3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerika Qo’shma Shtatlari.
Germaniya. Germaniyada ehtirom, yaxshi muomala, sipo va kamtar kiyinish uslubi,
murojaatlarda shartliliklarga amal qilish, aniqlik va ishbilarmonlik qadrlanadi. Germaniyaliklar o’z hurmatlarini biladilar hamda Germaniya Yevropa yuragi ekanligini hamisha yodlarida tutadilar. Muomala qilinayotgan paytda daraja va familiyalarni aytish qabul qilingan. Har bir muomaladagi shaxsning titulini aytib kyetish muhimdir. Agar titul noma’lum bo’lsa, “doktor janoblari” deb murojaat qilish mumkin. Germaniyada yoshi kattaroq yoki mansabi yuqori bo’lgan shaxsning tashabussi bilan kelishib olinmagan bo’lsa, “sen”, deb murojaat qilish tavsiya etilmaydi. Qo’l berib salomlashish keng tarqalgan bo’lib, hatto qisqa muddatlik hayrlashish chog’ida ham keng ishlatiladi. Ayollar qo’l berish istagini bildirgunga qadar kutib turish tavsiya qilinadi. Odatda taklif etilganlarning hammasi bilan qo’l berib salomlashish keng tarqalgan. Istisnoni juda ko’p kishilar taklif etilgan hollar tashkil etadi. Restoranda atrofdagi taklif etilganlar, hatto noma’lum shaxslar bilan “Yoqimli ishtaha” ma’nosini anglatuvchi tushunchalar bilan salomlashiladi. Biror ichimlik iste’mol qilishdan avval bokal ko’tarilib, mezbon bokali bilan urishtiriladi (ammo, masalan, Fransiyada bokal ko’tariladi, lekin urishtirilmaydi). Amerika Qo’shma Shtatlari. Amerikada o’z fikrini to’g’ridan-to’g’ri mumkin qadar ochiqchasiga bildirish qabul qilingan. Amerikaliklar o’zlari nima haqida o’ylasalar, hamisha Shuni gapiradilar. Boshqa xalqlarda keng tarqalgan tildagi chuqur ma’no, mubolag’a amerikaliklarni to’g’ri fikrdan yanglishtiradi: ular har bir jumlani so’zma so’z qabul qilishga, aniq ekanligiga ishonch hosil qilib, tushunmagan narsani qabul qilmaslikka o’rganib qolganlar. Amerikaliklar uchun eng asosiysi bu individuallik va shaxs huquqidir. Shu bilan birga, ularning xususiyatlaridan biri, bu to’g’ri so’zlik va samimiylikdir. Amerikaliklar sodda va qulay kiyinishni, o’zaro oddiy va norasmiy muloqotni hamda korxonalarda rahbar va ishchilar o’rtasida demokratik munosabatda bo’lishni afzal ko’radilar. Amerikaliklar sog’lom, harakatchan, o’ziga ishongan, o’zlashtiruvchan bo’lib ko’rinishga harakat qiladilar. Ular vaqtni tejab, punktuallikni qadrlaydilar. Kechga qolishga yo’l qo’yilmaydi, kechga qolish hech bir narsa bilan oqlanmaydi. Muzokaralarda ular tezda asl maqsadga o’tadilar va rasmiyatchilikka vaqt ketkazishni yoqtirmaydilar. Muzokaralar qisqa fursatli, yuzma-yuz olib boriladi va professionalizm va maqsad sari intilishlarga qaratilgan bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling