3-mavzu jamg‘arish va isteʼmol


Download 330.34 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi330.34 Kb.
#1752189
Bog'liq
10 Keynsning tovarlar va xizmatlar bozoridagi makroiqtisodiy muvozanat

10-mavzu: KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDAGI MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI

Dinamik makroiqtisodiyot


DONIYOR YOKUBJANOV

REJA

  • Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari;
  • Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar;
  • «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.
  • Avtonom xarajatlar multiplikatori;
  • Retsession va inflatsion uzilish.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o‘zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‘liq bo‘lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‘y berishigina mumkinligini isbotlab berdi.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‘armalarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Keynschilar fikricha, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab beradi.
Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o‘zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi.

Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi.
Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallangan xarajatlari kiradi.

Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi:
E = C + I + G + Xn
Xn - sof eksport bo‘lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega:
Xn = g - m’Y
Bu yerda: g – avtonom sof eksport; m’ – importga chegaralangan moyillik; Y - daromad.
m’ = ΔM / ΔY
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o‘zgarishi; ΔY - daromadlarning o‘zgarishi.

«Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.


Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)

Avtonom xarajatlar multiplikatori


Avtonom xarajatlarning har qanday o‘sishi, ya’ni ΔA = Δ(a+I+G+Xn), multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko‘proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. Avtonom xarajatlar multiplikatori muvozanatli YaIM o‘zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatadi:
m = ΔY /ΔA

Avtonom xarajatlar multiplikatori


Multiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o‘sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sganligini (kamayganligi) ko‘rsatadi.
ΔCa↑>AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va hokazo.

Retsession va inflatsion uzilish


YaMM (YaIM)ni to‘liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o‘stirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) ko‘paytirilishi zarur bo‘lgan miqdor retsession uzilish deyiladi.
YaIMni to‘liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo‘lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.

Retsession va inflatsion uzilish


Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi retsession uzilish

Retsession va inflatsion uzilish


Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi inflatsion uzilish

Retsession va inflatsion uzilish


ΔY = Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
ΔY = Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
Download 330.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling