3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi Reja


Download 295.16 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi295.16 Kb.
#1744805
1   2   3
Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi 
yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‘oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. 
―G‘oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‘oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: 
―g‘oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim 
narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‘z 
aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga 
bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof ―aksi‖, uning 
―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu ‗iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning 
zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan 
yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. SHunday qilib, Platon ―g‘oyalar dunyosi‖ ―narsalar 
dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va 
narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‘oyalar dunyosi‖ 
birlamchidir.
Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi 
ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni 
ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: 
―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, 
borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ muammolaridir. 
Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‘lib, u ―harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel‖ni 
o‘rganadi

Download 295.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling