3-mavzu. Innovatsion jarayon va modellar Reja: Kichik innovatsion firmalar tipologiyasi. «Yumshoq firmalar»
Download 83.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Innovatsion jarayon va modellar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savolari
3-mavzu. Innovatsion jarayon va modellar Reja: 1. Kichik innovatsion firmalar tipologiyasi. 2. «Yumshoq firmalar» ning o’ziga xos xususiyatlari. 3. «Qattiq firmalar» ning o’ziga xos xususiyatlari. 4. Innovatsion sohada distibyuter kompaniyalarning faoliyati . Bizning asosiy maqsadimiz izlanish taraqqiyotga asoslangan holda ilmiy yutuqlarni bozor mahsuloti va xizmatlariga shakllantiruvchi kichik va o’rta kompaniyalar qiziqtiradi. Ularni yutuqlari yoki mag’lubiyatlari to’lig’icha ilmiy axborot sifati samarali menejment va marketingga bog’liq. Yuqori texnologiyali kompaniyalar o’z mahsulotlarini oxirgi iste’molchiga sotgan holda yangilik yaratish tufayli ular oldida yangi bozorlar ochiladi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ko’p yuqori texnologiyali tor maxsuslashgan bo’lib, bir necha asosiy mijozlarga ximat ko’rsatadi. Sanoat savdosi bozorning o’ziga xos turi bo’lib, bu yerda asosiy kompaniyalar mahsulot va xizmatlarni kichikroq bo’lgan yuqori texnologiyali kompaniyalardan sotib oladi. Barcha omadli kompaniyalar poydevori bo’lib yaxshi qo’yilgan boshqaruv strukturasi hisoblanadi. Yuqori texnologiyali kompaniyalar (Yu. T. K) murakkab strukturali boshqaruvga ham ega bo’lishi mumkin, chunki ba’zi hollarda ularni boshqaruvchi menejerlar faoliyat doirasi chegaralanganligiga qaramasdan ko’p masalalarni yechishlarini talab etadi. «Yumshoq kompaniyalar» ning asosiy faoliyati shartnoma yoki maslahatlar asosida izlanishlar va ishlab chiqarishdan iborat bo’lib, ushbu kompaniyalarda havf-xatarchilik «Qattiq kompaniyalar» ga qaraganda kamroq, shu bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bozordagi noaniqlik bartaraf etiladi. Bundan tashqari bu kompaniyalar mayda guruhchalardan iboratdir. Tashkil etish nuqtai nazaridan «konsalting» kompaniyalar eng arzon va oddiydir. Bunda kompaniyaning ish faoliyatida maxsus ehtiyojlarga talab qilinmaydi. Ehtiyoj tug’ilgan sharoitda esa mijoz jihozlaridan foydalanish mumkin. Tadbirkorlar ko’pincha uyda ishlashadi yoki maslahatlar uchun qiymat bo’lmagan ofislarni ijaraga olishadi. 3. Qattiq kompaniyalar standart mahsulot ishlab chiqargan holda bu mahsulotning bozorda sotilish kafolati yo’qdir. Bunday turdagi kompaniyalar o’z navbatida havf-xatarli hisoblanadi. Ilmiylashgan mahsulot bozori qancha keng bo’lsa, raqobat shunchalik jiddiy va mahsulot ishlab chiqarish uchun tadbirkor ko’proq pul sarf qiladi, ammo harajatlar qaytimi juda katta bo’lishi mumkin. Katta bo’lmagan, maxsuslashgan bozorlar yoki bozor segmentlari yangi kompaniyalar kirib kelishi uchun ma’qul hisoblanadi. Va bunda asosiy e’tibor normal raqobat shiroitida marketing olib borish 2 texnologiyasiga qaratilishi lozim. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida OEM (original jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar). OEM kompaniyalari keng tarqalgan bo’lib, ular boshqa kompaniyalarning yig’ma detallarni sotib oladi. CHegaralangan doiradagi buyurtmachilar bilan shartnoma tuzish bunday kompaniya tadbirlari uchun marketing faoliyatini soddalashtirib, havf-xatar darajasini kamaytiradi. OEM kompaniyasi mahsulotni sotish marketing muhitini kamaytiradi. Ommaviy bozorlar odatda kattaroq talablarni bildirish bilan farqlanib turadi. Bozorga yangi mahsulotni kirib kelishi uchun qimmatbaho reklama zaruriyati tug’ilishi mumkin. Elektronika sanoatida ish olib boruvchi Britaniyalik menejerlik keltirilgan «1- 3-10» qoidasi harajatlarni baholash to’g’riligini tekshiruvchi oddiy usullardan bo’lib hisoblanadi. Yuqori texnologiyali mahsulotlarning har–xil turiga quyidagicha bo’lishi mumkin:«1-3-20» yoki «1-10-100». Ba’zi bir kichik kompaniyalar o’zining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lgan konstruktorlik ishlab chiqarish faoliyatini ilmiylashgan mahsulot marketinggi bilan bog’lashga harakat qiladi. Lyokin bunday ko’rinishlar chuqur boshqarishni talab qiladi. Izlanishlar olib borish va ishlab chiqish, ishlab chiqarish va marketing vazifalari har xil bo’lib menejerlarda qaysi biriga ko’proq e’tibor berish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni tug’diradi. Yuqori texnologiyali mahsulotning sanoat bozorida kompaniya ishga qattiq yondashishi sezilib turiladi. Ko’pchilik qattiq kompaniyalar boshlang’ich bosqichda yumshoq kompaniyalardan kelib chiqishgan. Qattiq kompaniya izlanishlarga jalb qilingan bo’lib, asosan buyurtmaga tayangan holda ish ko’radi va shunga majbur hamda o’z navbatida mahsulotni rivojlanish strategiyasini o’zgartirib, yetarli darajadagi foyda olib kelishni ta’minlaydi. Yumshoq kompaniyalar standart mahsulot ishlab chiqarish va marketingga bo’lgan harajatlarni to’liq baholamaganlari tufayli mahsulot ishlab chiqarish ishini tashkil qilish murakkab bo’lishi mumkin. Talab qilingan moliya hajmi deb ichki kompaniya tomonidan ijobiy pul oqimi kelgunicha sarflangan pul hajmiga aytiladi. Texnik ekspertizalar olib borish va samarali moliyaviy boshqarish distribyuter kompaniyalari uchun har xil yondashishga ega bo’ladi. Odatda distribyuter kompaniyalari juda samarali moliyaviy shartlar asosida ish olib borgan holda, ularning foydaliligi tijorat samaradorlikka bog’liq. Xuddi shu shartlar maxsuslashgan ulgurji va chakana savdochilarga to’g’ri keladi. Savdodagi hamkorlik va texnik bilimlarga egalik muhim bo’ladi. Lyokin kompaniyaning foydalilik darajasi quyidagi 3 asosiy tijoriy faktorlardan iborat. a) real distribyuterlik qo’shimcha haqning mavjudligi. b) yetkazib beruvchilardan olingan kredit kattaligi (kompaniyaning mijozga kafolatlovchi kattaliklar) v) faoliyatning umumiy rentabelliklari. Distribyuter murakkab konstruktsiyalar yoki O. Ye. M. kompaniyalarning patentlangan komponentlarini sotishda texnik ekspertiza zarurati paydo bo’ladi. Asosiy element bo’lib, bu yerda tayyor mahsulot yaratishda distribyuter 3 xizmatining foydalanuvchi O. Ye. M. kompaniyalariga ko’rsatiladigan yordam hisoblanadi. Sotish jarayoni bir necha oylar ichida davom etib, ba’zi hollarda ma’lum bir komponentdan foydalanish afzalligini isbotlashga to’g’ri keladi. Buning natijasida ko’chilik yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchi distribyuterlik huquqlarini savdo - sotiq qilayotgan davlatlarga, kompaniyalarga sotadi. Bunday distribyuterlar uchun qo’shimcha xaq yuqori bo’lib, ularning ishi ham yuqori darajada bo’lishi lozim. Kompaniyalarning omadi asosan distribyuterlar huquqiga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchilarning qanchalik samarali sharoitda egalik bo’lishlaridan iborat. Qo’shimcha xaqlar doimiy ravishda o’zgarib to’rganligi tufayli distribyuter kompaniyalari uchun moliyaviy nazorat juda muhim rolni egallaydi. Yuqori texnologiyali mahsulot bilan bog’liq bo’lgan bozorning nobarqarorliklari yoki saqlash davrining kichikliklari eski yoki qimmat mahsulot to’planishiga olib keladi. SHuning uchun eng qulay variantlardan biri ma’lum bir aniq shartnoma asosida kerak bo’lgan mahsulotga egalik qilishdan iborat. SHu bilan birgalikda konsignatsiya orqali mahsulot olish yoki yetkazib beruvchilar tomonidan (eskirgan mahsulotni) qayta sotib olish shartnomasiga ega bo’lishingiz lozim. Nazorat savolari 1. Kompaniyaning foydalilik darajasi nechta asosiy faktorlardan iborat. 2. Talab qilingan moliya hajmi deb nimaga aytiladi? 3. Ko’pchilik qattiq kompaniyalar boshlang’ich bosqichda qanday kompaniyalardan kelib chiqgan? 4. «Yumshoq kompaniyalar» nima? 5. «Qattiq kompaniyalar» nima? 6. Distribyuter nima? 7. Distribyuterni asosiy elementi nima? 8. O. Ye. M. kompaniyalari nima? 9. «Yumshoq kompaniyalar» o’ziga xos ‘ususiyati nimada? 10. «Qattiq kompaniyalar» o’ziga xos ‘ususiyati nimada? Download 83.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling