3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Asosiy savollar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lunix operatsion (amaliy) tizimi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq
operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratorya tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan yedi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘p foydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Rasm - 10. UNIX operatsion tizimi Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga yega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur: amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish; ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi; bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi; yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni; RISS protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi; har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish; rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik. UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi. Lunix operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi UNIX operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Lunix ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Lunixning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi. Rasm - 11. Lunix operatsion (amaliy) tizimi Ma’lumki, jahon bo‘ylab shaxsiy kompyuterlardan unumli foydalanish maqsadida yangi tizimlar yaratilmoqda. 2000-yilda barchaga taniqli, mashhur “Microsoft” firmasining Windows XP operatsion tizimi o‘rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi hamda yangi Windows 7, 8, 10 tizimlarining yaratilishi barchani quvontirdi. “Microsoft” kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning mavjudligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma’lum. Jahonda Lunix – yeng tez taraqqiy yetayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir yemas. Hozirda, Lunixning hatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, Fransiyada “Mandriva” nomli ajoyib operatsion tizim ishlab chiqarilgan. Linuks operatsion tizimining tarixi o‘zbek tilida yetarli ravishda yoritilmagan. Tarixda Linuksning ikki o‘tmishdoshi ma’lum, bu Yuniks(UNIX) – ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan operatsion tizim hamda GNU(GNU) loyihasidir. Zamonaviy operatsion tizimlar foydalanuvchining grafik interfeysi (FGI, inglizcha GUI – Grafical user interface) ga yega. GUI sichqoncha, klaviatura, joystik va boshqalar yordamida yekrandagi ob’ektlar (yorliqlar, tugmachalar, menyu va boshqalar)ni boshqarish imkonini beradi. Yekrandagi axborot grafika va matn shaklida, tushunishga oson qilib namoyon yetiladi. Qachonlardir, hali GUI yaratilmaganda, monitorda buyruqlar qatorlarigina aks yetardi. Foydalanuvchi biror matn aks yetishi uchun har gal tegishli buyruqlarni kiritishiga to‘g‘ri kelardi. Har bir OTda GUI o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga yega, u imkon qadar foydalanishga qulay va tushunarli qilib ishlangan bo‘ladi. Windows ish stolining tipik qiyofasida: lokal kompyuter tarmoqlari bilan tanishish imkonini beruvchi vazifalar paneli, obyektlar, hujjatlar, ‘a’kalar va dasturlardan foydalanish uchun yo‘l ko‘rsatuvchi yorliqlardan iborat. Statistikaga ko‘ra, operatsion tizimlar bozorida Mac OSning ulushi 6,3 foizni tahlil qiladi. Bu Windowsning ko‘rsatkichi (90 foizdan ziyod)dan ancha-muncha kamdir. Buning sabablaridan biri ushbu operatsion tizim faqat “Apple” chiqargan kompyuterlargagina qo‘yilishi bo‘lsa, ikkinchisi bu kompyuterlarning juda qimmatligidadir. Lunix– ochiq kodli operatsion tizimlar oilasi. “Ochiq” degani – ular yangilanib, turli ko‘rinishlar olishi va bepul tarqatilishi mumkin. Aynan bepulligi ushbu OTni boshqalaridan ajratib turadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling