3-Mavzu: Ikk
Download 238.8 Kb.
|
3-ma\'ruza
3.1.2. Halqa hosil qilishning to’quv usuli
Halqa hosil qilishning to’quv usulida asosan tilchasi bor ignali ikki ignadonli mashinalar ishlaydi. Bu mashinalarda halqa hosil qilish taqsimlash yo’li bilan yoki ketma-ket bajarilishi mumkin. Misol tariqasida lastik aylana to’quv mashinalarida halqa hosil qilish jarayonini ko’rib chiqamiz. Bu mashinadagi silindr ignalarida halqalar ketma-ket taqsimlash yo’li bilan hosil qilinadi. Dastlab halqalar silindr ignalarida, so’ngra ripshayba ignalarida hosil qilinadi. Shunga ko’ra mashinaning silindr ignadoni aktiv ignadon, ripshayba ignadoni esa passiv ignadon deb hisoblanadi. Silindr ignadoni ignalaridagi halqalar iping ortiqchasini ripshayba ignalari olishini hisobga olib, silindr ignalarida katta o’lchamli halqalar hosil qilinadi. Shunday qilib, ripshayba ignalari katta o’lchamdagi silindr ignalari halqalar ipini ikkita bir-biriga teng halqalarga taqsimlaydi, u halqalardan biri silindr ignasida ikkinchisi ripshayba ignasida hosil qilinadi. Tilchali ignalarda halqa hosil qilish jarayoni to’quv usulida halqa hosil qilishning bajarilish tartibi kabi amalga oshiriladi va har bir ignadonda o’nta operatsiyadan iborat bo’ladi. 1. Tugallash. 2. Ipni qo’yish. 3. Ipni kiritish. 4. Siqish. 5. Eski halqani surish. 6. Halqalarning birlashishi. 7. Ipni egish. 8. Eski halqani yangi halqa ustiga tashlash. 9. Shakllantirish. 10. Tortish. Tugallash (3.2, a-rasm). Tugallash operatsiyasini bajarishda silindr ignalari 1 yuqoriga ko’tariladi, ripshayba ignalari 2 esa mashina markazidan oldinga suriladi. Ularning surilish darajasi shu bilan aniqlanadiki, bunda eski halqalar 1 va 2 ignalar ilgaklari ostidan chiqishlari va ularning ochiq tilchalaridan igna o’zagiga o’tishlari lozim [6]. 3.2-rasm. To’quv usulida halqa hosil qilish jarayoni Download 238.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling