3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Xonani jihozlanishi (interer)
Download 82.5 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
Xonani jihozlanishi (interer)
Maslahatchi ixtiyorida ikki xona bo‘lishi kerak – bittasi maslahat va suhbat uchun, ikkinchisi psixodiagnostika, hujjatlarni yuritish va tadbir-larni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishga ajratiladi. Maslahat ishlari uchun ajratilgan xonada o‘rindiqlar, jurnal stoli va mijozlarning uyda mustaqil shug‘ullanishlari zarurati uchun ommaviy psixologik adabiyotlar javoni bo‘lishi kerak. Ikki xona ham yorug‘ rangda bo‘lishi shart. Xonani kelajakka ishonch va yaxshi kayfiyat ta’sirini beruvchi ko‘rgazmali rasmlar bilan bezatish mum-kin. Misol tariqasida xonani Zevsning qizlarni o‘ziga jalb etishi, Geraklning o‘n uchinchi jasorati haqidagi rasm-asarlar bilan bezatish mumkin. Maslahatchining o‘zi uchun ajratilgan ikkinchi xonada yozuv stoli, maxsus psixologik adabiyotlar javoni, psixodiagnostika bo‘yicha kompyuter dasturlari, hujjatlar saqlanadigan seyfdan iborat bo‘ladi. Psixologik maslahat markazini tashkil etish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 1) Aholining turmush darajasini ( ish o‘rinlari qisqaruvi, ishdan ozod etishlar, oylik maoshini o‘z vaqtida bermaslik) tushirishga olib keluvchi turg‘unsizlik; 2) Biron-bir alohida tarmoq yoki ishlab chiqarish tizimidagi davomli va davriy asabiy holatlarning o‘sishi; 3) Kasbiy xususiyatlar tarkibini tashkil etilishiga qaratilgan yuqori psixogenli faktor ( pedagoglar, shifokorlar, psixologlar); Maslahatni tashkil etish maqsadi – ishlab chiqarish, kasbiy sohadagi vakillardagi psixologik tanglik darajasini pasaytirib borish va psiholo-gik muammolarni yechishda yordam ko‘rsatish orqali psixosomatik holatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etishdan iborat. Ikki asosiy holatda yangi maslahat markazi tarkib topadi: 1) Psixologik yordam ko‘rsatish zaruriyatiga qaratilgan sabab bor, psixologik maslahatga esa – yo‘q; 2) Mavjud psixologik maslahatlarga nisbatan mijozlar soni ko‘pligi darajasining yuqoriligi. Albatta, ikkinchi holat bo‘yicha yangi maslahat markazlarini yaratish shart emas, chunki mavjud tashkilotdagi maslahatchining vazifalari va muta-xassisligini takomillashtirishda qayta taqsimlash mehnat samarasini imkoniyatini berishi mumkin. Bunday holatda vazifalarning qayta taqsimoti mutaxassis psixolog-larning ikki sohadagi funksional vazifalarini bo‘linishiga olib keladi: Psixodiagnostika, psixologik maslahat. Mutaxassisilikni takomillash-tirish-bu psixologik yordam ( shaxsiy, intim, oilaviy, psixologik-pedago-gik, ishchanlik ) sohasidagi maslahatchilar o‘rtasidagi taqsimotdir. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling