So’loqli- yuz qabilasining urug’laridan biri.Soloqliklar Toshkent,Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan.Zomin va Jizzax tumanlarida So’loqli qishloqlari bor.So’loq-qo’y echki quloqlarining bir joyini kesib en solish, ya’ni tamg’alash usuli.Quloqning oldingi tomoni o’yib kesilsa,oldingi so’loq,keying tomoni kesilsa keying so’loq deb atalgan.
Qang’li-o’zbek,qozoq,qirg’iz,qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabilalar.Qanglilar tarixiy manbalarda qanguy,qangar,kengeres shakllarida tilga olingan.VII-VIII asrlarda qanglilarning asosiy qismi Sirdaryoning o’rta oqimlarida yashab,keyinchalik Xorazmga, Zarafshon vodiysiga,Toshkent vohasiga borib o’rnashgan.Jizzax tumanida ham shu nomdagi qishloq qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |