3-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning uzluksiz tizimi


Download 1.18 Mb.
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1231715
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan hamda informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:


informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
kadrning butun «hayotiy sikli» hisobga olinishi kerak;
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dialektik spiral tamoyili asosida qurilishi kerak;
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi zarur;
ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg‘u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
o‘qish vaqti resurslarni o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.

Ushbu fanlarni o‘qitishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash orqali o‘quvchilarda grafik madaniyatga asoslangan grafik bilimlar va shaxsiy fazilatlar shakllantiriladi, mazkur fanlarning mazmuni va o‘qitishda quyidagi muammolar mavjud:

  • Ushbu fanlarni o‘qitishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash orqali o‘quvchilarda grafik madaniyatga asoslangan grafik bilimlar va shaxsiy fazilatlar shakllantiriladi, mazkur fanlarning mazmuni va o‘qitishda quyidagi muammolar mavjud:

o‘quvchilarni o‘zaro hamkorlikda ishlash, mazkur fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga asoslanib o‘qitishni takomillashtirish;
ijodiy erkinlikni ta’minlash maqsadida amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan DTS asosida alternativ darsliklarning yaratilishi va ulardan tajriba sinov tarzida foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
darsliklarda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarda bilishga qiziqish, ishtiyoq va xohishni hosil qiladigan o‘yin va mashqlar, art-texnologiyalarni aks ettirish;
mazkur fanlarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy, jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi Osiyoning rivojlangan davlatlari tajribasini hisobga olish;

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling