3. Mavzu: Hulq-atvorning psixofoziologik asosi Reja
Instinkt- u yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor. Sinaps-
Download 0.73 Mb.
|
Hulq-atvorning psixofoziologik asosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akson
- Shartsiz reflekslar
- Retseptorlar
- 3 .1 . Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va h ulq - atvoridagi ahamiyati.
Instinkt- u yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq. Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi. Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik. Jins – psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir. Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko’payib ketsa, u holda bu homilada erkak jinsiy a’zolarining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, o’g’il bolalarda jinsiy yetilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashishi kuzatiladi Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi. Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug‘ma bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Retseptorlar – hissiy yoki sensor hujayralar bo‘lib, ular, ya’ni, bu ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo‘lishidan qat’iy nazar, u haqidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng, o‘zgartirib, asab tizimiga etkazib beruvchi maxsus tuzilmalardir. 3.1 . Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va hulq-atvoridagi ahamiyati. Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan soha asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi. Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishini nerv hosilalarining to‘plamlari ta’minlab beradi. Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari – ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.[1] Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi. (3.1 rasm) Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar. Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675) qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.[2] Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi. Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi. [2] Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling