3-mavzu. Ijtimoiy sohani boshqarishda davlatning roli


Download 19.22 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi19.22 Kb.
#247414
Bog'liq
1.Ijtimoiy sohaning tarmoqlarida davlat va bozorning roli.

3-mavzu. Ijtimoiy sohani boshqarishda davlatning roli.


1-mashg‘ulot

Reja:

1. Ijtimoiy sohaning tarmoqlarida davlat va bozorning roli

2. O‘zbekiston aholisini himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish

3. O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya tizimini yaratish bosqichlari va yo‘nalishlari

4. Ijtimoiy sohani tartibga solishda bozor mexanizmining roli va ahamiyati
Tayanch iboralar:Davlat, bozor, tartibga solish, rivojlanish dasturlari, huquqiy norma va qonunlar, pensiya ta’minoti, ijtimoiy xizmat imtiyozlari, yalpi ijtimoiy kafolatlar,

1. Ijtimoiy sohaning tarmoqlarida davlat va bozorning roli

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotda bir necha kamchiliklar paydo bo‘ladi. Mana shu kamchiliklar va iqtisodiyotdagi salbiy jarayonlarni yo‘qotish uchun davlat iqtisodiyotga aralashadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli quyidagilardan iborat:



  • Davlat milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini, sohalarni iqtisodiy jarayonlarni rejali tartibga soladi. Masalan: ishsizlik bilan kurashish dasturlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturlari va hokazolar;

  • Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishning huquqiy norma va qonunlarini ishlab chiqadi. Masalan: O‘zbekistonda antimonopol qonun, bankrotlik to‘g‘risidagi qonun va hokazolar;

  • Davlat milliy iqtisodiyotni boshqarishda har xil ma’muriy chora tadbirlardan foydalandi;

  • ijtimoiy sohani boshqarishda ham davlatning roli juda ham katta, u bir qator ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi;

  • bozor tizimi samarali rivojlanishi uchun, ijtimoiy adolatni rivojlantirish uchun davlat qonuniy asosni ta’minlaydi;

  • mamlakatda yashaydigan fuqorolarning erkin iqtisodiy kurashi va erkin raqobatini himoya qiladi;

  • milliy daromad va milliy boylikni ijtimoiy adolatlilik asosida qayta taqsimlaydi;

  • inflyasiya, ishsizlik jarayonlari ustidan nazorat qilish asosida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi;

  • aholini bozor iqtisodiyotining salbiy natijalaridan himoya qilish uchun ijtimoiy mexanizmni takomillashtirish.

Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ijtimoiy sohalarda davlatning roli har xil.

Davlatning ko‘p sonli funksiyalari ichidan eng asosiylaridan biri-davlatning ijtimoiy siyosat fuksiyasidir. Davlatning ijtimoiy siyosati deganda, biz aholining ijtimoiy himoya qilish tizimini bajarish uchun aholini barqaror va yuqori turmush darajasini yaratish uchun davlat tomonidan olib boriladigan chora-tadbirlarning yig‘indisini tushunamiz. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, davlatning ijtimoiy siyosati har xil davrlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan va shu siyosatning natijalari ham xar xil bo‘lgan. Lekin ijtimoiy siyosatning xususiyatlariga qaramasdan biz eng asosiy belgilovchi yo‘nalishlarni ajratishimiz mumkin. Bu quyidagilar bilan bog‘liq:

1. Moddiy va ma’naviy boyliklarning taqsimlanishi shu maqsadda olib borilishi kerakki, u jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlasin.

2. Demografik siyosatni shunday olib borish kerakki, natijada mehnat resurslaridan ratsional foydalanish mumkin bo‘lsin.

3. Jamiyatning ratsional (unumli) ijtimoiy tarkibini tuzish uchun davlatning ijtimoiy yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘lib har xil manbalar orqali aholi daromadlarini tashkil etish hisoblanadi.

Ular quyidagi yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi:



  • mehnatga to‘lovlar orqali:

  • ijtimoiy iste’mol fondlar orqali:

  • shaxsiy mulkchilik orqali:

  • korxonalarning daromadlari orqali:

Aholi daromadlarining bir qismi mehnat sifati bilan bog‘liq bo‘lsa, yana bir qismi mehnat sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Download 19.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling