3-Mavzu: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va


Download 66.5 Kb.
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1723213
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu. Oraliq boshqaruv. 2023

(split-off point) deb ataladi. Ajralish nuqtasidan keyin ayrim mahsulotlar boshqa qayta ishlash
zaruriyati bo‘lmasdan sotish uchun tayyor holatga kelishi mumkin. Bunga chizmada A
mahsulotni misol qilib olish mumkin, qaysiki u pishirish jarayonidan keyin sotishga tayyor
holatga keltirilgan. Boshqa mahsulotlarda esa ajralish nuqtasidan keyin ularni sotish uchun
tayyor holatga keltirish uchun yana qo‘shimcha ishlov berishga zaruriyati bo‘ladi va bunday
hollarda ishlab chiqarish yana boshqa jarayonlarda davom etadi. Chizmada mahsulot dasttaval
qorishtirish jarayonini o‘tab so‘ngra pishirish jarayoniga o‘tkazilgan. Undan ajralish nuqtasida
V, S va D mahsulotlar alohida ajralib ularga ishlov berish uchun boshqa-boshqa jarayonlarga
o‘tkazilgan. Ajralish nuqtasidan keyin alohida olingan mahsulotlarga qayta ishlash uchun
amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lingan xarajatlar deb ataladi.
Chizmadagi Yopish jarayoniga o‘tkazilgan mahsulot qayta ishlanadi, ya’ni yana material,
mehnat va ustama xarajatlar amalga oshiriladi (bu bo‘lingan xarajatlarni tashkil etadi) va bu
jarayon yakunlangandan so‘ng mahsulot upakovka jarayoniga o‘tkazilgan va unda ishlovlar
amalga oshirilib mahsulot olingan, qaysiki u sotish uchun tayyor holatga keltirilgan.
Ajralish nuqtasidan keyin mahsulotning bir qismi boshqa qorishtirish jarayoniga
o‘tkazilgan (oldingi qorishtirish jarayonidan farq qiladi). Mahsulot ushbu jarayonda ishlov
olgandan so‘ng muvofiqlashtirish jarayoniga o‘tkazilgan. Undan C tayyor mahsulot hamda Z
ikkilamchi mahsulot olingan.
Mahsulotning yana bir qismi ajralish nuqtasidan keyin to‘yintirish jarayoniga o‘tkazilgan.
Bu jarayondan D tayyor mahsulot va unga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘lgan Y ikkilamchi
mahsulot olingan.
Ishlab chiqaradigan qo‘shma mahsulot korxonaning tijorat faoliyatida asosiy rolni

o‘ynaydi. Ikkilamchi mahsulot esa asosiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi.


Ikkilamchi mahsulotni aniqlash bo‘yicha asosiy mezon bo‘lib uning narxini asosiy mahsulot
narxiga taqqoslash asosida aniqlangan natijalar hisoblanadi.
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotning odatdagi ishlab chiqarishdan farqli tarafi shundan
iboratki, birinchisini ikkinchisidan ishlab chiqarishning ma’lum bir nuqtasiga kelgunga qadar
identifikatsiya qilish mumkin emas. Shu bois, ushbu ajralish nuqtasiga yetgunga qadar
xarajatlarni alohida mahsulot turlariga olib borish imkoni bo‘lmaydi. Ajralish nuqtasiga
yetgundan keyin alohida mahsulotlar realizatsiya qilinishi yoki kelgusi qayta ishlashga
jo‘natilishi mumkin.
Ikkilamchi mahsulotlarni chiqindi materiallardan farq qilish kerak bo‘ladi.

Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling