3-mavzu: fan


Download 258.36 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi258.36 Kb.
#1621300
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 мавзу

Ijod shakllarining tavsifi. Albatta, ijod va uning shakllari inson faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo’ladi. Ular o’z mohiyati va mazmuni bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Shu bilan ular umumiy jihatlarga ham egadir.
Fanda yangilik bo’lmasa, u ilmiy bilim hisoblanmaydi (tadqiqotchi uchun). Yangilikni yaratish sohalari va xarakteriga qarab ijodiyot bir

37
qancha turlarga bo’linadi. Sohalar bo’yicha: 1.Badiiy ijodiyot; 2. Ijtimoiy ijodiyot (islohotlar, ijtimoiy loyihalar); 3.Texnik ijodiyot; 4.Ilmiy ijodiyot; 5. Muhandislik ijodiyoti; 6. Dizayn va boshqalar.


Ijodiyotning asosi va harakatlantiruvchi kuchi tafakkurdir. Tafakkur oliy ruhiy jarayon bo’lib,bunda so’z, obraz, tasavvur va tushunchalar harakati ma’nolarining bog’lanishi orqali voqyelik obrazi, tasviri, g’oyasi (ongda) hosil bo’ladi. Tafakkurda hukm, tushuncha va xulosa hosil qilish, mulohaza yuritish jarayonida fikrlash operasiyasi (amali) sodir bo’ladi.
Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, biryoqlama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o’rin ham bo’lmaydi. Inson o’z ishi, o’z kasbiga butun qalbi, iste’dodi, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko’proq foyda keltirishga intilgan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yondashish hollarigaduch kelish mumkin. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari: ong, aql-idrok, tasavvur, fantaziyalar, xotira, intuisiya, sog’lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi.
Borliqning sirini bilishga intilishda insonning mahorati, topqirligi, ustomonligi va uddaburonligi bilish jarayonidagi ijodning ko’rinishlarini tavsiflaydi. Odamlar obyektning u yoki bu jihatlari va xossalari haqida yangi bilim olib, bilish jarayonidan va uning natijalaridan behad lazzatlanadilar, ularda bilish jarayonining natijalarini ijodiy tahlildan o’tkazib, tushunib va ulardan o’z amaliyfaoliyatida faol foydalanib, olg’a harakatlanish istagi tug’iladi. Subyektning bilish qobiliyatining ijodiy salohiyati cheksiz, ijodiy bilish jarayonining o’zi esa ko’pgina odamlar, ayniqsa, ijodkor uchun behad qiziqarlidir.
Ijod usuli-voqyelikni badiiy baholosh va umumlashtirish qoidalari, badiiy uslub esa shakl yaratish qoidalari yig’indisi bo’lib, badiiy uslub mohiyatini anglash uchun ijodiy usul xususiyatlarini tushunib olish zaruriyati paydo bo’ladi. Tashqi va ichki nafosat hamohangligi, me’yor tuyg’usiningbexatoligi, qismlar o’zaroqat’iymutanosibligi, yaxlitlikning tugalligi kabilar badiiy usulning tub belgilari hisoblanadi.


Download 258.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling