3-mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy – tarbiyaviy qarashlar vaqt soat Reja


Download 104.86 Kb.
bet9/13
Sana22.01.2023
Hajmi104.86 Kb.
#1110297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
13-mav

CHo’qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, o’g’ilni va Muqaddas Ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.
Badanga miro surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas Ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun episkop qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.
Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand ko’rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar.
Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular:

  1. Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojey materi);

  2. Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya);

  3. Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogorodisы);

  4. Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo);

  5. Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya);

  6. Olqishlash (Sretenie);

  7. Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie);

  8. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 hafta keyingi yakshanba;

  9. Isoning qayta tirilishi (Voskresene Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba;

  10. Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin;

  11. Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie Svyatogo duxa – Troisin Den);

  12. Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda.

CHerkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentyabrdan boshlanadi. 8 sentyabr kuni «Rojdestvo Bojey materi» bayrami o’tkaziladi. 12 sentyabr kuni «Vozdvijenie kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag’ishlanadi. 21 noyabr kuni «Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogorodisы» bayrami o’tkaziladi. Bu bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag’ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan bir hafta oldin, yani 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi.
Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa – Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi peysax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach, Pasxa yangicha tus olgan.

Download 104.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling