3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari


Download 107.38 Kb.
bet2/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

2.Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari
Bozor munosabatlariga o’tishning yuqoridagi asosiy tamoyillari buxgalteriya hisobini isloh qilishda va korxonaning hisob tizimini bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkil qlishda ham alohida ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham buxgalteriya hisobini isloh qilishda, avvalo, uning hozirgi tizimni saqlab qolgan holda asta-sekin evolyutsion yo’l bilan metodologik, tashkiliy va texnik o’zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Bunda mustahilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Shunday tadbirlardan biri Davlat mulki bo’lgan ob'ektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. Shu maqsadda hukumat iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiylashtirishga oid 20 dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarni amalga oshirish mulkchilik shakllarining rivojlanishiga va bu bevosita buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini rivojlantirishni ham talab qilar edi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilishga doir 1994 yilda qabul qilingan davlat dasturida islohotlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
O’zbekiston Respublikasi islohotlar orqali kapitalning rivojlanishi, xususiylashtirish, ichki va tashqi investitsiyaning kirib kelishi imkoniyatlarini ko’paytirish, xususiy sektor faoliyatiga samarali baho berish;
xalqaro moliya bozorlari resurslaridan samarali foydalanish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan teng munosabatda va aloqada bo’lish;
O’zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bilan taqqoslash imkoniyatlarini yaratib, chet ellik hamkorlarga zarur iqtisodiy axborotlarni o’z vahtida sifatli yetkazib berishdir.
Buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning xalqaro me'yorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta'minlaydi. Xalqaro qoidalarga muvofiq mamlakatimizda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonuniy va me'yoriy hujjatlarida belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga ko’ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi:
buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi;
moliya - xo’jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va ta'sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi;
buxgalteriya hisobining haqiqiy holatiga mos kelishi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida belgilangan talablarga javob berishini nazorat qilish mustahil auditorlik firmalari va davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobotining o’rni va ahamiyati tubdan o’zgaradi.
Bu borada professor S.B. Qodirxonov shunday deb, ta'kidlaydi «Agar hohlansa ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritish mumkin, ya'ni ishlab chiqarish xarajatlarini schetlarning umumiy tizimidan ajratib olgan holda yuritib, shu bilan G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish va moliya buxgalteriya hisobiga o’tish mumkin. Natijada ishlab chiqarish buxgalteriyasi bilan moliya buxgalteriyasi tashkiliy jihatdan ajratilishi mumkin bo’ladi.
Ularning vazifalariga to’xtalar ekan, professor S.B.Qodirxonov shunday deb, yozadi: «Bunda ishlab chiqarish buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishni boshharish va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish manfaatini ko’zlab yuritilsa, moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy xisoboti tizimi va uning moliyaviy hamda tijorat faoliyatini boshharish maqsadida yuritiladi. Hisobchilikning bunday tartibiga o’tish har xil darajadagi boshqaruv tizimini zaruriy axborotlar bilan ta'minlashni sezilarli ravishda takomillashtirish bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va mahsulotning ayrim turlarining rentabellik darajasi haqidagi tijorat sirlarini yashirish imkonini beradi».
Ammo K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning fikricha, «Buxgalteriya hisobini rivojlantirishda bir narsaga alohida e'tiborni qaratish lozim, u ham bo’lsa, buxgalteriya hisobini bozor iqtisodi talablari asosida takomillashtirish faqatgina hisob ma'lumotlari doirasini, mazmunini, maqsadga muvofiqligini, muddatini, uni olishga ketadigan xarajatlarni va boshqaruv ob'ektlarini aks ettirish usullarini kengaytirish asosida bo’lmasligi kerak. Chunki, bu omillar hisob ishlari hajmining o’zini oqlamagan tarzda o’sish va buning oqibatida boshqaruv tizimining talabga javob bermasligi hamda uning yuritilishida soxtalik yuz berish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin».
Shuningdek, olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining foydaliligi to’g’risida shunday deb yozadi: «Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, korxonalarda olinayotgan barcha ma'lumotlarning 40-50 foizi keraksiz, shu bilan birga boshqaruvning ma'lumotga ehtiyoji 50 foizga qondirilmas ekan».
Demak, ushbu olimlar fikricha, buxgalteriya hisobi hozirgi sharoitda o’zining funktsiyasini 50 foizga bajarmoqda. Hozirgi paytda ko’pchillik korxonalarimizning zarar bilan ishlashi va moliyaviy barqarorligining mavjud emasligining bilvosita sabablaridan biri buxgalteriya hisobi bilan bog’oliq ekan. Bu o’z navbatida, buxgalteriya hisobini korxonalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismi sifatida qarash zarurligini ko’rsatmohda va uni uzluksiz ravishda rivojlantirishni taqozo etadi.
Ammo bozor munosabatlari sharoitida xo’jaliklarda mavjud hisob tizimi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitidagidan keskin farq qiladi, ya'ni u moliyaviy hisob va boshqaruv hisobidan tashkil topadi.
Professor Ya.V.Sokolov 1940 yillarning oxiri va 1950 yillarning boshlarida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida buxgalteriya hisobida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi va u «Buxgalteriya hisobiga bo’lindi» deb, ma'lumot beradi.
Moliyaviy hisob, asosan, tashqi foydalanuvcqilarning manfaati uchun yuritilsa, boshqaruv hisobi korxona manfaatini ko’zlab tashkil qilinadi. Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omil bu sanoatning rivojlanishi va natijada iqtisodiyotning boshha tarmoqlari rivojlanishi bilan uzviy bohlihdir.
«G’arb klassifikatsiyasiga muvofiq buxgalteriya hisobi o’zining rivojlanishida quyidagi 5 bosqichni bosib o’tgan va ular asosan jahonning rivojlangan mamlakatlari AQSh, Germaniya, Yaponiya va Frantsiyada qo’llanilgan. Ular savdo (1880 yilgacha), tadbirkorlik (1800-1900 yillar), tashkiliy (1900-1950 yillar), optimizatsion (1950-1975 yillar), strategik (1975 yildan hozirgacha).
Buxgalteriya hisobining hozir amalda rivojlangan mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan strategik tizimida buxgalteriya hisobi va marketingning integratsiyalashuvi natijasida xo’jalikning istihboldagi moliviy holatini anihlash imkoniyatlari vujudga keldi.
T.P.Karpovaning fikricha, an'anaviy hisob usullarining barham topishi va buxgalteriya hisobining ikkiga - Buxgalteriya hisobiga bo’linishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
kapitalning kontsentratsiyalashuvi sharoitida tashqi va ichki raqobatning kuchayishi;
inflyatsiyaning va ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi;
transmilliy korporatsiyalarining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi.
Bizningcha, T.P.Karpovaning fikrlari o’rinli, «…chunki buxgalteriya hisobining an'anaviy usullari haqiqatdan iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida boshqaruv talablariga javob bera olmay qoldi va uni davr talabi asosida rivojlantirish ehtiyoji vujudga keldi.
Masalan: N.P.Kondrakov, Z.V.Kiryanov va boshqalar buxgalteriya hisobiga doir kitoblarida moliyaviy va boshqaruv hisoblarini turli belgilari bo’yicha taqqoslashganda B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellning «Printsipo` buxgalterskogo ucheta» kitobiga tayanishgan.
Respublikamizda va MDH mamlakatlarida buxgalteriya hisobini isloh qilish va uni bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirishda asosiy e'tibor moliyaviy hisobga qaratilgan. Boshqaruv hisobi bo’yicha ma’ruza matnlari, o’quv qo’llanmalar va ilmiy izlanishlar mavjud bo’lsada, davlat miqyosida boshqaruv hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik tomonlarini ishlab chiqish bo’yicha ishlar amalga oshirilayotgani yo’q.
Boshqaruv hisobining eng asosiy muammosi uni har bir xo’jalik va tarmoqda tashkil qilishning o’ziga xos uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarining mavjudligi bo’lib, uni bir xo’jalikdan boshqasiga ko’chirib bo’lmaydi. Shuningdek, boshqaruv hisobini tashkil qilish darajasi o’sha xo’jalikning rahbar va mutaxassislarining malakasiga ham bog’liq. Bundan tashqari raqobat sharoitida har qanday xo’jalik o’zining boshqaruv hisobi tizimini boshqa xo’jalikka tanishtirmaydi. Bularning barchasi boshqaruv hisobining o’ta murakkab hisob tizimi ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda bizning mamlakatimiz xo’jaliklarida boshqaruv hisobi mavjudmi yoki yo’qmi.
Buning uchun biz, eng avvalo, tarixga nazar tashlashimiz zarur. «20- yillarning oxirida vatanimizda hisob-iqtisod ilmi deyarli to’liq ilg’or iqtisodi rivojlangan mamlakatlardan to’sib qo’yilgan. Xuddi shu mamlakatlarning hisob-iqtisodiy nazariyasiga asosan 40-yillarning oxiri va 50-yillarning boshlarida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Eng asosiysi buxgalteriya hisobi ikkiga: «Buxgalteriya hisobiga» bo’lindi.
Buxgalteriya hisobi sohasida ham ancha malakali kadrlar potentsiali vujudga kelganligini alohida ta'kidlash mumkin. Endi qo’yilgan savolga qaytadigan bo’lsak bizning mamlakatimiz korxonalarida boshqaruv hisobi mavjud emas. Faqatgina boshqaruv hisobining elementlarini o’zida aks ettirgan ishlab chiqarish hisobi mavjud bo’lgan. Ammo ishlab chiqarish hisobini yanada rivojlantirish va uni yanada yuqori darajaga ko’tarish, buxgalteriya hisobi va uning boshqaruv funktsiyasini yanada kengaytirish maqsadida sobiq Ittifoqdagi qator iqtisodchilar ilmiy-tadqiqotlar olib bordilar. Jumladan, professorlar A.F.Aksenenko, D.U.Urakov, B.I.Valuev, S.A.Stukov va boshqalar. Ammo ularning ilmiy-tadqiqotlari ishlab chiqarish hisobi miqyosida olib borilgan bo’lib, boshqaruv hisobi kontseptsiyasini yaratish imkonini bermadi.
Professorlar A.F.Aksenenko, M.S. Mavzuijonov, J.J.Pirimbaevlar buning asosiy sabablari to’g’risida quyidagicha yozadi: «Hammaga ma'lumki, har qanday ilmiy g’oya amaliyotda qo’llanilsagina rivojlanadi. Ammo, bizning turli darajadagi amaldorlarimiz hisob biznes filosofiyasi, uning tili ekanligini tushuna olmadi va progressiv g’oyalarning qo’llanilishiga har xil yo’llar bilan to’sqinlik qildilar. Ammo, bizning fikrimizcha markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi uchun sharoitning bo’lishi mutlaqo mumkin emas edi. Chunki xo’jalik sub'ektlariga uning zaruriyati yo’q edi. Daromadlarni taqsimlash, narxlarni belgilash, sotuvchi va xaridorni tanlash davlat organlari tomonidan hal qilinar edi. Anihrog’i xo’jalik sub'ektlari erkin va mustahil emas edi».
Endilikda bozor munosabatlari chuqurlashayotgan hozirgi kunda xo’jaliklarda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish hisobini qo’llash mumkinmi, degan savol tuqiladi: bizningcha, bu borada professor A.F.Aksenenko, M.S.Mavzuijonov va J.J.Pirimboevlarning quyidagi fikrlari o’rinlidir: «MDH davlatlaridagi ishlab chiqarish hisobi AQSh hisob tizimida bo’lgan o’zgarishlar kabi transformatsiyalanadi. Ta'kidlash zarurki, bu o’zgarishlar Amerika tizimidan nusxa olishga asoslanmasligi zarur, aks holda MDH va AQSh, shuningdek, boshqa G’arb mamlakatlari korxonalarining mazmuni va iqtisodining rivojlanishi bo’yicha turlicha darajada. Shuning uchun ham hisobning jahon bo’yicha integratsiyasi uslubiy xarakterga ega bo’lgan moliyaviy hisobga yo’naltirilishi kerak.
Demak, yuqorida biz bildirgan boshqaruv hisobini tashkil qilish har bir korxona va tarmoq miqyosida bir-biridan keskin farq qiladi, degan fikrlarimiz o’rinli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Keyingi yillarda MDH korxonalarida ham Buxgalteriya hisobini alohida tashkil qilish real voqealikka aylandi hamda bu borada matbuotda qator ilmiy maqolalar e'lon qilina boshladi. Masalan: V.F.Paliy va V.V.Paliy, A.D.Sheremet, Ya.V.Sokolov, T.O.Terenteva, K.V.Shiborts va boshqalar. Ushbu maqolalarda Buxgalteriya hisobida buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan qay darajada samarali foydalanish bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Bu borada V.V.Paliy va V.F.Paliy shunday deb yozadi: «Buxgalteriya hisobi uchun bir xil raqamli schetlardan foydalanishning kelajagi yo’q, chunki buxgalteriya hisobi – bu belgilar tizimidir. Bir xil belgili schetlarning Buxgalteriya hisobida qo’llanilishini kodlashtirish va schetlar bog’lanishida chalkashliklarni keltirib chiqaradi». Ularning fikricha, Buxgalteriya hisobi uchun buxgalteriya hisobining schetlar rejasida alohida xarajat schetlari bo’lishi shart. Chunki buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari xarajatlarni ularning elementlari bo’yicha hisobga olishni talab qilsa, korxona rahbariyati va mutaxassislari esa, xarajat moddalari hamda xarajatlarning vujudga kelish joylari, ma'suliyat markazlari bo’yicha hisobga olishni talab qiladi. Xarajatlar elementlari bo’yicha moliyaviy hisobda hisobga olinsa, moddalari, ma'suliyat va vujudga kelish joylari bo’yicha esa boshqaruv hisobida o’z aksini topadi.
V.V.Paliy va V.F.Paliyning fikricha, Buxgalteriya hisobida xarajatlarni hisobga olish hamda ularni bog’lash uchun maxsus schetlarni kiritish zarur. Ular yordamida Buxgalteriya hisobida xarajatlar to’g’risida ma'lumotlar umumlashtiriladi. Xuddi shunga o’xshash fikrni J.J.Pirimboev ham bildiradi. U Buxgalteriya hisobini 79-«Ichki xo’jalik hisob-kitobi» scheti orqali bog’lanishini taklif qiladi. Ammo, bizningcha, ushbu taklif, birinchidan yetarli darajada asoslab berilmagan bo’lsa, ikkinchidan xarajatlar to’g’risidagi ma'lumotlarning Buxgalteriya hisobida bog’lanishining 79- «Ichki xo’jalik hisob-kitobi» scheti orqali bog’lanishi mazmunga ega emas. Chunki xarajatlar hisobi uchun buxgalteriya schetlar rejasining «ishlab chiqarish» bo’limidagi schetlar tayinlangan.
Bizning fikrimizcha, V.V.Paliy va V.F.Paliy tomonidan xarajatlarni Buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ular o’rtasidagi bog’liqlikni ta'minlash uchun taklif etilgan uchala variant amaliy ahamiyatga ega. Ammo bu taklif etilgan xarajatlar hisobini Buxgalteriya hisobida yuritish variantlari 2000 yil 31 oktyabrda Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining yangi schetlar rejasi asosida ishlab chiqilgan va bizning xo’jaliklarimiz amaliy faoliyatiga qo’llash imkoniyati cheklangandir. Sababi bizning Respublikamizda qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi schetlar rejasi Rossiya Federatsiyasi rejasida qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobining schetlar rejasidan va buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan keskin farq qiladi.
Shunday qilib, Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. Shu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy asoslari mamlakatimiz iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi.
Ho’jalik yurituvchi sub’yektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o’ziga xos prinsiplarga amal qilishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Bux­galteriya Hisobi Milliy Standartlarining (BHMS) birinchi sonli standartida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida quyidagilar keltirilgan:
Buxgalter o’zining tajribasiga asoslanib, tashqi hisobotlarni tuzishda qonunga asoslangan, moxirona, professional va belgilangan talablarga mos ish yuritishi lozim. 1
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” Qonunining 6-moddasiga2 ko’ra buxgalteriya hisobi sub’yektlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi sub’yektlaridir.
YUridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O’zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi.
Ushbu Qonunning 7-moddasiga ko’ra buxgalteriya hisobi ob’yektlari aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriyahisobining ob’yektlaridir. Buxgalteriya hisobi ob’yektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.



Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling