3-Mavzu: Ikk


Download 238.8 Kb.
bet3/4
Sana07.10.2023
Hajmi238.8 Kb.
#1695099
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza

Ipni qo’yish (3.2, b-rasm). Tugallash operatsiyasidan keyin silindr ignasi pastga tusha boshlaydi, ripshayba ignasi esa mashina markazi tomon qaytadi. Ip esa ip yonaltirgich (nitenapravitel`) yordamida silindr va ripshayba ignadonlarining aylanma harakati davrida avval silindr ignalariga, keyin ripshayba ignalariga qoyiladi.
Siqish (3.2, d-rasm). Silindr ignasida siqish operatsiyasi ignaning pastga tushishi davomida, eski halqa igna tilchasini yopishi bilan amalga oshiriladi. Yangi qoyilgan ip yopiq tilcha ostiga joylashadi.
Ipni kiritish. Eski halqani surish. Ipni kiritish operatsiyasini bajarishda tsilindr ignasi pastga harakatlanishini davom ettiradi. Ip asta-sekin ilgak ostiga surila boshlaydi.
Eski halqani yopiq tilcha ustiga surish ignaning pastga harakatlanishi davomida amalga oshiriladi (3.2, e-rasm). Bu vaqtda rippshayba ignasi mashina markaziga qayta harakatlana boshlaydi, uning tilchasi eski halqa yordamida yopiladi, yangi ip esa igna ilgagi ostiga kiritiladi, yani ipni kiritish va eski halqani surish operatsiyalari bajariladi.
Halqalarning birlashishi. Ipni egish. Eski halqani yangi halqa ustiga tashlash (3.2, f-rasm). Eski halqaning silindr ignasi ilgagining ostida joylashgan yangi ip bilan birlashishi ignani pastga harakatlanishini davom ettirishda sodir bo’ladi, so’ngra yangi ip egiladi va bir yola eski halqa yangi halqa ustiga tashlanadi, yani ipni egish va eski halqani tashlash operatsiyalari bajariladi. Silindr ignasi yanada pastga tushadi va o’lchami kattaroq bolgan halqa hosil qilish uchun zarur bo’lgan uzunlikdagi ipni ozining ilgagi bilan tortib oladi.
Silindr ignasida eski halqani tashlash operatsiyasi bajarilganidan keyin, ripshayba ignasi mashina markazi tomon harakatini davom ettiradi va unda eski halqani surish, halqalarni birlashish va eski halqani yangi halqa ustiga tashlash operatsiyalari bajariladi. Buning oziga xosligi shundan iboratki, yuqorida ko’rsatilgan operatsiyalar bajarilishida ip silindr va ripshayba ignalari orasida taqsimlanadi, yani ripshayba ignasida halqa silindr ignasidagi halqa ipidan tortib olingan ip hisobiga hosil qilinadi.

Download 238.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling