3-mavzu. Komp’yuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Lokal, global va shahar kompyuter tarmoqlari (lan, man, wan). Aloqa operatorlari tarmoqlari. Korporativ tarmoqlar. Internet. Reja


Download 307.99 Kb.
bet2/2
Sana12.11.2020
Hajmi307.99 Kb.
#144183
1   2
Bog'liq
3-maruza eeb6b80d2e9715844eb89b94316b7166


Korporativ tarmoqlar

  Korporativ tarmoqlar — bu xususiy firmalar ichidagi yoki firmalar o`rtasidagi kompyuter tarmog’idir, u Internet tarmog’iga murojaat qilishi mumkin, unda Internet texnologiyasini ishlatilishi tufayli kengaytirilgan imkoniyatlarga ega, lekin tashqi foydalanuvchilar tomonidan punktlari resurslariga murojaat qilishdan himoyalangandir. uni lokal tarmoqlarni va Internet tarmog’i vositalarini ishlatib, firmalar o`rtasidagi va firmalar ichidagi ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlashni bajaradigan tizim kabi qarash mumkin.

    Tuliq funkciyali korporativ tarmoqeng kamida quyidagi asosiy tarmoq texnologiyalarining bajarilishini ta`minlashi kerak:

• tarmoqni boshqarish;

• qolgan hamma xizmatlarni va resurslarni o`zida aks ettiruvchi tarmoq katalogi;

• tarmoqning fayl tizimi;

• axborotlarni integrallashgan uzatish (elektron pochta, faks, telekonferenciyalar va boshqalar);

• Worl Wide Web da ishlash;

• ma`lumotlarni ruxsat etilmagan murojaat qilishdan himoya qilish.



   
3.3-rasm. Korporativ tarmoq tuzilishi


Korporativ tarmoq Internetning tashqi foydalanuvchilaridan tarmoqli himoya vositalari — brandmao`zerlar yordamida ajratib quyilishi mumkin.

Odatda brandmauerlarning dasturiy ta`minoti marshrutizatorlarda yoki ajratilgan serverlarda eng kamida tashqi abonentning vakolatini va uning maxfiy so`zni bilishini tekshiradi, shu bilan bir qatorda tarmoqqa ruxsat etilmagan murojaat etishdan himoya qilishni va undan yashirin ma`lumotlarni olishni ta`minlaydi. Internet tarmoqidagi ma`lumot va uning barcha xizmatlari esa korporativ tarmoqning hamma foydalanuvchilari uchun tegishlidir.

Unchalik katta bo`lmagan korxona uchun Intranet tarmog’iing
konfiguracisi: 1—lazerli printer; 2-uzluksiz ozuqa manbai; 2-tarmoq ma`muriyatining ish joyi; 4-raxbarning ish joyi; 5-bosh hisobchining ish joyi; 6-boshqaruvchining ish joyi; 7—hisobchining, g’aznachining ish joyi; 8—matricali printer; 9—umumlashtiruvchi qilish narxi yirik korporaciyalarda bitta ish o`rni hisobiga 50 dollarni tashkil etadi.

Internet dan turli-tuman texnik vositalarni va operacion tizimlarni bitta infrastrukturaga birlashtirishning oddiyligi qabul qilib olingan.

Korporativ tizimlarni ishlab chiqish jarayoni anchagina soddalashadi, chunki itnegracion loyihani ishlab chiqish zarurati kerak bo`lmay qoladi. Demak, alohida bo`linmalar, o`zlarining LHTlarini, serverlarini ishlatib, ularni boshqa bo`linmalar bilan hech bog’lamagan holda, xususiy qism tizimlarini yaratishlari mumkin. Zarur bo`lib qolganda, esa ular korxonaning umumiy tizimiga ulanishlari mumkin.

Yirik korxonalarni zamonaviy boshqarish tizimlari qatiy markazlashgan tizimlardan to tarmoqlangan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosibo`tdi. Taqsimlangan boshqarishni qo`llab-quvvatlashni ta`minlaydigan ma`lumotli texnologiya "mijoz-server" arxitekturali tizimlar asosida qurilgan. Taqsimlangan boshqarish, taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarish soxasida, ma`lumot va hisoblash resurslarini ma`muriylashtirishda va boshqa jiddiy muammolar paydo bo`lishiga qaramasdan, taqsimlangan kommunikaciyalar bilan birga qo`shilib ketdi.

Boshqarish tizimlarini korporativ tarmoq tamoyili asosida ko`rish ma`lumotlarni saqlash markazlashgan tizimlarining yaxshi sifatlarini taqsimlangan kommunikaciyalar bilan birga qo`shilib ketishiga imkon beradi.

Ko`p holdarda mijozlarning universal ishchi joylari tarmoq kompyuterlari bilan jihozlangan bo`lishi mumkin.

Dastur ta`minoti qismi bo`yicha tarmoq kompyuterlarilarga asosiy talablar Oracle kompaniyasi tomonidan ta`riflab berilgan.

tarmoq kompyuterlari ning tizimli dastur ta`minoti Java va HTML tillari asosida qurilgan to`liq funkciyali amaliy muhitning mavjudligini takozo qiladi. Bu ochiq muhitlarni qo`llab-quvvatlash, Web-texnologiyalarga asoslanadigan ham mavjud bo`lgan, ham ishlab chiqiladigan ilovalar to`plamiga murojaat qilishni ta`minlaydi.

• Web-brauzerlar yangi tizimlarda yangi vazifalarga ega bo`ladi, chunonchi oxirgi foydalanuvchining interfeys vositasi bo`ladi;

• Ishchi guruhlari a`zolarining o`zaro harakatini ta`minlash, idora (ofis) faoliyatini avtomatlashtirish — elektron pochta, kalendar-rejalovchi va boshqa.

Korporativ tarmoqdarda ishlashga mo`ljallangan tarmoq stanciyalari minimal tarmoqli ma`muriyatchilik g’oyasiga mos ravishta tashkil etilgan. Stanciyani ishlash paytida kerakli ilovalar serverdan yuklanadi.


  1. Internet. Asosiy tushunchalar

O`zbek tilida internet so`zma-so`z tarjima qilinganda tor ma`noda tarmoqlar birlashmasi deb tushuniladi. Ammo keyingi vaqtlarda Internet dunyoviy komp’yuter tarmog’i sifatida millionlab komp’yuterlarni o`zaro bog’lagan informatsion fazo deb tushunilmoqda.

Internet – bu to`g’ridan-to`g’ri o`zaro bog’langan komp’yuterlar guruhi emas. Masalan, agar dunyoning har xil burchagidagi ikkita komp’yuter Internetda o`zaro ma`lumotlar almashinayotgan bo`lsa, bu degan so`z ular orasida to`g’ridan-to`g’ri yoki virtual bog’lanish mavjud degani emas. Ularning bir-biriga uzatayotgan ma`lumotlari bir nechta paketlarga bo`linadi va hatto bir seansda jo`natilayotgan xabarga taaluqli paketlar har-xil marshrutlar bo`yicha o`tishi mumkin. Qaysi marshrut bilan bu paketlar o`tmasin ular yuborilishi kerak bo`lgan manzilga yig’iladilar va natijada (oxirida) yagona hujjat ko`rinishini oladilar. SHuni ta`kidlash lozimki oldin jo`natilgan paketlar keyinroq va aksincha keyin yuborilgan paketlar oldinroq kelishi mumkin. Bu esa hech narsaga ta`sir etmaydi, sababi har-bir paket o`zining maxsus «markirovka» siga ega. SHuning uchun hujjat to`g’ri yig’iladi.




Internetning nazariy asoslari

Dastlabki ma`lumotlarni komp’yuter orqali uzatish va qabul qilish XX asrning 50-yillarda boshlanib, tajriba sifatida laboratoriyalarda olib borilar edi. 60-yillarning oxiriga kelib AQSHning «Istiqbolni belgilovchi agentligi» ning (DARPA – Defense Advanced Research Project Agency) mablag’i hisobidan birinchi milliy tarmoq yaratildi. Bu tarmoq agentlikning nomi bilan yuritila boshlandi va u ARPANET deb nomlandi. Bu tarmoqda bir nechta ilmiy tekshirish institutlari, markazlari va ta`lim tizimlari o`zaro aloqada edilar. Bu tarmoqning asosiy vazifasi yagona ilmiy-texnik loyiha ustida ish olib borayotgan bir guruh jamoa ishini koordinatsiya qilish bo`lib, bu ishlar ilmiy va ilmiy-konstruktorlik hujjatlarini elektron aloqa vositasi yordamida fayllar bilan o`zaro almashish orqali amalga

oshirilar edi.

ARPANET tarmog’i 1969 yilda ishga tushirildi. Bu tarmoqning ko`p bo`lmagan tugunlari o`zaro ajratilgan aloqalar (Videlennie linii) bilan bog’langan edi. Ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish tugundagi komp’yuterlarning dasturiy vositalari orqali amalga oshirib borilar edi. Tarmoq 80-yillarga kelib asta-sekin rivojlanib borib, mintaqaviy tarmoq darajasiga etkazildi.

Internetning haqiqiy tavallud topgan vaqtini 1983 yil deb qabul qilingan. SHu yili komp’yuter aloqasining dasturiy ta`minotida revolyutsion o`zgarishlar ro`y berdi. Internetning paydo bo`lish vaqti uning asosini tashkil etuvchi TCP/IP «protokol» larining standart sifatida qabul qilingan vaqti bilan belgilangan.



Bu erda TCP/IP - bu ikki pog’onada turuvchi alohida tarmoqli protokollardir (Buni odatda protokollar steki deb yuritiladi). TCP protokol transport pog’onasining protokolidir. Bu protokol ma`lumotlarni qanday uzatish kerakligini boshqaradi. IP protokoli adres bilan ta`minlovchi protokoldir. Bu protokol tarmoq pog’onasiga tegishli bo`lib, u ma`lumotlarni qaerga uzatishni aniqlaydi.


3.4-rasm. Internet tarmog’ining sxemasi.
TCP protokoli. TCP protokoli yordamida uzatilayotgan ma`lumotlar katta bo`lmagan paketlarga «kesiladi» va ularning har biri maxsus markerlar bilan belgilanadi. Ushbu markerlar orqali uzatilgan hujjat adresatning komp’yuterida to`g’ri yig’iladi.

IP protokoli. (Internet Protocol). Bu protokolning mazmuni shundan iboratki har bir internetga ulangan kishining unikal (yagona) adresi bo`lishi lozim (IP adres). Bu adressiz TCP protokolning paketlarini kerakli adresga etkazish masalasini echish mumkin emas. Bu adres oddiy ko`rinishda bo`lib, u 4 baytdan tashkil topgan bo`ladi. Masalan, 186.34.64.11. Ushbu adres shunday tashkil qilinganki, har bir komp’yuter orqali o`tayotgan TCP paket bu to`rt son orqali eng «yaqin» qo`shnilarining qaysi biriga paketni uzatish kerakligini aniqlaydi. Natijada bir nechta uzatishlardan so`ng TCP paket adresatga etkaziladi. Bu erda «yaqin» so`zi geografik ma`noda ishlatilmay balki, aloqa sharti va aloqaning o`tkazish (ta`minlash) (propusknaya sposobnost’) qobiliyati bilan aniqlanadi. O`zaro kosmik aloqa bilan bog’langan va mintaqaning har xil joyida joylashgan ikki komp’yuterlar qo`shni shaharchada joylashgan telefon aloqasi orqali bog’langan komp’yuterlardan «yaqin» hisoblanadi. «Uzoq» yoki «yaqin» ekanligini aniqlash «marshuritizator» deb nomlanuvchi maxsus vositalar orqali amalga oshiriladi. «Marshuritizator» vazifasini maxsus komp’yuter yoki tarmoqning serveridagi maxsus dasturiy vosita bajarishi mumkin.

Bir bayt 256 ta har xil qiymatni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bundan kelib chiqan holda to`rt bayt orqali to`rt milliarddan ziyod IP-adreslarni ifoda etish mumkin (2564). Amalda bo`lsa adreslashning xususiyatilardan kelib chiqqan holda ikki milliardga yaqin adreslar ishlatiladi.


Internet xizmati
Internetda har bir xizmat o`ziga mos protokollarga ega. Ular amaliy protokollar (prikladnie protokoli) deb yuritiladi. Ular maxsus dasturlar orqali ta`minlanadi va qo`llab-quvvatlanadi. Bundan kelib chiqadiki, komp’yuterda Internetning biror xizmatidan foydalanish uchun kerakli xizmatning protokoli bilan ishlaydigan dasturiy vositasini o`rnatish lozim. Bunday dasturlar «klientlar» deb yuritiladi.

Terminalli rejim. Tarixan komp’yuterni masofadan turib boshqarish xizmati Telnet bilan bog’liq. Masofadagi komp’yuter ishini kerakli protokol xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi. Internetda Telnet dan texnik ob`ektlarni masalan, «teleskop», «videokamera», sanoatdagi robotlarni masofadan turib boshqarishda foydalaniladi.

Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan hisoblanadi. Internetda uni ta`minlash uchun maxsus pochtali serverlar (pochtovie serveri) ishlatiladi. SHu narsaga e`tiborni qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan komp’yuter tushunilmaydi. Bu erda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy ta`minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Internetda bitta komp’yuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini bajarishi mumkin.

World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni odatda internet bilan tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati – bu internetning ko`p tarmoqli xizmatlaridan biridir.

World Wide Web – bu Web-serverlarda saqlanayotgan va o`zaro bog’langan millionlab elektron hujjatlarning yagona ma`lumotlar fazosidir. Web-fazolar (prostranstvo Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-stranitsi) deb yuritiladi. Web-sahifalarning ma`lum mavzuga birlashtirilgan guruhlarini Web-tugunlar (Web-uzel) yoki Web–sayt yoki oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web–server etarli darajada ko`p saytlarni o`zida mujassamlashtirishi mumkin. Ularning har biriga odatda serverning qattiq diskida alohida katalog ajratiladi.

Domen ismli xizmatlar (DNS). YUqorida biz internetning protokollari haqida so`z yuritganimizda lokal tarmoqdagi ixtiyoriy komp’yuterning internetdagi adresi to`rt bayt bilan ifodalanishini ta`kidlagan edik.

Masalan, 696.22.231.79

Hozir bo`lsa har bir komp’yuter o`zining takrorlanmas (unikal) domen ismiga ega deb aytdik.

Masalan, www.abcdef.com

Bu erda qarama-qarshilik yo`q. Bu faqatgina tarmoqdagi komp’yuterning ikki xil formada berilgan adreslarining ko`rinishidir. Inson uchun sonli adres bilan ishlash juda noqulay, domen ismlarni bo`lsa eslab qolish, ular bilan ishlash oson va qulaydir. Odatda domen ismlar mazmunida belgilaydigan ob`ektning bosh harflari yoki ularning qisman yoki to`liq ismlari bo`lishi mumkin. Masalan, Microsoft kompaniyasining Web-serveri www.microsoft.com, «Kosmos TV» kompaniyasi Web serveri www.kosmostv.ru ismlarga egadir.

Domenli adreslarni sonli adreslarga tarjima qilish bilan DNS serverlar xizmati shug’ullanadi. Biz www.abcde.com serverdan olishimiz kerak bo`lgan sahifamiz dastlab DNS server tomonidan qayta ishlanib undan so`ng IP-adresga jo`natiladi.



Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlarining orasida fayllarni qabul qilish va uzatish ancha katta foizini tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni (masalan, kitoblarni) hamda arxiv ma`lumotlarni (katta hajmdagi yoshintirilgan ma`lumotlar) fayllar ko`rinishida uzatishga zaruriyat tug’iladi.

FTP xizmati dunyo tarmog’ida o`zlarining serverlariga ega bo`lib, unda arxiv ko`rinishidagi ma`lumotlar saqlanadi.

FTP protokoli server va klientlar o`rtasidagi ikkita TCP qo`shilmalar (soedineniya) bilan bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo`shilma bilan ma`lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo`shilma bilan ma`lumotlarni boshqarishda foylaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan klientning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan odatda komertsiyali serverlar va chegaralangan serverlar o`zlarida qayd etilgan klientlarga foydalanuvchining ismini va u bilan bog’liq parolni kiritishini talab qiladi. Ammo o`n minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko`rinishda o`zlarining xizmatini taklif etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so`zini va parol sifatida elektron aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko`p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi.

Adabiyotlar.

1. Olifer V.G., Olifer N.A. Komp’yuternie seti. Printsipi, texnologii, protokoli. Uchebnik. –3-e izdanie. SPb. Piter. 2006g.

2. Broydo V.L. Vichislitel’nie sistemi, seti i telekommunikatsii. SPb.: Piter. 2003.

3. Broydo V.L. Arxitektura eVM i vichislitel’nix sistem. Uchebnik. 2.e izdanie. M.: Forum. 2008.

4. Vatamanyuk A. Sozdanie, obslujivanie i administrirovanie setey. SPb.: Piter. 2010.


1. www.intuit.ru

2.www.kgtu.runnet.ru/wd/tutor/net/net0/html
Download 307.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling