3-Mavzu: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va


Download 66.5 Kb.
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1723213
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu. Oraliq boshqaruv. 2023


3-Mavzu: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va
qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish

 
Ma’ruzaning rejasi:
1. Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
2. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi.
3. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
1-savol. Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulotlar shunday tarmoqlarga talluqli, qaysiki bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish boshqasini ishlab chiqarish
bilan texnologik bog‘liqlikda bo‘ladi.
Qoshma ishlab chiqarish jarayoni  bu bir ishlab chiqarish
jarayonida ikkita va undan ortiq mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda  yuzaga keladi.
Qo‘shma mahsulot  deganda esa qo‘shma ishlab chiqarish jarayonidan
olinadigan mahsulotlarga aytiladi. Ayrim adabiyotlarda qo‘shma mahsulot va asosiy mahsulotni
bir-biridan farqlashadi. Qo‘shma ishlab chiqarish natijasida bir nechta mahsulot yuqori sotish
qiymatiga ega bo‘lsa bu qo‘shma mahsulot deb ataladi. Agar qo‘shma mahsulotlarning ichida
bittasi boshqalariga nisbatan yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu asosiy mahsulot deb ataladi.
Demak, asosiy mahsulot qo‘shma mahsulotning eng asosiysi ekan.
Ikkilamchi mahsulot (By product) asosiy mahsulot bilan birgalikda ishlab chiqariladigan
va texnologik jarajayonning ma’lum nuqtasida qo‘shma mahsulotdan ajraladigan hamda sotish
narxi nisbatan kichik bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga: kimyo
sanoati, neftni qayta ishlash, tog‘, sut-un, moy-yog‘ ishlab chiqarish sanoati korxonalarini
kiritish mumkin.
Masalan, sut mahsulotini bitta texnologik jarayonda qayta ishlash natijasida bir qancha
mahsulotlar, jumladan sut, qatiq, qaymoq, pishloq, chakka, ayron, qurt va boshqa mahsulotlarni
birin-ketin olish mumkin.
5-chizmada qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni natijasida to‘rtta qo‘shma mahsulot va
ikkita ikkilamchi mahsulot to‘rtta jarayon markazlarida olinishi diagramma oqimida
ko‘rsatilgan. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, barcha mahsulotlar ikkita ishlab chiqarish
jarayonidan, aralashtirish va pishirish jarayonidan o‘tayapdi. Ushbu ikkita jarayonda to‘plangan
barcha xarajatlar esa oltita mahsulotga ham oid bo‘ladi. Bu ikki jarayonning oxirigacha, ya’ni
mahsulotlar ajralgunga qadar amalga oshirilgan xarajatlar qo‘shma tannarx (joint cost) deb
ataladi. Jarayon tugashi bilan mahsulotlar ajralib alohida indentifikatsiyalanadigan, ya’ni
texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot biri ikkinchisidan jismoniy ajralib kelgusida
ularning mahsulot tannarxini alohida hisoblash mumkin bo‘lgan nuqtasiga ajralish nuqtasi

Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling