3-mavzu. Iqtisodiyotni modernizasiyalash yo‘nalishlari (4 soat) Ma’ruza rejasi
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda infratuzilmaning o‘rni
Download 329.92 Kb.
|
3-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amalga oshiriladigan tadbir Bajarish muddati Sarf-xarajatlar (mln. so‘m)
3.3.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda infratuzilmaning o‘rni
Davlatimiz rahbari 2017 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganlaridek, “Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda. Shu sababli yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizasiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga erishish lozim. Yakuniy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shartsharoit yaratib berishdir”2. 4.1-jadval Avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlari
Manba:O‘zRstatistikaqo‘mitasima’lumotlariasosidatuzilgan. Avtomobilyo‘llariholatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida investisiya dasturi doirasida Respublika yo‘l jamg‘armasi ning 1550000 mln so‘m mablag‘lari o‘zlashtirilishi qo‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: umumfoydalanishdagi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish; xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarni ta’mirlash; shahar ko‘chalari, aholi punktlariga kirish va ichki yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash; yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash; qurilish materiallarini innovasion turlaridan hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va usullardan foydalangan holda avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish. Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2009-2016 yillar davrida qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. Shu bilan birga, ushbu sohani o‘rganish aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, shuningdek milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olib qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Download 329.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling