3-Mavzu: Dasturlashni rejalashtirish. Reja
Download 0.74 Mb.
|
1-ma’ruza Mavzu Modellashtirish, algoritmlash va dasturlash vos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritm deb
- 6-bosqich. Dasturlash.
Masalani algoritmlash-masalani kompyuterdan foydalanib yechish algoritmini yaratish jarayoni.
Algoritmlash-masalani yechish bosqichi bo’lib, masalaga quyillgan shart va talablar asosida oxirgi natijani, masalani yechimini olish uchun ishlab chiqilgan algoritmlarning yaratish bilan shugullanadigan informatikaning bulimidir. Algoritm deb, masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligini aniq tavsiflaydigan qoidalar sistemaiga aytiladi. 5-bosqich. Ma‘lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash. Ma‘lumotlarni tasvirlash usulini tanlash algoritmni bajarilishi bilan chambarchas boglangan. Shu sababdan ma‘lumotni tasvirlashning shunday turini, usulini tanlash kerakki masalani yechish jarayoni sodda va tushunarli bulsin. Ma‘lumotlar oddiy o’zgaruvchilar, massiv, alohida ma‘lumot fayllari ko’rinishida axborot tashuvchida joylashadi. 6-bosqich. Dasturlash. Masalani ishchi holatga keltirilgan yechish algoritmini tanlangan algoritmik til vositasida ifodalash (tavsiflash, tasvirlash) dasurlash deyiladi. Algoritmning har bir mayda bulagi algoritmik tilning operatorlari yordamida, tilning sintaksis va semantika koidalari asosida yozib chiqiladi. Algoritm mukammal tuzilgan bo’lsa dasturlashda kiyinchilik tugilmaydi. Dasturlash jarayonida quyildagi takliflar inobatga olinsa xatolarni tuzatish jarayoni yengillashadi. 1. Dastur umumiy bo’lishi kerak, ya‘ni ma‘lumotlarni aniq biror turiga bog’liq bo’lmasligi kerak, massivning chegara parametrlarini tekshirmok lozim. Massiv elementlarining soni 0 yoki 1 bo’lib qolish, yoki yo’qori chegarasidan oshib ketish holati. 2. O’zgarmas va o’zgaruvchi kattalik ko’rinishida ishlatish. Dasturda kiritiladigan ma‘lumotlarni nazorat qilish qismi bo’lishi kerak. 3. Dasturdagi arifmetik amallarni kamaytirish va dasturni ishlashini tezlatish uchun: darajaga oshirish amallari ko’paytirish amali bilan almashtirilgani ma‘kul; bir xil ma‘lumot bilan hisoblanaetgan arifmetik (algebraik) ifodalarni bir marta hisoblab qiymatini biror o’zgaruvchida saqlab ishlatish. takrorlashlarni tashqil qilishda takrorlanishni chegarasini tekshirish uchun ifodalardan emas balki oddiy uo’zgaruvchilardan foydalanish. takroriy hisoblashlar tarkibida uchraydigan va takrorlanish davomida qiymatini o’zgartirmaydigan ifodalarni takrorlanishdan tashqarida hisoblash. 4. Dasturning har bir bulagi, moduli qismiga tushuntirishlar yozilgan bo’lishi kerak. Dasturdagi tushuntirishlar, masalani yechish ketma-ketligini ifodalovchi mantiqiy ketma-ketlikdan iborat bo’lmogi kerak. Dasturdagi modullar, qismlar aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Takrorlanish boshi va takrorlanish oxiri alohida qatorda turgani ma‘qul. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling