3-Mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Dalton atomistikasi. Reja: Dalton atomistikasi
Download 15.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Kimyoviy element bir xil xossalar bilan harakterlanadigan atomlar turidir". Undan tashqari Dalton fanga "atom
- Avogadro qonuni.
- Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalari soni o’zaro teng bo’ladi.
3-Mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Dalton atomistikasi. Reja: 1. Dalton atomistikasi. 2. Stexiometrik qonunlar. Dalton atomistikasi. Ilmiy asoslangan atom-molеkulyar ta'limot XVIII- XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta'limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning mazmunini «Matеmatik kimyo elеmеntlari» asarida bayon etdi. M.V.Lomonosovdan so`ng, ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig`ilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talqin qildi va atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini yaratdi. 1808 yilda o'zining "Ximiya falsafasida yangi sistema" nomli asarida atomistik ta'limotni quyidagicha tarifladi: a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachaga bo’lina olmaydi; b) Har qaysi kimyoviy element faqat o'ziga xos "oddiy" atomlardan tuzilgan bo'lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o'ziga xos og'irlik va o’lchamga ega; v) Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning "oddiy" atomlari o'zaro aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni hosil qiladi; g) Faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo'lgan atomlargina o'zaro birika oladi, bir elementning atomlari hech qachon o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydi. Ular faqat bir-biridan itariladi. Da’lton kimyoning asosiy qonunlarini izoxlab, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta'rif berdi: "Kimyoviy element bir xil xossalar bilan harakterlanadigan atomlar turidir". Undan tashqari Dalton fanga "atom og'irlik" (ya'ni atomning nisbiy og'irligi) tushunchasini kiritdi. vodorodning atom og'irligini shartli ravishda 1 ga teng deb qabul qildi. Lomonosov ta'limoti (1-ma`ruzada yoritilgan) turli xossali atomlar bilan bir qatorda bir xil xossali atomlarning ham o'zaro birika olishga yo'l qo'yar edi. Molekula bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega bo'lgan eng kichik zarrachasidir. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi. Atom bu kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachadir. Elementning kimyoviy xossalari uning atomini tuzilishi bilan aniqlanadi. Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir. Kimyoviy element - bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo'lgan atomlarning muayyan turidir. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bo'lgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida protonlar soni bir xil, lekin neytronlar soni har xil bo'ladi. Dal’ton ta’limotida kamchiliklar borligi o’sha vaqtdayoq ma’lum bo’ldi. Birinchidan, oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo’lishini inkor etdi. Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir elementning bir atomi ikkinchi elementning faqat bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. Avogadro qonuni. Yuqoridagi holni tushuntirish uchun 1811 yili Italyan olimi A.Avogadro tomonidan qonun yaratildi va uning sharafiga bu qonun keyinchalik Avogadro qonuni deb yuritila boshlandi. Tabiiy bilishning asosiy qonunlaridan biri bo`lmish Avogadro qonuni avval takidlaganidek 1811-yilda maydonga tashlangan: Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalari soni o’zaro teng bo’ladi. Avogadro o`z qonuniga asoslanib oddiy gazlarning molekulalari ikki atomli bo`lishini hisobga olib, hajmiy nisbatlar qonunini oson tushuntirilishini isbotladi. Reaksiyada ishtirok etuvchi gazlarning hajmiy nisbatlarini reaksiya tenglamasidagi koeffitsientlar ko`rsatadi. Bu qonunni shuningdek, konsentratsiya uncha katta bo’lmagan holatlarda ionlar va ionlashgan gazlar elektronlari uchun ham qo’llash mumkin. Download 15.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling