3-mavzu. Fikrlarni yaratish: “Aqliy hujum” metodi Reja


Mashqlar “So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb)


Download 0.93 Mb.
bet11/11
Sana02.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1321176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kreativ 3-mavzu

Mashqlar

  1. So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb)

Bu mashqning eng yaxshi jihatlaridan biri shundaki, sizga deyarli hech qanday tayyorgarlik vaqti kerak emas. Bundan tashqari, bu mashq bilan deyarli har qanday auditoriyani qamrab olish mumkin.
Birinchidan, o‘qituvchi mavzu yoki g‘oyani taklif qiladi. Keyin o‘qituvchi musiqani boshlaydi va o‘quvchilar ushbu mavzu uchun iloji boricha ko‘proq so‘zlarni o‘ylab topishlari kerak.
Qaysidir ishtirokchi to‘p bilan boshlaydi. So‘zni aytgandan keyin to‘pni boshqa talabaga beradi. Bu jarayon davom etaveradi, ammo ular allaqachon aytilgan narsani takrorlay olmaydilar.
Musiqa to‘xtaganda, kim to‘pni ushlab tursa, yutqazadi. Va jazo har qanday bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘qituvchi bergan mavzu haqida bir daqiqa gapirishlari kerak.
Mashq uchun namunaviy mavzular:

  1. Bosqinchi sotuvchi (Pushy Salesperson)

Talabalar hech kim sotib olishni xohlamaydigan narsalarni bosqinchi (majburlovchi) sotuvchiga o’xshab sotishlari kerak. Bunda talabalar o’sha mahsulot yoki xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari noodatiy fikrlar va usullar bilan yoritib berishlari maqsadga muvofiq.
Mashqda foydalanish uchun namunaviy mahsulotlar:

  • o‘tmas pichoq;

  • audiokasseta;

  • singan soyabon;

  • eskirgan qatiq;

  • eski kalendar;

  • Pentium IV kompyuteri.

  1. So‘zlar zanjiri (Shritori)

Shiritori - bu mashhur yapon o‘yini bo'lib, unda o‘yinchilar avvalgi so‘zning oxirgi harfidan boshlanadigan so‘zni o‘ylashlari kerak. Ikki kishidan iborat guruhda o‘yinchilar uzun so‘zlar zanjiri yaratish orqali so‘z boyligini va imlosini yaxshilashlari mumkin. Bunda ma’lum bir sohaga yoki tanlab olingan muammoga doir so‘zlar bo‘yicha chegara olinsa o’yin samarasi yanada ortadi.
Agar siz boshqa bir-biriga bog‘laydigan so‘zlarni o‘ylab topolmasangiz, unda siz o‘yinni yo‘qotasiz.

2 Mualliflar tomonidan tayyorlangan

3Alex F.Osborn. Applied Imagination: Principles and Procedures of Creative Thinking, 1963.

4 Alex F.Osborn asarlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlangan

5 Alex F.Osborn asarlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlangan

6 Alex F.Osborn asarlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlangan

7 Mualliflar tomonidan tayyorlangan

8 Mualliflar tomonidan tayyorlangan

9 Mualliflar tomonidan tayyorlangan

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling