3-mavzu: Kimyo darslarida Edraw Max dasturidan, Crocodile Physics, Crocodile Technology, Yenka Electricity and Magnetism, Phun physics, Beginnings of Electronics dastur imkoniyatlaridan foydalanish EdrawSoft Edraw Max
Edraw_Max dasturini o’rgatuvchi multimediali vosita yaratish
Download 264.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Akt-3
Edraw_Max dasturini o’rgatuvchi multimediali vosita yaratish.
Edraw_Max dasturini o’rgatuvchi multimediali vositani ishlab chiqish algoritmi Yuqorida aytib o’tilganidek, Edraw_Max dasturi imkoniyatlarini o’rgatuvchi multimediali o’qitish tizimini yaratishning umumiy algoritmi sifatida kuyidagi boskichlarni keltirib o’tishimiz mumkin: Yaratiladigan didaktik vosita bo’yicha zaruriy axborotlarni to’plash. Bu bosqichda berilgan mavzu bo’yicha zaruriy axborotlar to’planadi. Masalan: fanning davlat ta’lim standarti, fan dasturi, ishchi dasturi, kelandar rejasi, ma’ruzalar matni, dars ssenariysi, savol va topshiriklar to’plami, mustaxkamlash testlari, videodars ishlanmalari, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati, dasturdan foydalanish bo’yicha ko’rsatma xakidagi ma’lumotlar bo’yicha ma’lumot to’planadi. Bu ma’lumotlarni Word redaktori yordamida kompyuterga kiritib, ma’lum bir formatga solinadi. Shuningdek barcha ma’lumotlarni tayyorlab olingach keyingi bosqichga o’tiladi. Yaratiladigan didaktik vositaning umumiy strukturasini hosil qilish. Bu bosqichda yaratiladigan didaktik vosita uchun shablonlarni tayyorlanadi. Bu shablonlarni saxifani yaratayotgan dizayner hamda programmistning mahorati bilan ham bog’lash mumkin. Chunki, dasturiy vositalarning o’zida ham maxsus shablonlar mavjud bo’lib, bu shablonlardan foydalanish yoki yangi shablon yaratish ham mumkin. Quyida shablon uchun bir nechtalarini freym va jadvallarni keltirib o’taylik. Didaktik vositaga tegishli saxifalarni o’zaro boglash. Bu bosqichda xar bir yaratilgan saxifani bir-biri bilan o’zaro bog’lab, sahifa uchun zanjir xosil qilinadi. Shuningdek, har bir sahifada berilgan multimediali ma’lumotlar, videofayllarni sahifada ishlashi uchun zaruriy yo’nalishlar beriladi, ya’ni ularni yaratilayotan sahifa fayli joylashgan papkaga avtomatik joylashganligini tekshirib olinadi. Didaktik vosita dizayn berish bo’limi. Bu bosqichda xar bir saxifani dizayn jixatdan yanada kuchaytiriladi, qo’shimcha bezaklar beriladi. Agar shablon asosida yaratilayotgan bo’lsa, ularni zarur deb topilgan o’zgarishlarni ham amalga oshirish mumkin bo’ladi. Dizayn sahifani asosiy ishlov berish qismi hisoblanadi. Chunki, sahifani tashqi ko’rinishi reklamada juda katta ahamichtga ega bo’ladi. 1. Yaratilgan didaktik vositani tekshirish. Bu bo’limda yaratilgan sahifani nazoratdan o’tkazib, ishlash jarayoni tekshiriladi. Bu tekshirishning eng qulay usuli bu sahifani boshqa kompyuterda ishlatib ko’rish va o’zaro bogliqligini tekshirib chiqish hisoblanadi. Download 264.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling