3-mavzu. Iqtisodiyotni modernizasiyalash yo‘nalishlari (4 soat) Ma’ruza rejasi
-rasm. 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari (2015 yilga nisbatan foizda)1
Download 329.92 Kb.
|
3-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish
4.1-rasm. 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari (2015 yilga nisbatan foizda)1
O‘zbekistonda keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi. yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan: meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha; rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha; kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha; uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha; tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha; farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha; qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha; tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017-2020 yillarda aholining energiya ta’minoti yaxshilash uchun ko‘mir qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko‘mir qazib olishni yiliga 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beruvchi investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 3.2. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, ularning natijalari atroflicha muhokama qilinmoqda. Sanoatni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. Shu jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizasiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu yo‘nalishga korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklar kreditlari hisobidan 602 000,0 mln. so‘m investisiyalar yo‘naltiriladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va hozirgi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo‘yicha uchta yirik tarmoqlar neft qazib olish va avtomobilsanoatidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgan, asrlar davomida o‘z davlat g‘aznasining katta qismini sayohatchilar va xorijiy savdogarlar hisobidan to‘ldirib kelgan qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston Respublikasi turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlariga ega. Turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish, jumladan: mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha choratadbirlar kompleksini amalga oshirish;ichki marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish maqsadida yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirishga oid islohotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Harakatlar strategiyasidan joy egallagani turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’yektlarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz turizm sohasidagi ikkita katta muammolar, birinchisi o‘z faoliyatining barcha turlarini miqdor va sifat jihatidan kengaytirish, ikkinchidan pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga imkon yaratadi. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish Xarakat dasturining eng ahamiyatli vazifalari qatoridan o‘rin olgan. Belgilangan ushbu vazifani bajarish yo‘nalishida mustaxkam zamin yaratilgan bo‘lib, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 2015 yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni tashkil qildi. Mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda. 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish ham 2017 yildagi asosiy vazifa bo‘lib unda quyidagilar nazarda tutiladi: yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish; O‘zbekiston uchun savdo aloqalari rivojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash; tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish; tashqi bozorlarni marketing o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali ushbu bozorlarni milliy mahsulotlar bilan ta’minlash; xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish. Download 329.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling