3-Mavzu: Ilmiy muammo. Ilmiy mavzu va uni tanlash. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari. Reja
Download 19.93 Kb.
|
3-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan nazorat savollari
3-Mavzu: Ilmiy muammo. Ilmiy mavzu va uni tanlash. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari. Reja. 1.Ilmiy muammo va ilmiy mavzu. 2.Ilmiy-texnikaviy axborotni izlash. 3.Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari. Tayanch so‘z va iboralar: Ilmiy material, maqola, tezis, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, kashfiyot, ixtiro, Dissertatsiya, ilmiy- tadqiqot, ximoya, ilmiy qonun va qoidalar, magistrlik dissertatsiya, adabiyotlar sharxi, ilova. Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash. Ilmiy materiallarni nashr qilish ilmiy xodim, ilmiy muassasa va korxona jamoasi tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va konstruktor tajriba ishlari natijalariga mualliflik xuquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Nashr qilish oshkora yoki yopiq holda amalga oshiriladi. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo’magan hamda maxfiy bo’magan ilmiy ishlar e‘lon qiladi. Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan va yangi olingan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot hisobotlari, ilmiy-texnik anjuman materiallari va tezislari shaklida nashr etiladi. Monografiya deb – ilmiy dunyoqarashi bir xil bo’gan bir yoki bir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o’rganishga bag’ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari darsliklar va o’quv qo’lanmalarda ham chop etilishi mumkin. Darslik deb – mazkur fanning o’quv dasturidagi barcha materiallarni o’zida to’iq saqlagan va rasmiy instansiya tomonidan tasdiqlangan o’quv nashriga aytiladi. Darslik Davlat ta‘lim Standarti va o’quv dasturi aosida yaratilib, fanni to’iq o’zlashtirishga yo’naltiriladi va undan turdosh ta‘lim yo’nalishlarida ham foydalanish mumkin. O’quv qo’lanmasi - darslikni ba‘zan o’rnini bosuvchi va unga qo’shimcha bo’uvchi o’quv nashridir. O’quv qo’lanmasi aniq o’quv dasturi asosida yaratilib, fan asoslarini chuqur o’rganishni ta‘minlaydi va ba‘zi qismlarni chuqurrov yoritishga yoki mashqlar echishga qaratiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini nashr qilishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: Noshir talablarini o’rganish. Ilmiy ish mazmunini yozma ravishda to’iq bayon qilish. Ilmiy ish mazmunini patent sofligiga tekshirishi. Maqolani ekspertizadan o’tkazish, yangilik yaratish usullarini yo’qligini tekshirish. Maqolaga tashqi taqriz olish. Maqolani noshirga topshirish. Nashrga tayyorlangan ilmiy material kirish qismidan, bayon etilayotgan ilmiy natijaning maxmunidan va olingan xulosalardan tashkil topadi. Agar ilmiy ish natijasida maqolani yozishda muallif boshqa tadqiqotchining ilmiy ishiga xavola qilgan bo’sa, ushbu ishlar adabiyotlar ro’yxatida keltirilishi lozim. Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g’oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir. Kashfiyot ob‘yektlari uch xil bo’ishi mumkin: Qurilma bo’yicha kashfiyot Usul bo’yicha kashfiyot Ishlab chiqarishga qo’lash bo’yicha kashfiyot. Qurilma bo’yicha kashfiyotlarga ma‘lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o’chamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Usul bo’yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yyechimlar va parametrlarga taalluqli bo’adi. Ishlab chiqarishga qo’lash bo’yicha kashfiyotlar- ma‘lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo’yicha takliflarni o’z ichiga oladi. Kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o’zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo’gan va boshqalardan jiddiy farq qilgan elementni ajrata olish demakdir. Odatda kashfiyot ilmiy ishni ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak. Kashfiyotni ochish berilgan ob‘yektlar guruxidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uni boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko’rsatib berish demakdir. Kashfiyot natijasida muallif patent olish huquqiga ega. Odatda patentlar soni har bir mamlakatdagi undagi fan va texnikani rivojining ko’rsatkichi bo’ib xizmat qiladi. 2. DISSERTATSIYA VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR Dissertatsiya deb – ilmiy kengash yoki DAK majlisida ochiq tarzda himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus shakliga aytiladi. U fan doktori, fan nomzodi va magistlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi. Dissertatsiya tarkibiga tadqiqotchi tomonidan olingan ilmiy natijalar, ilmiy qoidalar va muallifni olim sifatida fanga qo’shgan xissasi va sifatlari kiritilishi lozim. Dissertatsiya ilm-fanning xozirgi zamon muammolarini echishga, ilmiy texnik progressga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Dissertatsiya mavvzusi muassasaning asosiy ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi. Dissertatsiya mavzusi Oliy Ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Ilmiy Kengash tadqiqotchining ilmiy jihatdan etukligini, ishlab chiqarish va jamoat ishlaridagi folligini, kafedra, laboratoriya va bo’im tomonidan berilgan tavsiyanomani e‘tiborga oladi. Dissertatsiyaga muallif tomonidan ta‘riflangan ilmiy qonun va qoidalar kiritilib, ular nazariy jihatdan asoslangan va tajribalarda o’z tasdig’ini topgan bo’ishi kerak. Dissertatsiyada qo’yilgan maqsad va vazifalar aniq bo’ishi, masalaning xozirgi kungi xolatiga mos tushishi, taklif etilayotgan yechimlar jiddiy tarzda asoslanishi va tanqidiy jihatdan baholanishi talab etiladi. Dissertatsiyaga olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, xalq xo’jaligida qo’lash bo’yicha ma‘lumotlar ham kiritiladi. Texnika soxasidagi dissertatsiyalarga taraqqiyparvar texnologik jarayonlarni o’rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo’gan mashina va uskunalarni yaratish, yangi materiallarni olish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, hamda texnikaning muhim nazariy muammolarini xal etish kabi vazifalar kiradi. 3. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI UNING MAZMUNI VA TARKIBIY QISMLARI Magistrlik dissertatsiyasi - magistraturada ta‘lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir. Dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o’quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki xafta davomida taqdim etiladi. Dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta‘lim, fan-texnika, shu jumladan, kimyoviy tetexnologiya, to’qimachilik, mashinasozlik, engil sanoat va matbaa, ijtimoiy soxalardagi ilg’or va dolzarb masalalarga bag’ishlanib, muayyan bir vazifani ilmiy yechimini topishga, ishlab chiqarishga, statistik ma‘lumotlar tahliliga qaratilgan bo’ishi shart. Magistrlik dissertatsiyaning yakuni bo’ib davlat kvalifikatsiyasi attestatsiyasi ya‘ni magistrlik dissertatsiyasi himoyasi hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talabalar: ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko’ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo’larini o’rganishi; o’quv jarayoni va ilmiy faoliyat davomida olingan axborotlarni ma‘lumot va natijalar shaklida mujassamlashtira olishi; tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi; soha bo’yicha echilayotgan ilmiy-texnik, ilmiy tadqiqot masala holatini tahlil qilishi; ilmiy-texnika, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo’yilgan masalani yechish uslublarini ko’rib chiqishi va eng samarasini aniqlashi; eng samarali, muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnikiqtisodiy jihatdan asoslab berishi; eng samarali, muqobil yechimning patentga loyiqligini aniqlashi va patent sofligiga tekshira olishi; ilmiy-texnika masala yechimining natijalari bo’yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo’lash imkoniyatini aniqlashi lozim. Dissertatsiya ishi tanlangan mavzuning ilmiy asosga va natijalarga ega bo’gan ilmiy yoki ilmiy-amaliy mazmundagi yakuniy malakaviy ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi shunday ko’rinishda taqdim etilishi kerakki, toki uning asosida mazkur dissertatsiya mazmuni qay darajada yoritilgan va asoslanganligini, uning yangiligini aniqlash oson bo’sin. Dissertatsiya ishi bajarilishi, uning muallifi mustaqil ilmiy (amaliy) izlanish olib borgani, mukammal muammolarni topgani va ularni xal qilish yo’larini o’rgangani haqida dalolat berishi kerak. Magistrlik dissertatsiyasining muallifi ishni bajarishda o’zining ilmiy malakaviy darajasini, ayniqsa mustaqil ilmiy izlanishni olib borish va aniq ilmiy-texnik masalalarni hal etish bo’yicha qobiliyatlarini namayon qila olishi kerak. Magistrlik dissertatsiyasi mantiqiy o’ylangan reja asosida yoziladi. Mazkur reja muammo, tahlil va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo’larini ifodalaydi.Xorijiy tajribalarni o’rganish va yig’ilgan materiallardan foydalanish asosida magistrant dissertatsiyada qo’yilgan masalalarni hal etish yo’larini, milliy ta‘lim tizimi va iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini va tarmoq korxonalari muammolarini hisobga olgan holda aniq mantiqiy takliflar kiritadi. Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni va tarkibi. 4Dissertatsiya ishining tarkibini ishlab chiqish magistrlik dissertatsiyasining asosiy bosqichi bo’ib hisoblanadi. Dissertatsiya tarkibining to’g’ri tuzilishi magistrantga ilmiy izlanish, maqsad va vazifalarini aniq ifodalashni, qo’yilgan maqsadga erishish usullari, yo’lari va ob‘yektlarini, hamda dissertatsiya ishining bosqichlarini to’g’ri tayyorlashga imkoniyat beradi. Dissertatsiya tarkibini ishlab chiqish uchun magistrant izlanish bo’yicha dastlabki manbaalarni, adabiyotlarni, xorijiy ma‘lumotlarni, mahalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbaalarni mukammal o’rganish lozim. Tadqiqot loyihasi mutaxassislik kafedrasi yig’ilishida muxokama qilinadi va dissertatsiya mazmuni bo’yicha kerakli taklif va mulohazalar beriladi. Magistrlik dissertatsiyasi tarkibi va tuzilishida quyidagilar qayd etiladi: -dissertatsiyaning sar varog’i quyidagicha yoziladi (titul varog’i, 1-ilova): O’ZR. OO’MT Vazirligi, TTESI-shrift 14; qo’yozma xuquqida-shrift 14; UDK.... –shrift 14; dissertatsiya nomi-shrift 14; avtor (magistrantning familiyasi va ismi sharifi)-shrift 14; mutaxassislik shifri va nomi-shrift 14; daraja, magistrantning familiyasi va ismi sharifi-shrift 14; ilmiy rahbar-shrift 14. -dissertatsiyaning MUNDARIJAsi (2 ilova) 1-2 bet: - KIRISH qismida mavzuni dolzarbligi, muammoning o’rganilganlik darajasi, ilmiy yangilik, tadqiqotning maqsad va vazifalari, natijalarning xaqqoniyligi (eksperimental uslublar) va muqobilligi (natijalarga statistik ishlov berish), tadqiqot ob‘yekti, predmeti, amaliy ahamiyati hamda dissertatsiya ishining hajmi va strukturasi kiritiladi (3 ilova) 4-6 bet. ADABIYOT SHARHI bobida berilgan muammoning zamonaviy holati (ikki uch qismdan iborat bo’ishi mumkin) 15-20 bet. ESPERIMENTAL qismi tadqiqot ob‘yekti va predmeti va eksperimental uslublarini tanlash va asoslash 5-10 bet. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI bobi: tadqiqot natijalarini tahlil qilish; tadqiqot jarayonlarni izohlash va eksperimental qurilma, texnologik sxemalarni taklif etish (3-5 qism, bo’im yoki paragraflardan iborat bo’ishi mumkin) 30-35 bet. XULOSA (xulosa, tavsiyalar va takliflar) 1-2 bet. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI-4-5 BET. ILOVA: Magistrant tomonidan bajarilgan ilmiy –tadqiqot ishlarining dastlabki, boshlang’ich ma‘lumotlar, avtomatik laboratoriya asbob-uskunalarning analizlari, diagrammalari, spektrlari, qo’shimcha va yordamchi materiallar, sinov, qo’lanilish, tatbiq etish dalolatnomalari, chop ettirilgan ilmiy maqola yoki tezislar to’plamlarining kseronusxalari va shunga o’xshash materiallar keltiriladi. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish sifatida davriy ilmiy jurnallardagi maqolalar qo’yiladigan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Sar varaq dissertatsiyaning1-beti hisoblanadi va qat‘iy belgilangan qoidalar asosida to’diriladi (1 ilova). Sar varaqdan so’ng dissertatsiyada mundarija joylashtiriladi. Mundarijada dissertatsiyaning boblari, paragraflari va boshqa bo’imlari ko’rsatiladi (2 ilova). Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada ko’riladigan muammo, maqsad va vazifalar aks ettiriladi va quyidagi tartibda joylashtiriladi: tadqiqot mavzusining dolzarbligi; tadqiqotning maqsad va vazifalari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqot predmeti; tadqiqot ob‘yekti; amaliy ahamiyati; dissertatsiya ishining hajmi va strukturasi; imliy tadqiqot o’tkazish uchun moddiy texnik baza (xom-ashyo, texnologik jihoz, apparatura va hokazo)ning mavjudligi e‘tiborga olinadi. Birinchi bobda mavzu va qo’yilgan masalalardan kelib chiqib, adabiyot sharhi beriladi. Uning asosiy maqsadi qo’yilgan masala qay darajada o’rganilganligini aniqlashdan iboratdir. Magistrant ilmiy-tadqiqot manbaalarini o’rganayotganda qaysi muammo hal etilganligi yoki echilmaganligi, hamda nimani yangidan o’rganish kerakligini topmog’i lozim. Buning uchun har bir manbaaga magistrant ilmiy-ijodiy va tanqidiy yondoshmog’i kerak. Adabiyot sharhi natijasida dissertatsiya ishi maqsadi va vazifalari qayta aniqlanadi. Shuningdek tarkibiy hisoblar, tahlillarga tayanib mavzuning dolzarbliligi asoslanib, pirovard maqsad va vazifalar belgilanadi. Ikkinchi bob dissertatsiyaning asosiy qismi bo’ib, unda nazariy va amaliy masalalar yoritiladi. Qo’laniladigan materiallar uslubiyat, apparatura, uskunalar, tizimlar asoslanib batafsil yoritiladi. Dastlabki axborot natijalari keltirilib o’rganilgan manbaalardagi ma‘lumotlar bilan qiyoslanib tahlil qilinadi yoki butunlay yangi natijalar (yangiliklar) olinganligi ta‘kidlanadi. Uchinchi bobda dastur asosida tajribalar, sinovlar, kuzatuv ishlari, tadqiqotning boshqa turlari aniq rejaga binoan standart yoki nostandart usulda o’tkazilganligi bayon etiladi. Dastlabki natijalarni qayta ishlash standart yoki nostandart usullarda matematik statistika qoidalariga rioya qilinib, komp‘yuterda bajarilishi tavsiya etiladi. Olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik statistika mezonlari bilan kafolatlanadi. Omillar, natijalar orasidagi bog’anish qonunlari klassik usullardan yoki komp‘yuterdagi dasturlardan foydalanib tuziladi va eksperimental (tajriba) natijalari nazariy qonuniyatlar bilan taqqoslanib tahlil qilinadi. Ular asosida tegishli o’rganilayotgan ob‘yekt, jarayon, mahsulot sifati, uslubiyatlar bo’yicha xulosalar chiqariladi. Natijalar, grafik va jadvallar Davlat standarti talablari va qoidalariga rioya etgan holda rasmiylashtiriladi. Xulosa. Dissertatsiya ishida alohida boblar ham xulosa va takliflar bilan yakunlanadi, lekin uning asosiylari ishning ―xulosa‖ bo’imida jamlanadi. Bunda dissertatsiya ishining ―Olingan natijalar va ularning muhokamasi‖ bobidagi asoslangan ilmiy yangilik va yutuqlar aniq va ravshan yoritilishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdan avval tadqiqot mavzusi bo’yicha kamida bitta ilmiy maqola va mazkur yo’nalish bo’yicha kamida ikkita ilmiytexnikaviy anjumanlarda ma‘ruza bilan qatnashib, ma‘ruza tezislari to’plamida chop qilinishi tavsiya etiladi. Dissertatsiya hajmi va uni rasmiylashtirish qoidalari. Magistrlik dissertatsiyasi bo’imlarini ketma-ketlikda bayonqilish va ularning birbiriga uzviy bog’iqlikda bo’ishi asosiy talablardan biridir. Dissertatsiya boblarining mazmuni magistrlik izlanishining asosiy maqsadiga javob berishi kerak. Ketma-ketlikni buzuvchi material dissertatsiyaga kiritilmaydi. Ayrim materiallar dissertatsiya oxirida ilova sifatida alohida keltirilishi mumkin. Magistrlik dissertatsiyasi nashriyot amaliyotida qabul qilingan standartga muvofiq tikib muqovalangan bo’ishi kerak. Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 60-80 varaq matndan (ilovalardan tashqari) iborat bo’ib, A4 (21x29) format qog’ozga komp‘yuterda 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda yozilgan bo’ishi shart. Matnning chap tomoni 30mm, yuqori tomoni 2,5mm, o’ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5mm bo’sh maydon bo’ishi kerak. Betning tartib raqami sahifaning osti o’rtasiga qo’yiladi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 1.Ilmiy materiallarni nashr qilish deganda nimani tushunasiz? 2.Monografiya, darslik va o’quv qo’lanma tushunchalariga izoh bering. 3. Dissertatsiya tushunchasiga izoh bering. 4.Dissertatsiyaga qo’yiladigan talablar. 5.Magistrlik dissertatsiyasi haqida tushuncha bering. 6.Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida magistrantlar nimalarni bajaradi? 7.Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy qismlarini sanab bering. 8.Magistrlik dissertatsiyaning kirish qismida nimalar yoritiladi? 9.Adabiyotlar sharhiga nimalar kiradi? Download 19.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling