3-Mavzu: Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va


-savol. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi


Download 66.5 Kb.
bet4/4
Sana26.10.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1723213
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu. Oraliq boshqaruv. 2023

3-savol. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot hamda chiqindi
mahsulot o‘rtasidagi farqlar ularning qiymati bilan belgilaniladi. Ikkilamchi mahsulot qo‘shma
yoki asosiy mahsulotga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘ladi. Ikkilamchi mahsulotni chiqindi
mahsulotlardan farq qilish talab etiladi. Ikkilamchi mahsulot chiqindi mahsulotga nisbatan
iste’mol qiymati balandroq bo‘ladi va natijada uning qiymati ham yuksakroq bo‘ladi. Boshqa bir
katta farqi ikkilamchi mahsulot asosiy mahsulotdan ajralgandan so‘ng yana qayta ishlanishi
mumkin, qaysiki bu qo‘shimcha material, mehnat va ustama xarajatlarni sarflashni zaruriyat
qilib qo‘yadi. Chiqindi mahsulotlar esa qayta ishlanmaydi.
Ikkilamchi mahsulotning sotishdan olingan daromadlarni ikkita ko‘rsatkichga ajratish
mumkin: 1) Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi
mahsulotni sotishdan tushgan yalpi tushum bilan belgilanadi; 2) Ikkilamchi mahsulotni
sotishdan olingan sof daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi

daromaddan ajralish nuqtasidan keyin qayta ishlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni


chegirish orqali topiladi.
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad qo‘shma mahsulotning sotish
tannarxi yoki ajralish nuqtasigacha amalga oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib
boriladi.
Ikkilamchi mahsulotni hisobga olishning ikkita usuli amal qiladi:
1) 
Ikkilamchi mahsulot sotishdan olingan sof daromadni qo‘shma mahsulotning sotish
tannarxining kamayishiga olib borishi usuli;
2) 
Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daroadni ajralish nuqtasigacha amalga
oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib borish usuli.
Ushbu usullarning qo‘llanilishini amaliy misollarda ko‘rib o‘taylik. Masalan, ishlab
chiqarish jarayoni natijasida asosiy mahsulot va ikkilamchi mahsulot olinadi. Yanvar oyi
davomida 1,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi quyidagicha shakllandi:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri material 23,000 p.b.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat 17,000
Ustama ishlab chiqarish 15,000
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling