3-Mavzu: Ikk


Download 238.8 Kb.
bet1/4
Sana07.10.2023
Hajmi238.8 Kb.
#1695099
  1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza


3-Mavzu: Ikki ignadonli mashinalarida halqa hosil qilish jarayonining o’ziga xosligi.

Reja:
1. Lastikli halqa hosil qilish jarayoni;
2. Ikki orqa tomonli (teskari) halqa hosil qilish jarayoni.

Trikotaj sanoatida bir ignadonli mashinalar qatori, ikki ignadonli mashinalar ham keng tarqalgan. Bunday mashinalarning ignadonlari bir-biriga nisbatan biror burchak ostida (6odan 180ogacha) joylashadi va oz halqalarini turli tomonga tashlaydi. Ikki qavatli trikotajda old tomondagi halqalar orqa tomondagi halqalar bilan birga bitta ipdan hosil qilingan boladi.
Ikki old tomonli ikki qavatli trikotajda old halqa ustunchalari, orqa halqa ustunchalari bilan malum bir tartibda almashinib keladilar. Trikotajning bunday turi lastik deb ataladi.
Ikki orqa tomonli yoki teskari ikki qavatli trikotajda old halqalar qatori, orqa halqalar qatori bilan malum bir tartibda almashinib keladilar. Halqa hosil qilish jarayoni trikotaj toqimasi kabi ikki guruhga bolinadi:
1. Lastikli halqa hosil qilish jarayoni;
2. Ikki orqa tomonli (teskari) halqa hosil qilish jarayoni.

3.1. Lastik halqa hosil qilish jarayoni
Ikki ignadonli mashinalarda halqa hosil qilish jarayoni operatsiyalarning almashinuviga qarab, ikki usulga bo’linadi:
1. Trikotaj-toquv usuli; 2. Toquv usuli.
Trikotaj-toquv usulida bitta ignadonda halqa hosil qilish jarayoni trikotaj usulida, ikkinchi ignadonda esa to’quv usulida bajariladi. Bunda halqa hosil qilish jarayoni trikotaj usulida ishlaydigan ignadonda to’quv usulida ishlaydigan ignadonga nisbatan oldinroq bajariladi.
To’quv usulida ikkala ignadonda ham halqa hosil qilish jarayoni to’quv usulida bajariladi.
Trikotaj-toquv usulida ham, toquv usulida ham halqa hosil qilishni taqsimlash yoli bilan yoki ketma-ket amalga oshirish mumkin. Halqa hosil qilish taqsimlash yoli bilan bajarilganda, avval halqalar bitta ignadon ignalarida hosil qilinadi, bunda ushbu halqalar shunday olchamga ega boladiki, keyinchalik ikkinchi ignadon ignalari oz halqalarini bu halqalardan ip olib hosil qilishlari mumkin boladi.

Halqa hosil qilish jarayonining ketma-ket amalga oshirilishida halqalar har ikkala ignadonda birin-ketin ignalar oralab hosil qilinadi (har bir ignadonda ishlayotgan ignalar soniga qarab bitta yoki ikkita igna oralab). Tanda to’quv mashinalarida esa halqa hosil qilish jarayonining navbatma - navbat bajarilishi ignadonlarning almashinib ishlashi bilan amalga oshiriladi. Ignalari halqalarni bevosita ipyurgizgichdan olib hosil qiladigan ignadonni aktiv ignadon deyiladi, ignalari aktiv ignadon halqalari ipidan olib halqa hosil qiladigan ignadon passiv ignadon deyiladi. Halqa hosil qilish jarayonining trikotaj-toquv usulida bajarilishida, trikotaj usuli boyicha ishlaydigan ignadon-aktiv ignadon, toquv usuli boyicha ishlaydigani esa passiv ignadon deb ataladi. Halqa hosil qilishning to’quv usulini taqsimlash yoli bilan bajarilishida, bir ignadon - aktiv, ikkinchisi esa passiv, navbatma - navbat bajarilishida esa ikkala ignadon aktivdir.
Halqa hosil qilishning trikotaj-to’quv usulida faqat passiv ignadonni ishlatmaslik mumkin, toquv usulida esa ikkala ignadonni navbatma - navbat ishlatish mumkin. Halqa hosil qilishning toquv usulida aktiv va passiv ignadonlarni navbatma - navbat ishlatish hisobiga turli olchamdagi halqalar olish mumkin. Halqa hosil qilishning ketma-ket bajarilishida ikkala ignadonni navbatma-navbat toxtatish mumkin va bunda halqalar qatori o’zgarmaydi.


Download 238.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling