3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Asosiy savollar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana11.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1450873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu

UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq 
operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratorya tomonidan 1969 yili taklif 
qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan yedi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida 
yozilgan ko‘p foydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim.
Rasm - 10. UNIX operatsion tizimi
Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo 
uzatishni boshqarish bayonnomasini bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir 
qancha ijobiy xislatlarga yega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur: amaliy 
dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish; ma’lumotlarni 
tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi; bir vaqtning 
o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi; yuz berayotgan ishlov jarayonlarini 
foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni; RISS protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi; har 
xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish; rivojlanish va 
kengayish uchun ochiqlik. 
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng 
ishlatiladi. 
Lunix operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi UNIX operatsion tizimi asosida ishlangan, 
tarmoq operatsion tizimi. Lunix ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Lunixning 
muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora 


litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish 
uchun qo‘llanadi. 
Rasm - 11. Lunix operatsion (amaliy) tizimi 
Ma’lumki, jahon bo‘ylab shaxsiy kompyuterlardan unumli foydalanish maqsadida yangi 
tizimlar yaratilmoqda. 2000-yilda barchaga taniqli, mashhur “Microsoft” firmasining Windows 
XP operatsion tizimi o‘rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi hamda yangi Windows 7, 8, 10 
tizimlarining yaratilishi barchani quvontirdi. “Microsoft” kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa 
tizimlarning mavjudligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma’lum. 
Jahonda Lunix – yeng tez taraqqiy yetayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir 
yemas. Hozirda, Lunixning hatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan turli tizimlari ham 
mavjud. 
Shu qatorda, Fransiyada “Mandriva” nomli ajoyib operatsion tizim ishlab chiqarilgan. 
Linuks operatsion tizimining tarixi o‘zbek tilida yetarli ravishda yoritilmagan. Tarixda Linuksning 
ikki o‘tmishdoshi ma’lum, bu Yuniks(UNIX) – ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan operatsion 
tizim hamda GNU(GNU) loyihasidir. 
Zamonaviy operatsion tizimlar foydalanuvchining grafik interfeysi (FGI, inglizcha GUI 
– Grafical user interface) ga yega. GUI sichqoncha, klaviatura, joystik va boshqalar 
yordamida yekrandagi ob’ektlar (yorliqlar, tugmachalar, menyu va boshqalar)ni boshqarish 
imkonini beradi. Yekrandagi axborot grafika va matn shaklida, tushunishga oson qilib 
namoyon yetiladi. Qachonlardir, hali GUI yaratilmaganda, monitorda buyruqlar qatorlarigina 
aks yetardi. Foydalanuvchi biror matn aks yetishi uchun har gal tegishli buyruqlarni 
kiritishiga to‘g‘ri kelardi. Har bir OTda GUI o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga yega, u imkon 
qadar foydalanishga qulay va tushunarli qilib ishlangan bo‘ladi. Windows ish stolining tipik 
qiyofasida: lokal kompyuter tarmoqlari bilan tanishish imkonini beruvchi vazifalar paneli, 
obyektlar, hujjatlar, ‘a’kalar va dasturlardan foydalanish uchun yo‘l ko‘rsatuvchi yorliqlardan 
iborat. Statistikaga ko‘ra, operatsion tizimlar bozorida Mac OSning ulushi 6,3 foizni tahlil 
qiladi. Bu Windowsning ko‘rsatkichi (90 foizdan ziyod)dan ancha-muncha kamdir. Buning 


sabablaridan biri ushbu operatsion tizim faqat “Apple” chiqargan kompyuterlargagina 
qo‘yilishi bo‘lsa, ikkinchisi bu kompyuterlarning juda qimmatligidadir. Lunix– ochiq kodli 
operatsion tizimlar oilasi. “Ochiq” degani – ular yangilanib, turli ko‘rinishlar olishi va bepul 
tarqatilishi mumkin. Aynan bepulligi ushbu OTni boshqalaridan ajratib turadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling