasidir. Matematik model deb matematik belgilash yordamida ifodalanuvchi, qandaydir hodisa yoki tashqi dunyo jarayonini taxminiy tavsifiga aytiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling