3-mavzu: didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari


Download 81.52 Kb.
bet6/9
Sana12.03.2023
Hajmi81.52 Kb.
#1263987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-maruza

Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari.
Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o‘rnak ma’nolarini anglatadi) – ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug‘ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba – yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash milliy g‘oyalar asosida hal etiladi va hakoza.
Pozitivist R.Berkman ilmiy metodologiyadagi me’yorni tavsiflash uchun birinchi bo‘lib paradigma tushunchasini qo‘lladi. Lekin amerikalik olim fan tarixchisi G.Kun o‘zining “Ilmiy revelyusiyalar strukturasi” asarini e’lon qilganidan so‘ng paradigma tushunchasi yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. G.Kun ilmiy revelyusiya nazariyasini ishlab chiqish jarayonida qator tushunchalarni taklif etdi va bunda paradigma deganda, ma’lum davr ichida ilmiy jamoatchilik ilmiy muammoni qo‘yish va hal etish namunasi bo‘lib xizmat qiladigan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ilmiy nazariyani tushundi.
G.Kunning fikricha paradigmalarning almashinuvi ilmiy revelyusiyaga olib keladi va u
ilmiy jamoatchilik birligini ta’minlaydi. Shu sababli ham ilmiy jamoat ma’lum paradigmani e’tirof etgan olimlardan tashkil topadi. Paradigma u yoki bu fan sohasining asosiy muammosini tashkil etib, darsliklar va olimlarning mumtoz (klassik) asarlarida o‘z ifodasini topadi. G.Kun bunga misol qilib Aristotel dialektikasini, Ptalemey astronomiyasi va Nyuton mexanikasini qayd etadi.1
Bugungi kunda ta'limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:

  1. An'anaviy — konservativ paradigma (bilim paradigmasi).

  2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.

  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.

  4. Texnokratik paradigma.

  5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaqtda ta'lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:


  1. Download 81.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling