3-Mavzu: Ikk


Download 238.8 Kb.
bet4/4
Sana07.10.2023
Hajmi238.8 Kb.
#1695099
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza

Shakllantirish (3.2, g-rasm). Eski halqani ripshayba ignasidan tashlangandan keyin, tsilindr ignasi biroz kotariladi va buning natijasida igna halqasi ipining tarangligi kamaytiriladi. Shunga kora tsilindr va ripshayba ignalarida yangi hosil qilingan halqalar normal o’lchamga kelguncha shakllantiriladi va tenglashtiriladi.
Tortish (3.2, g-rasm). Tsilindr va ripshayba ignalarida shakllangan yangi halqalar, tortish mexanizmlari yordamida pastga tortiladi, bu esa keyingi halqalar qatorini hosil qilishda yangi halqalar yana ignalarga togri kelib qolmasligining oldini oladi. Halqa hosil qilish jarayonining tahlili shuni korsatadiki, halqalar qatori bitta to’quv tizimida hosil qilinadi.

3.2. Teskari trikotaj to’qimasi halqalarini hosil qilish jarayoni Teskari trikotaj to’qimasining tuzilishi boyicha ikkala tomonida halqa
qatorining old tomoni malum bir tartibda halqa qatorining orqa tomoni bilan
almashinib keladilar. Shuning uchun kondalangiga toqiladigan teskari trikotaj to’qimasini ishlab chiqarishda halqa hosil qilish jarayoni shunday bajarilishi kerakki, bunda eski halqalar ignalardan goh chap tomonga, goh o’ng tomonga tashlanishlari zarur. Teskari trikotaj toqimalarini aylana va yassi ignadonli toquv mashinalarida ishlab chiqarish uchun kop hollarda ikki boshli tilchali ignalar qo’llaniladi. Bunday ignalar bilan ustki trikotaj kiyimlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan aylana va yassi ignadonli oborot mashinalari va ikki ignadonli paypoq toquv avtomatlari jihozlangan. Ignani ignadon boylab yonaltirishda igna yurituvchi M dan foydalaniladi (3.3-rasm). Ignaning ongdan chapga harakati paytida ignaning bosh qismi ignadonni otboy tishlari D va J lar orasidagi masofani bosib otadi, ip yurgizgich T esa N ipni igna tilchasi ustiga qo’yadi. Ipni ignaga qoyishda, bir ignadonli mashinada halqa hosil qilishdagi shart-sharoit saqlanishi zarur, yani ipni kiritish operatsiyasida ip igna ilgagi ostiga kirishi va siqish operatsiyasida igna tilchasi bilan ip kesishmasligi zarur. Ignaning strelka e bo’ylab harakatida (3.3, a-rasm) eski halqani igna bilan birga harakatidan ignadonning



3.3-rasm. Ikki boshli tilchali ignalar yordamida teskari trikotaj to’qimasini toqish jarayoni

otboy D tishlari saqlab qoladi, shunga kora eski halqa igna boylab sirpanib borib, uning tilchasini yopadi.3.3, a, b-rasmda, eski halqalarni tugallash operatsiyasi bajarilishi, yani eski halqalarni tilcha ustidan surilib igna ozagiga otishi ko’rsatilgan. 3.3, d-rasmda ipni qo’yish operatsiyasi va ignaning o’ng boshida siqish operatsiyasi korsatilgan. Ignani strelka e1 boyicha keyingi harakatida (3.3, e-rasm) eski halqa S tilchani yopib uning ustiga suriladi, yani eski halqani surish operatsiyasi bajariladi, so’ngra ipni kiritish, halqalarning birlashishi va eski halqalarni yangi halqa ustiga tashlash operatsiyalari xuddi tilchali ignalari bolgan bir ignadonli mashinalardagidek amalga oshiriladi. 3.3, f-rasmda igna yurituvchi M va igna I ning eng chapki holati ko’rsatilgan, bunda N ipni eski halqa S orasidan tortib olinishi natijasida yangi halqa Np hosil qilinadi. Shundan keyin igna ikkinchi ignadonga yonaltirila boshlanadi. Endilikda yangi halqa ignaning chap boshida hosil qilinadi, bunda igna eski halqasini oz halqa ustunchasining chap tomoniga tashlaydi. Yuqorida korilgan halqa hosil qilish jarayonini ignalarning boshqa turlarida ham bajarish mumkin, lekin ikki boshli tilchali ignalarning qollanilishi mashinalarning texnologik imkoniyatlarini oshirishga sharoit yaratadi.
Download 238.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling