3-mavzu: fan
Download 258.36 Kb.
|
3 мавзу
4. Ilmiy tadqiqot: turlari, strukturasi
Ilmiy tadqiqot maqsadi, amalga oshirish xususiyati va tatbiq qilish sohalariga qarab bir qator turlarga bo’linadi. Aytaylik, hozirgi texnologiyalar ko’p bosqichli jarayon va ko’p parametrli tizimlardan iborat bo’lib, ularni loyihalashtirish va 45
Fundamental-nazariy teoremalar, aksiomalar va yondashuvlarga asoslangan holda texnologikloyihalar ishlab chiqish rejalashtiriladi. Ko’p turdagi funksional, texnik moslamalar loyihalarini tayyorlash maqsadida texnologik tadqiqotlar o’tkaziladi. Tadqiqotlar texnologik modellarni yaratish bilash yakunlanadi. Modellarni sinash eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Muhitni ekologik holatini tadqiq qilish uchun bir qancha fan yo’nalishlari mutaxassislari faoliyat ko’rsatishlariga to’g’ri keladi. Bunda nazariy, tajribaviy va eksperimental tadqiqotlar birlashtiriladi. Bu esa kompleks (ko’p tomonlama) tadqiqotlar guruhiga kiradi. Xuddi shunday holat global muammolarni tadqiqot qilish sohasida kuzatiladi. Global muammolar tarkibiga kosmik, ekologik, xalqaro iqtisodiy, texnologik, geosiyosiy vaziyatlar, holatlar va masalalar kiradi. Mashhur Rim klubi, AQShda Forrester guruhi, Rossiyadagi Globalistika yo’nalishi mutaxassislari bir necha yildan beri sivilizasiyamiz taraqqiyoti dinamikasining ijobiy va salbiy oqibatlari, ularni bashorat qilish masalalari bo’yicha tadqiqotlar olib borishgan. Shunday qilib, o’ziga xos xususiyatiga ega bo’lgan quyidagi ilmiy tadqiqot turlarini farqlash mumkin: -fundamental-nazariy tadqiqotlar; -empirik tadqiqotlar; -eksperimental tadqiqotlar; -amaliy-tajribaviy tadqiqotlar; -texnologik tadqiqotlar; -texnik-loyihalashtirish tadqiqotlari; -kompleks tadqiqotlar va boshqalar. Fanda tadqiqotlar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning nazariy, amaliy va ijtimoiy ahamiyati olingan natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish miqyosi bilan belgilanadi. Ilmiy tadqiqot tarkibi va jarayonlar ketma-ketligi jihatidan murakkab strukturagaega. Harbirstrukturaviyunsur yokidarajao’zigaxos tuzulish, funksiya va mazmun bilan ajralib turadi. Rossiyalik olim V.P.Branskiyni fikricha tadqiqot strukturasi 3 ta o’zaro bog’langan qismlardan iborat: -subyekt; -tadqiqot qurollari va sharoitlari; -obyekt 46
Tadqiqot qurollari – bu turli asboblar, o’lchagichlar, eksperimental uskunalar, kompyuterlar va hokazo. Sharoitlar-moddiy va instrumental ta’minot, bino, ish joyi, adabiyotlar, kuzatish va axborot yig’ish vositalari bo’lib, tadqiqot obyektlari murakkablashib borar ekan, ularni roli ham tobora ortib boradi. Tadqiqot obyekti – o’rganilishi lozim bo’lgan narsa, xossa, jarayon yoki tabiiy va sun’iy xarakterdagi tizim. Izlanish obyekti tanlangan muammo va ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqot dasturi asosida belgilanadi. Klassik va noklassik fanlarda obyekt sifatida alohida olingan xossalar, munosabatlar va strukturalar o’rganilgan bo’lsa, hozirgi postnoklassik ilmiy izlanishlarda ko’p sifatli xislatga ega bo’lgan, o’zida nomuvozanat holat va kooperativ (jamoaviy) harakatni namoyon etadigan obyektlar tadqiq qilinmoqda. Subyekt faol izlanish olib boradigan tadqiqotchi, u maxsus tadqiqot usullaridan, mavjud bilim va axborot bazasidan foydalanib ilmiy-nazariy va amaliy-tajribaviy muammolar ustida ish olib boradi. Ilmiy tadqiqotni ko’p bosqichli jarayon ekanligini ko’zda tutib,uning boshqa turdagi strukturaviy modelini ko’rsatish mumkin: -yo’nalish va mavzuni tanlash,uning dolzarbligini asoslash; -tadqiqot maqsadi,vazifalari va masalalarini belgilash; -tadqiqot rejasini tuzish,zarur usul,vositalar va ta’minot masalalarini aniqlash; -tadqiqotni o’tkazish; -tadqiqot jarayonini tavsiflash; -tadqiqot natijalarini muhokama qilish; -xulosa chiqarish,olingan natijalarni baholash. Izlanishning qayd etilgan strukturaviy darajalari tadqiqotni bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan,izchil va ko’p tomonlama xislatga ega bo’lgan faoliyat ekanligini ko’rsatadi. Download 258.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling