Jahon savdosida raqobatning kuchayishi
Download 0.77 Mb.
|
JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potensial raqobatchilarning raqobat kuchi……………………. II bob Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari……………… 2.1 Jaxon bozori va xalqaro savdoda raqobat
JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI Mundarija: Kirish …………………………………………………………………. I bob Raqobatning besh kuchi va uning uning uslubiy asosi………... Raqobat kuchlarini bilish - raqobatbardoshlikning asosiy omili................................................................................................. Potensial raqobatchilarning raqobat kuchi……………………. II bob Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari……………… 2.1 Jaxon bozori va xalqaro savdoda raqobat KIRISH O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlash bo’yicha choratadbirlar ko’rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Xususan, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu majmuani tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni Namangan muhandislik-texnologiya institutida o’qitish xususiyatlari e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanilgan. Ma’ruzalar matni maqsadi - talabalarga hozirgi zamon raqobat nazariyalari tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish tendensiyalari x,amda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantir ishdan iborat. Ma’ruzalar matni yordamida o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning milliy iqtisodiyot amal qilishining mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo’jaligi faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza materiallarini o’zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiy otiga oid nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, O’zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlari, uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo’jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo’nalishlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi hamda milliy 4 iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo’lishi nazarda tutiladi. «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» iqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Talabalarning «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» fanini dastur doirasida yetarli saviya va darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim berishda va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling