3-mavzu: Jizzax-Sirdaryo vohasining toponomik joy nomlari. Reja


Download 23.73 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi23.73 Kb.
#1038249
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu. Jizzax-siraryo vohasining toponimik joy nomlari.


3-mavzu: Jizzax-Sirdaryo vohasining toponomik joy nomlari.
Reja:
1. Jizzax vohasining tog’li hudud (Zomin, Baxmal, Forish) toponomik joy nomlari
2. Jizzax shahri va uning atrofidagi hududlarning joy nomlari
Geografik nomlar –juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois tarix uchun juda katta ahamiyatga ega.Va ayniqsa bu nomlar tarixda muayyan bir sharoitda muayyan bir sabab bilan qo’yilgan bo’lsa.Shunday tarixiy toponimlardan biri o’tmishda Ustrushonaning g’arbiy qismida joylashgan Dizak (Jizzax) shahridir.Ushbu toponimning etimologiyasi xususida bir qancha tarixchi,geograflar fikrlari mavjud.
Jizzax- Abulqosim ibn Xavqal, al-Muqaddasiy, al-Istahriy, Yoqut, «Hudud ul-olam»ning noma’lum muallifi va boshqa o‘rta asr geograf - sayyohlari asarlarida Jizzax nomi «Dizak» shaklida ifodalangan. So‘nggi o‘rta asr yozma manbalarida bu atama «Dizaq», «Dizzaq», «Dizdak», «Dizax», «Dizzax», «Dizzah» shaklida yozilgan.
X-XVI asrlar orasida yaratilgan tarixiy, jug‘rofiy, badiiy-tarixiy asarlarda «Dizak» atamasi ma’lum joy o‘rni, shaharning nomi sifatida tilga olingan. «Dizak» atamasi asosi- «diz» so‘zidir. So‘g‘d tilida «diz» - «qal’a», «qo‘rg‘on» ma’nosini anglatadi. Atamashunos T.Nafasovning ta’kidlashicha, «diz» so‘zining nomlar yasash doirasi, tarqalish hududi o‘rta asrlarda ancha keng miqyosda bo‘lgan. IX-XIII asrlar solnomalarida «diz» asosida yasalgan qator qal’a, qo‘rg‘on, shaharcha va yirik qishloq nomlari uchraydi. Aksariyat hollarda «diz» o‘zagiga -a- affiksi qo‘shilib yangi so‘z yasalgan. «Diz» - «diza» atamasi ishtirokida nomlangan maskanlar ma’nosi turar joylarning o‘ziga xos xususiyatini ifodalagan. Jumladan, Kuhandiz - shahar qal’asi, Navdiz - Yangi qo‘rg‘on, Sangdiza - Tosh qo‘rg‘on, Bardiza - Baland qo‘rg‘on, Chokardiza - Navkarlar qo‘rg‘oni va h.k. Jizzax so‘zining etimologiyasiga alohida to‘xtalgan T.Nafasovning yozishicha, «diza» so‘ziga -k- qo‘shimchasi qo‘shilib, d i z a k (diz-a-k) so‘zi yasalgan. Dizak - kichik qal’a, qal’acha, kichik qo‘rg‘on yoki qo‘rg‘oncha ma’nosini bildirgan. O‘zbekcha «qo‘rg‘on» so‘ziga fors-tojik - «ak» qo‘shimchasini qo‘shib, «qo‘rg‘onak» tarzida ham ifodalangan.
Z.M.Boburning “Boburnoma” asarida ham toponimika sohasida boy ma’lumotlar keltirilgan,undan toponimlarning qadimiy shakllarini bilib olish mumkin: Dizak-Jizzax, Xo’jand suyi yoki Sir suyi-Sirdaryo.
Zomin- qadimda Sarsanda,Susanda, Sabza nomlari b-n ham yuritilgan. Uning asos solingan yili noma’lum. Lekin arab geograf sayyoh olimlariIbn Havkal, Muqaddasiylar (Yu-a.)ning ma’lumotlariga ko‘ra, arablar kelmasdan oldin ham bo‘lgan va Ustrushonada yirik shaharlardan hisoblangan. Shahar Zominsuvning har ikkala sohiliga joylashgan. 10-a.da 3. yonida qad., arablar kelgunga qadar bo‘lgan eski shaharning xarobalari saqlanganligi manbalarda qayd etilgan. Shahar yonida jome masjidi bo‘lgan. Zominning Samarqand, Buxoro, Shosh (Toshkent) va Fargona vodiysi sh.larini boglovchi katta karvon yo‘lida joylashganligi uning ravnaqiga ijobiy ta’sir etgan. 15—17-a.larda u mustahkam qal’adan iborat viloyat markazi edi. 1868 y. rus podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirligiga qarashli bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan avvalgi mavqeini yo‘qotgan. Yom-Zomin tumanidagi qishloqlardan biri.Yom-bekat, pochta stansiyasi.Klassik mo’g’ul tilida ,shuningdek,hozirgi mo’g’ul tili shevalarida yom so’zi jam, zam, yam shakllarida uchraydi va “yo’l” degan ma’noni anglatadi.Mo’g’ullar o’zlari bosib olgan boshqa hududlarda ko’pdan ko’p ham yomlar qurganlar.O’rta osiyoda ulardan keyin ham yomlar bo’lgan.Bu so’zdan tarkib topgan toponimlar yozma tarixiy yodgorliklarda qayd qilingan.”Boburnoma”da Samarqand atrofida Yom degan joy tilga olingan.Zomin tumanidagi Yom qishlog’I ham qadimiy aholi punktidir

Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling