3-mavzu. Fikrlarni yaratish: “Aqliy hujum” metodi Reja
G‘oyalarni vizualizatsiya qilish usuli (Business Mind Maps & Mind
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqlar 1. “So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb)
- 2. Bosqinchi sotuvchi (Pushy Salesperson)
- 3. So‘zlar zanjiri (Shritori)
G‘oyalarni vizualizatsiya qilish usuli (Business Mind Maps & Mind
Maps for the visualization of ideas) Aqliy xaritalar (Mind Maps) fikrlarni tasavvur qilish bilan bir qatorda aqliy hujumni samarali usulidir. G‘oyalar tizimli ravishda taqdim etiladi, bu g‘oyalar oqimini rag‘batlantirishga yordam beradi. Eng sodda jarayon - bu asosiy atamani yoki muammoni flipchart, doska yoki oddiygina qog‘oz o‘rtasida yozishdir. Fikrlaringizning yangi yo‘nalishlari uchun har doim yangi shoxchalar mavjud, shunda siz o‘z fikrlaringizni izdan chiqmasdan farqlay olasiz, ammo chuqurroq tushunishingiz mumkin. Pastki toifalarni yaxshiroq aniqlash uchun turli xil ranglardan foydalanish tavsiya etiladi. Mashqlar 1. “So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb) Bu mashqning eng yaxshi jihatlaridan biri shundaki, sizga deyarli hech qanday tayyorgarlik vaqti kerak emas. Bundan tashqari, bu mashq bilan deyarli har qanday auditoriyani qamrab olish mumkin. Birinchidan, o‘qituvchi mavzu yoki g‘oyani taklif qiladi. Keyin o‘qituvchi musiqani boshlaydi va o‘quvchilar ushbu mavzu uchun iloji boricha ko‘proq so‘zlarni o‘ylab topishlari kerak. Qaysidir ishtirokchi to‘p bilan boshlaydi. So‘zni aytgandan keyin to‘pni boshqa talabaga beradi. Bu jarayon davom etaveradi, ammo ular allaqachon aytilgan narsani takrorlay olmaydilar. Musiqa to‘xtaganda, kim to‘pni ushlab tursa, yutqazadi. Va jazo har qanday bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘qituvchi bergan mavzu haqida bir daqiqa gapirishlari kerak. Mashq uchun namunaviy mavzular: mamlakat iqtisodiyotiga oid atamalar; rivojlangan davlatlar va shaharlar; pul birliklari; mashhur xalqaro brendlar. 2. Bosqinchi sotuvchi (Pushy Salesperson) Talabalar hech kim sotib olishni xohlamaydigan narsalarni bosqinchi (majburlovchi) sotuvchiga o’xshab sotishlari kerak. Bunda talabalar o’sha mahsulot yoki xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari noodatiy fikrlar va usullar bilan yoritib berishlari maqsadga muvofiq. Mashqda foydalanish uchun namunaviy mahsulotlar: o‘tmas pichoq; audiokasseta; singan soyabon; eskirgan qatiq; eski kalendar; Pentium IV kompyuteri. 3. So‘zlar zanjiri (Shritori) Shiritori - bu mashhur yapon o‘yini bo'lib, unda o‘yinchilar avvalgi so‘zning oxirgi harfidan boshlanadigan so‘zni o‘ylashlari kerak. Ikki kishidan iborat guruhda o‘yinchilar uzun so‘zlar zanjiri yaratish orqali so‘z boyligini va imlosini yaxshilashlari mumkin. Bunda ma’lum bir sohaga yoki tanlab olingan muammoga doir so‘zlar bo‘yicha chegara olinsa o’yin samarasi yanada ortadi. Agar siz boshqa bir-biriga bog‘laydigan so‘zlarni o‘ylab topolmasangiz, unda siz o‘yinni yo‘qotasiz. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling