3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Adolat, sadoqat, burch va halollik kasbiy ma’naviyatning bosh mezoni. 4. Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon
- 7. Nutq madaniyati, uning mazmun va mohiyati. Kasbiy faoliyat xodimlari nutqiga qo’yiladigan axloqiy talablar
3-MAVZU. KASBIY MA’NAVIYATNING O’ZIGA XOS PRINSIPLARI Reja: 1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri. 2. “Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga munosib bo’lishni anglash. 3. Adolat, sadoqat, burch va halollik kasbiy ma’naviyatning bosh mezoni. 4. Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon bo’lishi. 5. Muomala madaniyati, uning asosiy shakl va qoidalari. 6. Kasbiy ma’naviyatda xulq-atvor madaniyati va xodimning tashqi ko’rinishi. 7. Nutq madaniyati, uning mazmun va mohiyati. Kasbiy faoliyat xodimlari nutqiga qo’yiladigan axloqiy talablar 1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri Biz oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarni, barcha orzu-niyatlarimizni amalga oshirishda avvalambor milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng ko’lamli va murakkab vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi kadrlarni tayyorlash masalasini muhim prinsipial va hal qiluvchi darajaga ko’targanimiz hammamizga yaxshi ayon, deganda har bir sohada mehnat qilayotgan yoshlarning kasbiy madaniyat darajasini ko’tarishni nazarda tutgan. Bugungi kunda “eng yomon narsa – bu odamning oyog’i yerdan uzilishidir. Agarda kim qayerda tug’ilgani, kimning farzandi ekanini, qaysi zamin, qaysi tuproqning suvini ichib, tuzini totganini esdan chiqarsa, bilingki, u o’zini butunlay yo’qotgan bo’ladi. Bunday odamning kelajagi bo’lmaydi”. Shunday ekan, madaniyat, xulq-atvor va ruhiyat odamzodni kimning va qaysi elning farzandi ekanligini, kimga va nima uchun xizmat qilishi kerakligini doimiy ravishda anglatib turuvchi eng muhim tarbiyaviy omil hisoblanadi. “Kasbiy madaniyat” tushunchasini tahlil qilish uchun, birinchi navbatda, “kasb”, “madaniyat”, “faoliyat” kabi tushunchalarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu tushunchalar orasida “madaniyat” tushunchasi muhim o’rin tutadi. Chunki madaniyat ulkan hodisotlar olamini qamrab olgan va mavhumotning yuksak darajasidagi eng umumiy falsafiy- ijtimoiy tushunchalardan biri hamda madaniyat nazariyasi tahlilini to’g’ri yo’naltira olishi ijtimoiy jarayonlarga xolis baho berishga yaqinlashishni va ijtimoiy hodisalarga munosib ta’sir ko’rsatish yo’llarini topishni anglatadi. “Kasb” va “faoliyat” tushunchalarini ko’rib chiqayotganda qisqacha tahlil va umum e’tirof etgan tushunchalar bilan cheklanamiz, chunki ular muayyan muammolar ko’rib chiqilayotgandagina qiziqish uyg’otadi. “Kasb” tushunchasi lotinchada professio, ya’ni maxsus nazariy bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni taqozo etuvchi hamda hayot kechirishning oddiy manbai hisoblanuvchi mehnat faoliyati, mashg’ulot turi, degan ma’nolarni anglatadi. Kasbiy madaniyat muammosi bilan bog’liq qarashlarni o’rganish va umumlashtirish kasbiy madaniyat abstrakt holda emas, balki kasbiy faoliyatning muayyan turi bilan bog’liq, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bu, o’z navbatida, kasbiy madaniyatning muayyan turlari va shakllarini tadqiq etishni talab etadi. Bu yerda kasbiy madaniyatning o’ziga xos shakli, kasbiy faoliyatning u yoki bu turiga tegishliligi haqida so’z yuritilayotgan bo’lib, unga ko’ra, huquqshunos, o’qituvchi, siyosatchi, harbiy xizmatchi, ichki ishlar idoralarida xizmat qilayotgan tezkor qidiruv, tergov hamda profilaktika xodimlarining kasbiy madaniyati to’g’risida so’z yuritish mumkin. Kasbiy faoliyatning boshqa turlarida unga oz bo’lsa-da, o’xshash bo’lgan faoliyat turini uchratish qiyin. Aytish joizki, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy xulq-atvoriga deviant submadaniyat, ya’ni umum qabul qilgan madaniyatga zid madaniyat “namoyandalari” bilan o’zaro muloqot ta’sir ko’rsatmay qolmaydi (adabiyotlarda “aksilmadaniyat” yoki “kontrmadaniyat” kabi tushunchalar ham uchrab turadi). Yuqorida ta’kidlanganidek, bularning hammasi ichki ishlar xodimlari mentaliteti, xulq- atvor qoidalari, qadriyatlar va an’analarning shakllanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Boshqa tarafdan, ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyati shaxs umumiy madaniyati unsurlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling