3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja
-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
Download 107.38 Kb.
|
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1
17-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo’yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo’yicha yoki bozor bahosi (realizatsiya qilishning sof qiymati) bo’yicha amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar» (ro’yxat raqami 1595, 17.07.2006 y.) va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi nizomning «G» bo’limi («Tovar-moddiy zaxiralarni, tugallanmagan ishlab chiqarishlarni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash»). Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ularning boshlang’ich (qayta tiklanish) qiymati bo’yicha hisobga olinadi. LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (5-sonli BHMS) «Asosiy vositalar» (ro’yxat raqami 1299, 20.01.2004 y.), O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (7-sonli BHMS) «Nomoddiy aktivlar» (ro’yxat raqami 1485, 27.06.2005 y.). Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to’liq qoplanguniga yoki ob’yekt hisobdan chiqib ketguniga qadar eskirishni (amortizatsiyani) hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari ob’yekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. LexUZ sharhi Qarang: «Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 1401, 29.08.2004 y.), «Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 1539, 14.01.2006 y.). Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi. LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (12-sonli BHMS) «Moliyaviy sarmoyalarni hisobga olish» (ro’yxat raqami 596, 16.01.1999 y.) va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (8-sonli BHMS) «Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish» (ro’yxat raqami 580, 28.12.1998 y.) 14 va 15-bandlari. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga muvofiq pulda ifodalangan holda aks ettiriladi. Sud qarori bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi. SHartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash byudjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi milliy valyutada — so’mda yuritiladi. LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi 307-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash va O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga o’zgartirishlar kiritish tartibi»ning 1-bandi, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (22-sonli BHMS) «CHet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi» (ro’yxat raqami 1364, 21.05.2004 y.). Download 107.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling