3-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
MUROJAATDAN FOYDALANIB AMAL
Download 52.84 Kb.
|
3-mavzu Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS EXCELNING FUNKSIYALAR KUTUBXONASI
MUROJAATDAN FOYDALANIB AMAL
BAJARISHDA NUSXALASHNING AFZALLIGI Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir munchga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz. 1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash. Bajarish: o‘nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz; birinchi satr kataklari tugmasi yordamida birlashtirilib, “Berilgan sonning darajalarini hisoblash” matni yoziladi; A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi; MS Excelning Вставка- вставка формулу ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi darajalarini yozamiz: B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya’ni =$A4*A4 amali bajariladi. Ushbu katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi; B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi: YODDA SAQLANG ! MS Excel 2010 da kiritilgan matnlar kataklarga sig‘may qolsa, Перенос текста (matnni ko‘chirish) tugmasidan foydalaniladi. MS EXCELNING FUNKSIYALAR KUTUBXONASI Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to‘ldirishligini yuqorida aytib o‘tdik. Ba’zan kataklardagi mashg‘ulotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug‘iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi. Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga murojaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan. Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz . Matematik funksiyalar t/r
Vazifasi 1 ФАКТР argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi 2 ABS argument qiymatining modulini hisoblaydi 3 LN sonning natural logarifmini hisoblaydi 4 EXP sonning eksponentasini hisoblaydi 5 SIN sonning sinusini hisoblaydi 6 COS sonning kosinusini hisoblaydi 7 TAN sonning tangensini hisoblaydi (radianda) 8 НОД ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi 9 НОК ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi 10 ОКРУГЛ haqiqiy sonni yaxlitlaydi 11 СУММ
12 ПРОИЗВЕД Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini hisoblaydi 13 ЗНАК
chiqaradi 14 КОРЕНЬ
1-mashq. Berilgan 6,10, 30, 60 sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang. Bajarish: A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini kiritamiz; C4 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:B2) Enter tugmasi bosiladi.Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: YODDA SAQLANG ! MS Excel 2010 da algebraik amal belgilari quyidagilar: + (yig‘ish); - (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga ko’tarish). Download 52.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling