3.4. Hujjatlarning aylanishi
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar bir necha ma’sul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda xarakatda bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha xarakatidir.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Hujjatlarni tekshirishning quyidagi turlari mavjud:
16-chizma. Hujjatlarni tekshirish turlari
Hujjatlarni mohiyatiga ko‘ra tekshirish deb, ularda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini aniqlashga aytiladi.
Shaklan tekshirish deb hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirishlishi, barcha belgilangan rekvizitlarni to‘lg‘azilishi; xo‘jalik muomalasini amalga oshirish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxslarning imzolari; xatolarni tuzatish hollarida izohning mavjudligini tekshirishga aytiladi.
Bunday tekshirishdan so‘ng hujjatlar arifmetik tekshirishdan o‘tkaziladi.
Arifmetik tekshirishda jamlangan yig‘indilarning to’g’riligi, hamda miqdor, sifat va summaviy ko‘rsatkichlarning to’g’ri aks ettirilganligi aniqlanadi. Birorta yo‘l qo‘yilgan hato aniqlansa, hujjatlar ularni to‘lg‘azish uchun javobgar shaxslarga aniqlik kiritish uchun qaytariladi.
Qarama-qarshi tekshirish – bu bitta hujjatni boshqasi bilan taqqoslab tekshirish. Masalan, ish haqi bo‘yicha hisoblashuv – to‘lov vedomosti ish vaqtini hisobga olish tabeli bilan; kassir hisoboti unga ilova qilingan kirim va chiqim orderlari bilan va h.k.
Hujjatlar puxta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng qabul qilinadi va buxgalteriyada ishlanadi.
Hujjatlarning tekshirilganligi va qabul qilinganligini buxgalter hujjatlarni qabul qilish reestrining nusxasida o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Tekshirilgan va qabul qilingan hujjatlar buxgalteriyada ishlanadi. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash quyidagi bosqichlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |