2.11. Cd va dvd diskdagi fayllarni boshqarish tizimlari
Konsentrik doiralar shaklidagi magnit disklardan farqli o‘laroq, kompakt disk faqat bitta spiral trekdan tashkil topadi va u bir nechta mantiqiylarga bo‘linishi mumkin. Yo‘lakcha (дорожка) o‘z navbatida sektorlarga bo‘linadi.
Sektor 4 maydondan (sohadan) iborat:
1)Sinxronlashtirish maydoni (sektor boshlanishini tenglashtiradi va hisoblagichni o‘rnatadi);
2) Sarlavha maydoni (sektor manzili 4 bayt va ma’lumotlar kodi-tekst, audio yoki grafika va b.q);
3) Ma’lumotlar maydoni (2048 bayt);
4) Xatoni detektirlash aniqlash va tuzatish tizimi maydoni EDC/ECC (Error Detection Code and Error Correction Code).
Tizimli (tashabbuskor) trek CD diskda diskka yozuvchi va disk o‘rtasidagi sinxronlashtirish uchun zarur xizmat sohasi bilan boshlanadi.
Keyin tizim maydon joylashgan bo‘lib, u quyidagi ma’lumotladan tashkil topadi:
diskning tuzilishi (strukturasi) to‘g‘risida;
joriy tom kataloglari va ularda boshqa soha manzillari va ko‘rsatkichlari o‘z ifodasini topadi.
DVD bu katta hajmga ega bo‘lgan optik disklardir. Avvaliga DVD atamasi Digital Video Disk deb tushinilgan. Keyinchalik, ularni dasturiy ta’minot, filmlar va yuqori sifatli tovushlarni saqlash uchun ham foydalanish uchun ishlatila boshlashdi. Shuning uchun uni keyinchalik Digital Versatible Disk - universal raqamli disk deb tushunadigan bo‘ldilar. Standart bir qatlamli, bir tomonlama disk 4,7 Gb ma’lumotni saqlashi mumkin. Ikki qatlamlisini har tomonida 8,5 Gb ma’lumotni saqlash imkonini beradi. Bundan tashqari DVD ikki tomonlama bo‘lishi mumkin va bunda uning hajmi 17 Gb tashkil etadi. Fizik o‘zgarishlar bilan (qisqa to‘lqin uzunligi bilan yuqori chastotali yarim o‘tkazgich lazerdan - kichik o‘llchamdagi siqishdan foydalanish mumkin) yangi sektor formati, takomillashgan kanallar, yanada ishonchli xato tuzatish kodi - bu barcha qulayliklar yozuvning zichligini 1,5 marotaba oshirish imkonini berdi.
Ma’lumotlarni yozish uchun MPEG2 texnologiyasi (siqish standarti) qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |