3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Download 82.5 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
3 - MAVZU. KONSULTATSIYA BOSQIChLARI 3.1.Psixologik maslahatning o‘ziga xosligi 3.2. Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida 3.3. Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari 3.1.Psixologik maslahatning o‘ziga xosligi B.D. Karvarskiy tahriri ostidagi psixoterapiya ensiklopediyasida psixologik maslahat “muammoli holatlar yechimini izlashda mijozga pro-fessional yordam ko‘rsatish” deya ta’riflanib, bunda mijoz sifatida “ek-zistensial krizis, shaxslararo ziddiyatlar, oilaviy qiyinchiliklar yoki kasbiy tanlovda muammolarni namoyon etuvchi sog‘ yoki bemor odamlar bo‘lishi mumkin”. A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiylar tomonidan yaratilgan psixo-logik lug‘atda “turli xildagi psixologik qiyinchiliklarni yengish holat-lariga” psixologik yordam ko‘rsatishning bir turi sifatida ta’rif beril-gan. Nelson-Djouns talqinida psixologik maslahat psixologik jarayon sifatida ta’riflanib, bunda uning nuqtai-nazarida barcha turdagi masla-hatlarga yondashishlar “odamlarning samarali hayot kechirishlaridagi his- tuyg‘ulari, fikrlari va harakatlarini o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi”. Amaliyotchi psixolog S.Yu.Golovin tahriri ostidagi lug‘atning ikkinchi nashrida psixologik maslahatga “mijozlarni tashvishga solayotgan muammo-larni oldindan o‘rganib, maslahat va tavsiyalar tarzida amaliy psixologik yordam ko‘ratish hamda mijozlarni o‘zini va ularning atrofidagi odamlar bilan o‘zaro aloqasini o‘rganish shakli” sifatida ta’rif berilgan. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda psixologik masalahat-ning asosiy “belgilari”ni quyidagicha ajratish mumkin: - psixologik maslahat psixologik yordamning bir turi bo‘lib hisob-lanadi; - mazkur yordam amaliy jarayonli yo‘nalishni tashkil etadi; - kerakli saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislikka erishish; - uni amaliyotda tatbiq etishda mijozlar mavjudligining zarurat-ligi; - mijoz hayotida muammo sifatida uning o‘zi yoki atrofidagilar tomo-nidan aniqlanadigan qandaydir psixologik noqulaylik (diskomfort)ning mavjudligi; - mijozning mazkur muammoni hal etishdagi hohishi; - maslahatchining mijoz tomonidan muammoning mohiyati va uning yechimi yo‘llariga qaratilgan maqsadga muvofiq hatti-harakatlari; - psixologik yordam ko‘rsatish jarayonida maslahatchi mijozda bor bo‘lgan resurslarga e’tiborini qaratishi; - maslahatlar yakka tartibda o‘tkaziladi. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda psixologik maslahatni amaliy psixologiya sohasiga mansub ekanligini belgilash mumkin, chunki maslahatchi uchun maxsus tashkil etilgan suhbat orqali mijozga psixologik yordam ko‘rsatishida mijozning muammoni mohiyati va uning yechimi yo‘llari-ga qaratilgan anglash jarayoni asosiy maqsad hisoblanadi. Har qanday psixologik sog‘lom odam hayotida paydo bo‘ladigan psixo-logik muammolarni hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqidagi fikr psixo-logik maslahat tarkibidagi asosiy g‘oyani tashkil etadi. Turli xil sabab-larga ko‘ra mijoz hamma vaqti ham muammoning tub mohiyati hamda uning samarali yechimi yo‘larini anglay bilmasligi mumkin, ayniqsa bunday holatda mutaxassisning yordami zarur bo‘ladi. Shunday qilib, psixologik maslahatning boshqa psixologik yordamdan farqi mijozga ajratiladigan faolroq rolidan iboratdir. Agar psixokor-reksiya va psixoterapiyadagi natijalar psixolog zimmasida bo‘lsa, maslahat jarayonidagi psixokorreksiya ishlarini mijozning o‘zi olib boradi. Shuningdek yakuniy natijalar ham mijoz zimmasida bo‘ladi. Bunda psixolog muammo mohiyati haqidagi xulosalari va mazkur muammoning yechimiga oid tavsiyalarining haqqoniyligiga javobgardir. Binobarin psixologik maslahat xususiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - birinchidan, mijozning qisqa vaqtda mutaxassis bilan shaxsiy muloqoti (bir-uch marotaba); - ikkinchidan, mazkur muloqotlarning rang-barangligi; - uchinchidan, mijozning Konsultant bilan har bir uchra-shuvining amaliy jihatdan yakunlanishi; - to‘rtinchidan, maslahat jarayonida mijozning faolligi; - beshinchidan, mijozning maslahatdan keyingi davrdagi o‘z muammo-larini yechimiga qaratilgan mustaqil hatti-harakatlari. Ayrim hollarda psixologik maslahat uch uchrashuvdan ham ortiq bo‘li-shi mumkin. Muddatli maslahat zarurati ma’lum bir holatlarda paydo bo‘lishi mumkin. Mijoz o‘zidagi mavjud ma’lum bir psixologik xususi-yatlar bilan muammoni hal etishning dastlabki bosqichida mustaqil harakat qila olmaydi. Bunday xususiyatlar yuqori darajali agressivlik, refleksiya va ishonchsizlikdan iborat. Bundan tashqari olib borilgan izlanishlar natijasida mijozda bir emas bir necha muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda har qanday muammo yechimini hal etish ma’lum miqdordagi uchrashuv-larni tashkil etishni talab etadi. Mijozning maslahat jarayonida psixologik yordam bo‘yicha murojaat-larida muammoning xiliga qarab, psixologik maslahatni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: - yakka tartibdagi maslahat (shaxsiy rivojlanishidagi muammolar; ichki ziddiyatlar; tahlikalar; psixologik jarohatlar; o‘zaro shaxsiy munosa-batlardagi muammolar); - er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar muammosi bo‘yicha maslahat (o‘zaro munosabatdagi muammolar; jinsiy muammolar; nikoh va uni bekor bo‘lgan davridan keyingi holatlar); - oilaviy maslahat (hozirgi va sobiq (nikoh bekor bo‘lgan paytda) qarindoshlar bilan o‘zaro munosabatlar muammosi, psixologik va pedagogik muammolar, bolalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar); - kasbiy maslahat (kasb tanlash, kasbiy faoliyati, mehnat bo‘lgan layo-qati samarasini oshirish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlarini takomil-lashtirish; - tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahat (kadrlar siyosati, faoliyat ko‘rsata-yotgan tashkilot obro‘si, ishlab chiqarish samarasini oshirish, hamkasblari bilan o‘zaro munosabatlar); Ishtirok etuvchi mijozlar sonidan kelib chiqqan holda maslahat tur-lari quyidagilardan iborat: - yakka tartibda; - jamoaviy tarzda Alohida guruhda maslahatni quyidagi masofaviy turlarga bo‘lish mumkin: - telefon orqali maslahat; - yozma maslahat. Shuni yodda saqlash kerakki, predmetni o‘rganish uchun yaratilgan sharo- itga qaratilgan har qanday bo‘linish shartli hisoblanadi. Shuning uchun maslahat e’tirof etilgan turlarning birontasiga ham mansub emas, ular Eyler halqasi singari bir-biri bilan uzviy aloqadir. Misol tariqasida: Shaxsiy masalalar bo‘yicha maslahat yakka tartibda amalga oshiriladi, psixologik va pedagogik mazmundagi masalalar bo‘yicha maslahat yakka va jamoa tartibida bo‘lishi mumkin. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling