3-Mavzu: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va
-savol. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi
Download 66.5 Kb.
|
3-mavzu. Oraliq boshqaruv. 2023
2-savol. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi.
Qo‘shma mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri har bir mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini baholash va unga oid bo‘lgan axborotlarni ichki va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etish bo‘lib hisoblanadi. Jami mahsulot tannarxi, qo‘shma mahsulot tannarxiga oid axborotlar moliyaviy hisobotlarda foydalaniladi va soliq hamda boshqa davlat idoralariga taqdim etiladi hamda boshqaruv tannarx hisobotlarida foydalanadi. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholashdagi muhim masalalardan biri bu qo‘shma tannarxning alohida mahsulotlarga onson identifikatsiyalanmasligidir. Qo‘shma tannarx qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash tannarx hisoboti standartlari talablariga muvofiq holda, ya’ni muvofiqlik tamoyiliga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Qo‘shma mahsulotlar tannarxini hisobga olishda ikkita bosqichda amalga oshirish talab etiladi: 1. Ajralish nuqtasidan keyin har bir qo‘shma mahsulot uchun mahsulot tannarxini aniqlash (baholash); 2. Qo‘shma tannarxni qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash. Birinchi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar alohida uslubiyotni talab etmaydi. Ajaralish nuqtasidan keyin har bir mahsulotga sarflangan material, mehnat va ustama xarajatlar hisob kitobi yuqoridagi mavzularda bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi. Shu bois, ushbu mavzuda ikkinchi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz. Qo‘shma mahsulot tannarxi illyustratsiyasini Farington Industrial Products misolida ko‘rib o‘tamiz. Mahsulotlarning bir guruhi qo‘shma ishlab chiqarish jarayonidan o‘tadi, qaysiki unda mahsulotlarga yuqori uglerod bosimida ishlov berilib po‘lat quyiladi. Ishlab chiqarishda to‘rtta mahsulot olinadi, qaysiki ular korroziyaga bardoshli va uzoq muddatga chidamli hisoblanadi. Biroq har bir alohida mahsulot maxsus talablarga javob berishi talab etiladi. Bunday talablarga jumladan yuqori va past namlik, tempraturaning keskin o‘zgarishi, yuqori korroziyali muhit va boshqa omillarni kiritish mumkin. Mahsulotlar miqdori va tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi 9.1-jadvalda keltirilgan: Har bir mahsulotning tannarxni aniqlashimiz uchun qo‘shma tannarxni har bir mahsulotga taqsimlashda mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni tanlashimiz kerak bo‘ladi. Taqsimlashda eng to‘g‘ri ideal g‘oyaga, ya’ni har bir mahsulotning tannarxi ularni sotishdan olingan daromad bilan muvofiqligini ta’minlashga rioya qilish bo‘lib hisoblanadi. Lekin, muvofiqlik konsepti qo‘shma tannarxni taqsimlashda murakkabliklar bilan bog‘liqdir. Natijada, sabab-oqibat bog‘liqligi qo‘shma tannarx va qo‘shma tannarxni haqiqatda o‘zida mujassamlantirgan mahsulot o‘rtasida o‘z aksini topa olmasligi mumkin. Ushbu farqni mumkin qadar kamaytirishda bir qancha umum qabul qilingan metodlar qo‘llaniladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Natural birliklar asosida taqsimlash. 2. Sotish qiymati asosida taqsimlash. 3. Yalpi fayda asosida taqsimlash. 4. Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati asosida taqsimlash. 5. Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling