3-mavzu. Fonetika. Fonologiya (2 soat) Reja


Download 196.5 Kb.
bet3/15
Sana30.10.2023
Hajmi196.5 Kb.
#1734111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)

O`zbek tilida

Rus tilida

Ingliz tilida

Stol ustida
O`quvchilar uchun
Ukam bilan

На столе
Для учеников
C братом

on the table
for pupils
for my brother

Taktlar bo`g`inlarga ajraladi. Bo`g`in ham nutqning bir bo`lagidir. Bo`g`in bir yoki bir necha tovushlar birikmasining bir havo zarbi bilan aytilishidan hosil bo`ladi. Har qanday tovush bo`g`in hosil qilavermaydi. Unli tovushlargina bo`gin hosil qiladi. Masalan, maktabimiz so`zida to`rt unli ishtirok etganligi tufayli bu so`z to`rt bo`g`inga ajraladi: mak –ta –bi -miz yoki rus tilidagi книга, вода, парта so`zlari tarkibidagi unlilarga qarab ikki bo`g`inga ajraladi. Ba’zi tillarda bir bo`g`in tarkibida ikki va undan ortiq unli ishtirok etishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda diftong atamasi bilan qo`llaniladi. Diftong yunoncha so`z bo`lib, “qo`sh tovush “degan ma’noni bildiradi. Ayrim tillarda bu hodisani kuzataylik :
Qirg`iz tilida – tooda – tog`da
Ingliz tilida – you – siz
Fransuz tilida – moi – men

O`zbek tilida bir unli bir bo`g`inni hosil qilganligi tufayli bu tilda monoftong (bir tovush) hodisasi xosdir . Bundan tashqari, ba’zi tillarda bir bo`g`inda uch unli tovushning birikib bo`g`in hosil qilish hodisasi ham uchraydi. Bu triftong (yunoncha so`zdan olingan bo`lib “uch unli” degan ma’noni bildiradi) deb aytiladi. Masalan, ingliz tilidagi eyes-ko`zlar; tennis player-tennischi, year-yil kabi. Bo`g`in tuzilishi jihatdan ham tillar bir-biridan farq qiladi. Jahon tillarida eng ko`p uchraydigan bo`g`in tipi “undosh + unli ”bo`lib , u qulay talaffuzi bilan ajralib turadi : qo-ra , to`- ra; му-ка , ру-ка kabi. Tillarda juda ko`p uchraydigan bo`g`in chizmalari : cv , vc , vcv , cvc , ccv, vcc, cccv , cvcc va boshqalardir .






Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling