Mavzu: Elektron va onlayn o’quv resurslarini yaratish usul va vositalari Reja


Download 57.08 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi57.08 Kb.
#1582686
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
wwwwwwwww


Mavzu: Elektron va onlayn o’quv resurslarini yaratish usul va vositalari
Reja:
1.Elektron ta’lim manbalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishning nazariy asoslari
2.Elektron ta’lim resurslari: tushunchalar va navlar
3.Elektron ta’lim manbalarini yaratish uchun dasturiy vositalar
4. Xulosa:

Ta’limda fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish. Mustaqil masofaviy ta’lim tizimi bilan bilim olishni individuallashtirish texnologiyasini ishlab chiqish va axborot texnologiyalari asosida elektron ta’limdan foydalangan holda talabalar o’qishini jadallashtirish. O’quv jarayonini elekton ta’lim asosida tashkil etish, shu jumladan, o’quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o’zgartirishlar kiritish haqida so’z boradi.


KIRISH Axborot jamiyatiga o’tish zaruriyati jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga o’tishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo’lgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalarning takomillashuvi, «global axborot afzalliklarini» teng huquq asosida ishlatish bilan shartlanadi. Oxirgi yillarda elektron ta’limning an’anaviy ta’limga qaraganda afzallik jihatlari ko’proq aniqlanmoqda. So’nggi vaqtlarda ta’lim oluvchilar va o’qituvchilar an’anaviy ta’limning ba’zi turlariga qaraganda onlayn ta’limning afzalliklari ko’proq degan xulosaga kelmoqdalar. Sababi, ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan raqamli o’qitish platformalari ko’paymoqda, bunda an’anaviy va onlayn ta’limning eng yaxshi tomonlari birlashtirilib aralash ta’lim tizimi shakllantirilmoqda. Aralash ta’lim narxining pastligi, moslashuvchanligi, bepulligi, bundan tashqari ta’lim jarayonida murakkab texnologiyalarni qo’llash afzalligi ushbu alternativa uchun sabab bo’ladi. Bu tendensiyaga bo’lgan qiziqish ta’lim jarayonida talabalarga ta’sir etadi va ta’lim sifatini oshiradi. Ko’pgina tadqiqotlar onlayn ta’lim talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga sabab bo’lishini ko’rsatgan, ya’ni talabalarning mustaqil ta’lim olishiga, individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda o’quv jarayoniga moslashtirish qobiliyatini shakllantirishga asos bo’ladi. Elektron ta’limda rivojlanishini talabalarning raqamli dunyoda o’zini erkin tutishi, ya’ni kerakli ma’lumotlarni yuklab olishi, tahlil qilishi, onlayn kontentlardan erkin foydalana olish qobiliyatida ko’rishimiz mumkin. Vaqt o’tgan sayin ushbu tendensiyaga texnologiyalarni qo’llash asosida an’anaviy ta’limning hohlagan turi, metodi, ta’lim berish usulini kiritishimiz mumkin.
Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog’i orqali real vaqt tizimida o’qitish tezlik bilan rivojlanib borayotgan ta’lim olish turlaridan biri hisoblanmoqda. Elektron ta’lim tizimi ixtiyoriy masofadan hech bir to’siqlarsiz ta’lim berish va ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, an’anaviy ta’lim tizimiga nisbatan real vaqt tizimidagi masofaviy ta’lim tizimida o’qitish samaradorligi yuqoriroqdir (Means, Toyama, Merfi, Bakiya va Jons, 2013). Real vaqt tizimidagi masofaviy o’qitish tizimida video ma’ruzalardan foydalanish eng samarali o’qitish usulidir. Misol keltiradigan bo’lsak, Vang (2008) Tayvand davlatida 10 yil meditsina sohasida o’qib, onlaynda o’qitilayotgan tibbiyot bo’yicha video ma’ruzalar yordamida aholi orasida tibbiy xizmatni yaxshilanganligini aytadi. Yana bir misol, Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Chung- Ang universitetida har bir fan bo’yicha onlayn elektron sinfi (e-class) mavjud. Fanga qatnashishga ro’yxadan o’tgan talaba e-class‖ ga ham kirish huquqiga ega bo’ladi. Ushbu e-class‖ da nafaqat Microsoft Power Point dasturida qilingan prezentatsiyalar balki, video ma’ruzalar, uy vazifasi topshiriqlari ham mavjud. Mashg’ulotga ma’lum sabab bilan qatnasha olmagan yoki darsni yaxshi o’zlashtira olmagan talaba e-class‖ ga kirib video ma’ruzalardan foydalanishi mumkin. Bu albatta ta’lim olish samaradorligini yanada oshiradi va yetuk kadrlar tayyorlashga zamin bo’ladi degan fikrdaman. Ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda o’qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy- siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o’ta salmoqlidir. Pedagogik va axborot texnologiyalarini o’rganish, amalda qo’llash ta’lim-tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati-ta’lim jarayonini jadallashtirish, o’quvchi va talabalarning o’zlashtirishi hamda uning atijalari suratini tezlashtirishi, ijobiy natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi
Hozirgi zamonda ilmiy fikrlashning, hamda ilmiy texnika o’sishi keskin va intensiv ro’y bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda o’qituvchilar zamonaviy bilimlar bilan hamnafas bo’lishlari shart va zarurdir.
Dars jarayonida kompyuterdan foydalanish o’qituvchi va talabalarga, interaktiv o’quv qo’llanmalari bilan bog’liq bo’lgan yangidan-yangi o’ziga xos qulayliklar yaratadi. O’qituvchi tomonidan yaratiladigan interaktiv o’quv qo’llanmalari uchun zamonaviy dasturlash tillarini bilgan holda, ularni talabalar tomonidan qiziqish bilan qabul qilinishiga erishimiz zarur. Kompyuterni boshqa o’qitish vositalari masalan proyektor, elektron doskalar bilan operativ qo’shilishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanib ma’lumot berish xajmini oshiradi va bu bilan o’qituvchi uchun dars vaqtidan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi
Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillari ya’ni, Delphi, Mathlab, MathCad, Maple, Mathematica, Cilarning imkoniyatlaridan foydalanish dars jarayonlarini sifatli tashkil qiladi. Natijada dars samaradorligi ortadi va o’quvchilarning qiziqishi, hamda munosabati o’zgaradi
Ta’limda o’qitishning sifatini oshirish so’zsiz yangi o’qitish usullaridan qanday foydalanishga bog’liq bo’lmoqda. Yangi o’qitish usullarida talaba doimiy ravishda izlanish va xarakatda bo’lishi lozim, ya’ni berilgan ma’lumotlarni olishi, qayta ishlashi va olgan bilimlarni aniq masalalar yechishda qo’llashi lozim. O’qitishning ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shakllarida axborot texnologiyalarning qo’llanilishi tezlik bilan o’z samarasini beradi. Masalan laboratoriya darsida virtual stendlarning qo’llanilishining o’zi albatta mashg’ulotning sifatli tashkil etilishiga asos bo’ladi.
Kompyuter va dasturiy maxsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot texnologiyani ta’limda qo’llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O’quv materiallarini multimedia tizimlari ko’rinishida tayyorlash va ularni kompyuter tarmoqlari va uzatish vositalari orqali ko’pchilikka taqdim etish mumkin. Kompyuter texnologiyalarining ta’lim tizimiga keng joriy etilishi barcha turdagi o’qitish shakllarining o’quv materiallarini qaytadan ko’rib chiqishni talab etadi. Xar bir o’qitish shakliga mos ravishda multimediali elektron o’quv materiallari tayyorlash kerak bo’ladi
Odatda amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida axborot texnologiya vositalaridan kam foydalaniladi. Lekin o’qitish texnologiyalari sohasi tadqiqotlari shuni ko’rsatmoqdaki, aynan ushbu o’qitish shakllarida o’qitish sifatini oshirishning zaxiralari yashirinib yotibdi. Gap shundaki, an’anaviy o’qitish usullarida guruhni faol ishlashga jalb etish va ularning o’zlashtirishini nazorat qilish hamma vaqt ham ko’ngildagidek bo’lavermaydi. O’quv materialining elektron shaklda bo’lishi, matnli, grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko’rish, o’rganish, o’zgartirish kiritish va yozib olib yanada chuqurroq o’rganishga imkon beradi.
O’quv materialining elektron shaklini mavjud lokal tarmoqga jamlansa, ular orqali topshiriqlarni korporativ bo’lib yechish va axborot almashish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Kompyuter sinfidagi kompyuter va dasturiy vositalar talabalarga o’rganilayotgan mavzuga individual yondashish, o’z fikrini shakllantirish va faollikni oshirish imkonini beradi/
O’qituvchi server kompyuter orqali xar bir talabaning o’zlashtirish jarayoni va berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini nazorat qilish va qayd etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda o’qituvchi va talaba o’rtasida ijodiy hamkorlikni ta’minlaydi.
Bunday o’qitishni tashkil etishda o’qituvchidan elektron resurslarni yaratish dasturlari bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lishlikni hamda auditoriyada foydalanuvchi interfeysini ta’minlovchi texnik vositalarning bo’lishligi talab etiladi.
Zamonaviy o’qitish texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, bog’lik) tizim bo’lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan ko’nikma va malakalar o’quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o’zlashtirish, ularda muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma’lum tartibga solingan to’plamdir.
Elektron ta’lim resurslaridan o’quv jarayonida to’liq foydalanish natijasida quyidagilarga erishiladi:
1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig’adilar, biroq xatosiz, ongli ravishda qayta tiklamaydilar;
2) bevosita o’qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar, umumlashtiradilar, namuna bo’yicha amaliy harakatlarni bajaradilar;
3) muammolarni yechish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijaga erishishning yo’l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta’lim resurslarining sifati darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo’ladi.
O’qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan va biladigan, o’ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Elektron ta’lim resurslari qo’llanilgan darslarda o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi pedagogik hamkorlik o’quvchini dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo’lgan qiziqishlari doimiyligini ta’minlaydi
Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qilmoqda. Bunda albatta, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kompyuter, multimedia, internet, masofali o’qitish, yagona axborot muhiti va axborot kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o’zining yaqqol samarasini bermoqda.
Bugungi kun yoshlari uchun yaratiladigan elektron ta’lim resurslariga talab ham ancha murakkab. Ta’lim resurslari har tomonlama mukammal, zamonaviy, yoshlar e’tiborini tortadigan va yangiliklar bilan boyita oladigan bo’lishi kerak. Shuning uchun yangi dasturlash tillaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maksad, uning afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillarida namoyon bo’ladi. Zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib yaratilgan elektron ta’lim resurslarini tarmokda joylashtirish orkali, ukuvchilarni bilim boyligi oshiriladi, esda kolishi kuchayadi, darslar qiziqarli tashkil etiladi, tafakkurni rivojlantiradi samaradorligini oshiradi. dunyoqarashni kengaytiradi, o’quvchilarni o’z ustida ishlashga da’vat etadi, o’z shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga o’rgatadi.
Fan bo’yicha tayyorlangan elektron ta’lim resurslari talabalar bilimini takomillashtirishda, talabalarni baholashda, o’quv jarayonini boshqarishda keng qo’llaniladi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, olib borilgan tadqiqotlar, asosan, ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni tako- millashtirish, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga oid bo’lib, ularda mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv jarayonining didaktik ta’minotini ishlab chiqish va joriy etishga kam e’tibor qaratilgan. Bu esa, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida zamonaviy texno- logiyalardan foydalana olish ko’nikmasini shakllantirish masalasini atroflicha tadqiq etishni taqozo etadi.
Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google‘ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruv tizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayoniga ESMni kiritgan o’qituvchi raqamli axborotdan foydalanishning huquqiy normalari va axborotni himoya qilish masalalari kabi o’ziga xos jihatlarining muhimligini bilishi kerak.
Raqamli axborot va internet resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslarini bilish zamonaviy o’qituvchi uchun juda muhim, chunki u ham elektron resurslarning iste’molchisi, ham ularni ishlab chiquvchisi sifatida ishlay oladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari doirasida elektron materiallardan foydalangan holda o’qituvchi talabalarni mahalliy va global tarmoqlardan foydalangan holda ma’lumot almashishga jalb qiladi. O’qituvchi Internetdan qanday qilib qonuniy ravishda foydalanishi mumkinligini bilishi muhimdir; O’z ma’lumotlaringizni himoya qilish usullari qanday. U o’z talabalari bilan tarmoq aloqasini tushunarli qonuniy asosda qurishi, ularning e’tiborini muammoli masalalarga qaratishi va malakali axborot xatti-harakatlarining namunalarini ko’rsatishi kerak.
Jahon axborot jamiyatining huquqiy asoslarini shakllantirish sharoitida ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari alohida dolzarblik kasb etadi. Shu sababli, ta’lim jarayoni ishtirokchilari ta’lim sohasida axborot resurslari va texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishga ta’sir qiluvchi hozirgi tendentsiyalar haqida tasavvurga ega bo’lishlari kerak. Shuningdek, ushbu hujjatdagi ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonuniy talablarni hisobga olish kerak. axborot tizimlari tarbiyaviy maqsad.
Axborot va axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari Konstitutsiyaga asoslanadi Rossiya Federatsiyasi, Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari va bir qator federal qonunlar. 2012 yil 29 dekabrdagi 273-FZ-sonli "Rossiya Federatsiyasida ta’lim to’g’risida" gi qonun birinchi marta huquqiy maqomni ta’minladi. elektron ta’lim.
Elektronni rivojlantirish bilan bog’liq yana bir muhim hujjat ta’lim muhiti- bu Hukumat dasturi Rossiya Federatsiyasi "Axborot jamiyati (2011-2020)" ma’lumot va bilimlarning erkin almashinuvi zarurligini ta’kidlaydi.
Axborot huquqi normalari ta’lim sohasi uchun maxsus belgilanmagan, ular umumiydir. Ularning ko’pchiligi "Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to’g’risida" Federal qonuni kabi me’yoriy-huquqiy hujjatda tasvirlangan (2014 yil 31 dekabrdagi o’zgartirishlar va 2015 yil 1 sentyabrdagi qo’shimchalar). Intellektual faoliyat natijalariga, shu jumladan ta’lim resurslariga bo’lgan huquqlar Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi (4-bob).
Talabalarga Internet manbalariga murojaat qilib, o’qituvchi ularning e’tiborini har qanday ma’lumot muallifiga ega ekanligiga qaratishi kerak. Mualliflik huquqi to’g’risidagi qonunga ko’ra, bu huquq ma’lumot biron bir vositada qayd etilgan paytda paydo bo’ladi. Internetda chop etilgan ma’lumotlarni joylashtiradigan server ham axborot tashuvchisi hisoblanadi. Faqat resurs muallifi uning mazmunidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin (masalan, nusxasi). Ammo muallif elektron kontentdan cheklovlarsiz bepul foydalanishga ruxsat berishi yoki ruxsat etilgan foydalanishni belgilashi mumkin.
Agar foydalanuvchi sayt yoki diskda resursdan foydalanishning aniq belgilangan qoidalarini topmagan bo’lsa, u resurs muallifiga kontentdan ma’lum bir tarzda foydalanishga ruxsat so’rab murojaat qilishi kerak (odatda fikr-mulohaza uchun aloqa ma’lumotlari ko’rsatilgan). Amaldagi qonunchilikka muvofiq butun materialni nashr etish faqat muallif yoki mualliflik huquqi egasining yozma ruxsati olingandan keyin mumkin.
Muayyan maqsadlarda (axborot, o’quv, ilmiy) nashr etilgan asarlardan iqtibos keltirishga ruxsat beriladi. Iqtibosning ko’lami matndan foydalanish maqsadiga mos kelishi kerak. Shu bilan birga, foydalanilgan asarlar bunday iqtiboslardan aziyat chekmasligini ta’minlash kerak, bu ham mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
Matnlardan (illyustratsiyalar, musiqiy parchalar, videoroliklardan) ta’lim maqsadlarida foydalanishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, o’z saytlarida qarzga olingan materiallarni to’liq qayta nashr etish taqiqlanadi. Faktlar, g’oyalar mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan, lekin o’qituvchi ularning tavsifini o’z zimmasiga olmaydi, u ular haqida o’zi aytib berishi (yozishi) yoki talabalarni boshqa mavjud manbalarga yo’naltirishi kerak.
Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik kodeksida Internet-resurslar bilan bog’liq maxsus modda mavjud emas. Shunday qilib, ushbu hujjatga, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq, asosiy manbasi veb-sayt, portal yoki boshqa Internet-resursda joylashgan nashrlarga iqtibos keltirishda bosma nashrlarga havola qilish bilan bir xil qoidalar qo’llaniladi. Lekin havola formati biroz boshqacha.
Internet-resurslarga iqtibos keltirishda muallifning ismini, unvonini, nashr etilgan sanani (agar u ko’rsatilgan bo’lsa), manbaga havolani (sayt nomi, resursning Internet manzilini) ko’rsatish kerak. Resursga kirish sanasini ham ko’rsating. Ko’rsatilgan parchaning boshi va oxiri har doim qo’shtirnoq ichiga olinadi.
Kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazalari ham mualliflik huquqi ob’ektidir. Ular boshqa asarlar kabi foydalanish shartlariga bo’ysunadi.
Huquqlari faqat o’qish, ko’rish bilan cheklanishi mumkin bo’lgan raqamli resurslar bilan bir qatorda, mualliflar tomonidan bepul foydalanish uchun ixtiyoriy ravishda berilgan ochiq resurslar mavjud. 2.1.4 bo’limida ta’lim maqsadlarida ochiq elektron resurslar haqida ko’proq bilib olasiz.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta’limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo’lib qolmoqda. Shuning uchun ham ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimida kompyuter texnikasidan, zamonaviy axborotkommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar to’xtovsiz kechmoqda. Umuman olganda, hozirgi kunda jamiyatni standart sanoatlashgan iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o’tishi kuzatilmoqda. Yangi iqtisodiyot mijozlari – foydalanuvchilar iqtisodiyoti hisoblanadi, shuning uchun jahon axborot va telekommunikatsiya sanoatini rivojlanishini asosiy omili keng ko’lamda yangi avlod xizmatlarini taqdim etish bo’lib kelmoqda. Ta’limda fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil masofaviy ta’lim tizimi bilim olishni individuallashtirish, texnologiyasini ishlab chiqish va o’zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida ETdan foydalangan holda talabalar o’qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. O’quv jarayonini ET asosida tashkil etish, shu jumladan, o’quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. Bunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo’ldir. Ta’lim tizimiga elektron axborot ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini tanqidiy baholash va takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: • ETni o’quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy texnika bazasini yaratish; • o’quv jarayoni uchun ET mo’ljallangan ta’lim texnologiyalarini yaratish va qo’llash; • talabalarni zamonaviy ET texnologiyalari sohasida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish; • ETni joriy etish orqali ta’lim tarbiya va o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish. Elektron axborot resurslari ta’limga oid axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat bo’lib, u ta’limga oid turli axborotlarning yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog’liq: - ichki omillar — bu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k - tashqi omillar — bu ETning texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. ETdan foydalanish esa, ular bilan muloqotda foydalanuvchilarning ko’nikma va malakalariga bog’liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o’zi nimaligini bilib olish muhim sanaladi. Zamonaviy telekommunikasiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga ma’lum bo’lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet kabi tushunchalardan tashqari, qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar misol bo’lishi mumkin. ―XXI asr axborotlashtirish asri‖ da ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida: o’qitish va o’qish jarayonining; ta’lim muassasasi boshqarilishining; ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Ta’lim muassasida ET muhitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot muhitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy mahsulotlar asosida zamonaviy vositalar va metodlardan foydalanishga ehtiyoj shakllantiriladi. Bunda har bir ta’lim muassasida individual va maslahat mashg’ulotlar asosida pedagoglarni mustaqil va kompyuter ta’limi tizimini tashkil etish kerak. Ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimizda alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimiga ETni joriy etish, birinchi navbatda, jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqishiga bog’liq. Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim (MT) tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida ETdan foydalangan holda talabalar o’qishini jadallashtirish ana shunday muhim vazifalar sirasiga kiradi. O’quv jarayonini ET asosida tashkil etish, shu jumladan, o’quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. AKTni ta’lim jarayonida (xususan, MT jarayonini) qo’llash asosan ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti, bu texnik jihozlar bo’lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo’rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, video konferensiya jihozlari va hakazo. Dasturiy ta’minotga qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo’ljallangan dasturlar to’plami kiradi. So’nggi yillarda g’arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo’llanilib kelinayotgan internet tarmog’i orqali elektron shakldagi ta’lim turini Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim – axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko’rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. ET tashkillashtirishning ko’pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: - Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools); -Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems); - Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems). XULOSA Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Soxalarda katta xajmdagi axborotlarni to’planishi, yaxlit axborot makonini vujudga kelishi, ularni saqlash, qayta ishlash, uzatish jarayonlarida zamonaviy axborot–kommunikasiya texnologiyalardan foydalanishni yo’lga qo’yishni bilish lozim. Shu borada ta’lim tizimida xam o’quv jarayonini olib borish uchun mo’ljallangan turli kompyuter dasturlari ishlatilib kelinmoqda va ularning soni kun sayin ortmoqda. Elektron ta’lim resurslar (ETR) - davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan, bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini elektron vositalar yordamida kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan elektron ta’lim– uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, multimediali elektron ta’lim resurslari, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi. ETR deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda davr talabidagi kerakli interfaollik, ko’rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko’paytirishda kam harajat sarflash, ko’p variantlilik, ko’p bosqichlilik bo’lish bilan birga bilim va ko’nikmalarni tekshirish uchun topshiriqlar, vaziyatli masalalar, keyslar va testlar to’plamining ko’p bo’lishi hamda vaqti-vaqti bilan yangilanib turishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron ta’lim resurslarining afzalligi, avvalo, o’quv jarayonida talabalarda mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga ETRni joriy etish talabalarga fan bo’yicha axborotning to’liq manzarasini namoyish etish bilan birga, o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, o’qitishni individuallashtirish, nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish imkonini beradi, ya’ni o’quv jarayoni samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron ta’lim resurslarning afzalligi talabaga taqdim etilayotgan o’quv axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko’ra, o’zlashtirishida pedagogning o’qitish funksiyasi talabaning o’ziga o’tadi. Bunda pedagog o’quvchini faqat qo’llab-quvvatlaydi, o’quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishda kerakli ko’rsatmalar orqali muammoni hal etishda yordam beradi.
Raqamli axborot va internet resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslarini bilish zamonaviy o’qituvchi uchun juda muhim, chunki u ham elektron resurslarning iste’molchisi, ham ularni ishlab chiquvchisi sifatida ishlay oladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari doirasida elektron materiallardan foydalangan holda o’qituvchi talabalarni mahalliy va global tarmoqlardan foydalangan holda ma’lumot almashishga jalb qiladi. O’qituvchi Internetdan qanday qilib qonuniy ravishda foydalanishi mumkinligini bilishi muhimdir; O’z ma’lumotlaringizni himoya qilish usullari qanday. U o’z talabalari bilan tarmoq aloqasini tushunarli qonuniy asosda qurishi, ularning e’tiborini muammoli masalalarga qaratishi va malakali axborot xatti-harakatlarining namunalarini ko’rsatishi kerak.
Jahon axborot jamiyatining huquqiy asoslarini shakllantirish sharoitida ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari alohida dolzarblik kasb etadi. Shu sababli, ta’lim jarayoni ishtirokchilari ta’lim sohasida axborot resurslari va texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishga ta’sir qiluvchi hozirgi tendentsiyalar haqida tasavvurga ega bo’lishlari kerak. Shuningdek, ushbu hujjatdagi ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonuniy talablarni hisobga olish kerak. axborot tizimlari tarbiyaviy maqsad.
Axborot va axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari Konstitutsiyaga asoslanadi Rossiya Federatsiyasi, Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari va bir qator federal qonunlar. 2012 yil 29 dekabrdagi 273-FZ-sonli "Rossiya Federatsiyasida ta’lim to’g’risida" gi qonun birinchi marta huquqiy maqomni ta’minladi. elektron ta’lim.
Elektronni rivojlantirish bilan bog’liq yana bir muhim hujjat ta’lim muhiti- bu Hukumat dasturi Rossiya Federatsiyasi "Axborot jamiyati (2011-2020)" ma’lumot va bilimlarning erkin almashinuvi zarurligini ta’kidlaydi.
Axborot huquqi normalari ta’lim sohasi uchun maxsus belgilanmagan, ular umumiydir. Ularning ko’pchiligi "Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to’g’risida" Federal qonuni kabi me’yoriy-huquqiy hujjatda tasvirlangan (2014 yil 31 dekabrdagi o’zgartirishlar va 2015 yil 1 sentyabrdagi qo’shimchalar). Intellektual faoliyat natijalariga, shu jumladan ta’lim resurslariga bo’lgan huquqlar Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi (4-bob).
Talabalarga Internet manbalariga murojaat qilib, o’qituvchi ularning e’tiborini har qanday ma’lumot muallifiga ega ekanligiga qaratishi kerak. Mualliflik huquqi to’g’risidagi qonunga ko’ra, bu huquq ma’lumot biron bir vositada qayd etilgan paytda paydo bo’ladi. Internetda chop etilgan ma’lumotlarni joylashtiradigan server ham axborot tashuvchisi hisoblanadi. Faqat resurs muallifi uning mazmunidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin (masalan, nusxasi). Ammo muallif elektron kontentdan cheklovlarsiz bepul foydalanishga ruxsat berishi yoki ruxsat etilgan foydalanishni belgilashi mumkin.
Agar foydalanuvchi sayt yoki diskda resursdan foydalanishning aniq belgilangan qoidalarini topmagan bo’lsa, u resurs muallifiga kontentdan ma’lum bir tarzda foydalanishga ruxsat so’rab murojaat qilishi kerak (odatda fikr-mulohaza uchun aloqa ma’lumotlari ko’rsatilgan). Amaldagi qonunchilikka muvofiq butun materialni nashr etish faqat muallif yoki mualliflik huquqi egasining yozma ruxsati olingandan keyin mumkin.
Muayyan maqsadlarda (axborot, o’quv, ilmiy) nashr etilgan asarlardan iqtibos keltirishga ruxsat beriladi. Iqtibosning ko’lami matndan foydalanish maqsadiga mos kelishi kerak. Shu bilan birga, foydalanilgan asarlar bunday iqtiboslardan aziyat chekmasligini ta’minlash kerak, bu ham mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
Matnlardan (illyustratsiyalar, musiqiy parchalar, videoroliklardan) ta’lim maqsadlarida foydalanishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, o’z saytlarida qarzga olingan materiallarni to’liq qayta nashr etish taqiqlanadi. Faktlar, g’oyalar mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan, lekin o’qituvchi ularning tavsifini o’z zimmasiga olmaydi, u ular haqida o’zi aytib berishi (yozishi) yoki talabalarni boshqa mavjud manbalarga yo’naltirishi kerak.
Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik kodeksida Internet-resurslar bilan bog’liq maxsus modda mavjud emas. Shunday qilib, ushbu hujjatga, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq, asosiy manbasi veb-sayt, portal yoki boshqa Internet-resursda joylashgan nashrlarga iqtibos keltirishda bosma nashrlarga havola qilish bilan bir xil qoidalar qo’llaniladi. Lekin havola formati biroz boshqacha.
Internet-resurslarga iqtibos keltirishda muallifning ismini, unvonini, nashr etilgan sanani (agar u ko’rsatilgan bo’lsa), manbaga havolani (sayt nomi, resursning Internet manzilini) ko’rsatish kerak. Resursga kirish sanasini ham ko’rsating. Ko’rsatilgan parchaning boshi va oxiri har doim qo’shtirnoq ichiga olinadi.
Kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazalari ham mualliflik huquqi ob’ektidir. Ular boshqa asarlar kabi foydalanish shartlariga bo’ysunadi.
Huquqlari faqat o’qish, ko’rish bilan cheklanishi mumkin bo’lgan raqamli resurslar bilan bir qatorda, mualliflar tomonidan bepul foydalanish uchun ixtiyoriy ravishda berilgan ochiq resurslar mavjud. 2.1.4 bo’limida ta’lim maqsadlarida ochiq elektron resurslar haqida ko’proq bilib olasiz.
Rossiya ta’lim o’qituvchilar modernizatsiya munosabati bilan nafaqat an’anaviy foydalanish ta’lim shakllarini, balki innovatsion metodlarni joriy etish. ning elektron ta’lim resurslari uchun talablar qanday haqida gaplashaylik.

Download 57.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling