3-Mavzu. Introdusentlarga tashqi omillar ta’siri. Introduksion kuzatuvlarni olib borishni tashkil etish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1487035
1   2
Bog'liq
3-maruza mashguloti

Endospermli urug’lar. Zahira oziq moddalar endosperma to’qimalarida 
to’planadi. Bunday urug’lar urug’ po’sti, murtak va eyedospermadan tuzilgan. 
Asosan bir pallali o’simliklar urug’i, ikki pallalilardan kanakunjut, pion, lipa va 
shunga o’xshaganlar urug’i endospermalidir.
Perispermli urug’lar. Bunday urug’da zahira moddalar urug’kurtak 
nusellusida hosil bo’lib, perispermada to’planadi. Perispermali urug’lar ikki pallali 
o’simliklarga xos bo’lib, qoramurch, lavlagi, qalampirmunchoq urug’lari 
perispermalidir. 
Endospermsiz urug’lar. Bunday urug’da zahira moddalar murtakning 
urug’barg to’qimalarida to’planadi. Urug’lar po’sti, murtak va ikkita seret 
urug’bargdan tuzilgan. Ikki pallali madaniy o’simliklar turlarining (qovoqdoshlar, 
dukkakdoshlar, murakkkabguldoshlar, ra’noguldoshlar va shunga o’xshashlarning) 
urug’i endospermasiz. 
Suv, harorat va havo yetarli bo’lsa eng qulay o’sadi. Ularning o’sishi 
bo’rtishidan boshlanadi. Urug’ yo’li orqali urug’ga suv shimilishi Bilan fiziologik 
o’zgarishlar ro’y beradi, urug’ bo’rtadi. Suv va fermentlar yordamida erigan oziq 
moddalar murtakning o’suvchi meristema hujayralarini oziqlantiradi. Maysalar 


tezda o’sib, yer yuzasiga chiqadi va yashil ranga kiradi, bu yosh maysalar mustaqil 
yashay boshlaydi.
Yashil maysalarda vegetativ organlarining joylashishi, tuzilishi, o’sishi va 
voyaga yetgan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlar borligi bilan tanishish 
mumkin.
Ishni bajarish bosqichlari
Ikki pallali o’simliklarning endospermasiz urug’ining tuzilishi loviya, no’xat 
urug’larida kuzatiladi. Buning uchun bo’rta boshlagan urug’ni pinset Bilan olib 
buyum oynasiga qo’yib yaxshilab ko’rib chiqiladi. Loviya urug’i buyraksimon, 
tashqi tomonidan qattiq urug’ po’sti Bilan o’ralgan bo’ladi. Urug’ning botiq qismida 
urug’ choki, chokka yaqin joylashgan kichik teshikcha urug’ yo’lidir. Urug’ po’stli 
orqali urug’ ichiga suv kiradi. Urug’ po’stini igna uchi Bilan shilib tashlab, murtagi 
ajratib olinadi. Murtak ildizcha, poyacha, kurtakchadan tuzilgan bo’lib, ularning 
tashqi tomonidan o’rab turgan seret rangsiz barglar urug’palla barglardir. Urug’palla 
zapas moddalar to’planadi. Murtakning tuzilishi urug’dan o’sgan yosh maysalarda 
to’liq o’rganiladi. 
Urug’lar o’sishi uchun normal sharoit mavjud. Namlik, temperatura va havo 
yetarli bo’lganda loviya, no’xat urug’lari una boshlaydi. Bunda avval boshlangich 
ildizcha o’sib, yosh maysalarni tuproqqa mahkamlaydi, ularni suv va mineral 
moddalar eritmasi Bilan ta’minlaydi. So’ng o’sib, o’ziga birikkan urug’palla bargni 
tuproqning yuza qatlamiga ko’tarib chiqadi: urug’palla barglar yashil rangda, qalin 
bo’ladi.
Urug’palla barg bilan ildizgacha bo’lgan oraliq urug’palla barg osti novdacha 
– gipokotil deyiladi. Urug’palla barg oralig’idagi kurtakchaning o’sishidan birinchi 
– ikkinchi chin barg yoziladi. Urug’palla barg bilan chin bargcha oraliq – urug’palla 
barg usti novdacha – epikotildir. 
No’xat urug’ining o’sishi loviya urug’inikiga o’xshaydi. No’xat urug’ining 
o’sishi loviya urug’inikiga o’xshaydi. No’xat maysalarida gipokotil qisqa bo’lib, 
urug’palla barg tuproq ostida qoladi.
Bir pallali o’simliklar urug’i endospermli urug’dir. Endospermli urug’larning 
tuzilishi bug’doy, arpa donida kuzatiladi. Donning tashqi tuzilishini o’rganish uchun 
1- 2 kun suvda ivitilgan bug’doy yoki arpa donini buyum oynasiga qo’yib, tashqi 
tuzilishi kuzatiladi. Donning bir uchiga murtak joylashgan bo’lib, ikkinchi uchiga 
mayda tukchalar to’plangan, donning asosiy qismi endospermasidir. Endosperma bir 
xil parenxima to’qimalardan tuzilgan. Bu to’qimalarda kraxmal, aleyron donachalari 
va boshqa moddalar to’planadi.
Murtak juda kichik bo’lganligidan tuzilishini yaxshi o’rganish uchun, donning 
uzunasiga kesimidan tayyorlangan preparat mikroskopning kichik obyektivida 


qaraladi. Bunda murtak boshlang’ich ildizcha, poyacha, kurtakcha, bitta urug’palla 
barg – qalpoqchadan tuzilganligi aniq ko’rinadi.
Boshlang’ich ildizchaning uchun (o’sish konusi) koleoriza bilan o’ralgan. 
Koleoriza himoya funksiyasini bajaradi. Ildiz o’sishi davrida koleoptil yoriladi va 
uning o’sishiga imkon yaratadi. 
Poyacha tagidan bitta urug’palla barg – qalqoncha chiqadi, qalqoncha 
murtakni endospermadan chegaralab turadi va o’zidan fermentlar ajratadi, so’ruvchi 
to’qimalari yordamida murtakni endospermadagi organik moddalar eritmasi Bilan 
ta’minlaydi.
Kurtakcha o’sish konus iva uni o’rab turgan boshlang’ich barglardan tuzilgan, 
tashqi bargi uchli bo’lib, koleoriza deyiladi. O’sish davrida koleoptil nayza shaklida 
tuproqni yorib, o’ziga o’ralgan boshlang’ich barglarni tuproq yuzasiga ko’taradi va 
o’sishni to’xtatadi. Koleoptilga o’ralgan chin barglar o’sib yashil ranga kiradi.
Bir pallali o’simliklarda don o’sishi davrida boshlang’ich ildizcha o’sishdan 
to’xtaydi. Poyacha ostidan 2 ta va undan ortiq ildizchalar chiqadi. Yosh 
maysalardagi ildizlar boshlang’ich o’qshimcha ildizchalardi 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling