2. Mavzu: Xulq-atvorning psixofoziologik asosi


Download 27.38 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi27.38 Kb.
#1120896
  1   2
Bog'liq
2 mavzu


2. Mavzu: Xulq-atvorning psixofoziologik asosi.
2.1 Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675) qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.[2]
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi.

Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi. [2]


Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
3.2 Neyron-asab tizimining asosiy birligi
Inson tanasi va hokazo suyak hujayralari, mushak hujayralari, tana hujayralari, deb hujayralari turli turdagi iborat Har bir turi alohida vazifasi bor bir birlik shakllantirish, kichik hujayralari millionlab topgan. bir tana qismi elektr xabarlar burchi nerv hujayralari uchun tayinlandi
.
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining to‘plamlaridan hosil bo‘ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. YAqin vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo‘lgan ko‘nikma hosil qilish bilan bog‘lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar – yangi raqs harakatlarini o‘rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq bo‘lar ekan.
Miya yarim sharlarining vazifalarini ko‘rgazmali tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin



Vazifalari

CHap yarim sharlar

O‘ng yarim sharlar

1. Xronologik tartib

1. Joriy vaqt

2. Ismlar, so‘zlar, timsollarni eslab qolish

2. Tasvirlarni, aniq voqealarni eslab qolish, odamlarni yuzlaridan tanish

3. Xarita, chizmalarni o‘qish

3. Aniq fazoni qabul qilish

4. Nutqning faolligi, ma’noga nisbatan sezgirlik

4. Hissiy holatni qabul qilish

5. Olamni quvnoq, engil holda ko‘rish

5. Olamni qora ranglarda ko‘rish

6. To‘laligicha qabul qilish

6. YAxlit, obrazli qabul qilish




Download 27.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling