Muhammad al -xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 25.5 Kb.
|
Mustaqil ishi NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- Parallellashtirishdagi asosiy ma’lumotlar
MUHAMMAD AL –XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Fakultet: Kompyuter injiniringi Kafedra: Kompyuter tizimlari “Parallel ishlov berish ” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: AMD protsessorlari va ularning parallellashdagi imkoniyatlari Guruh:2ХХ-20 KIu Bajardi: ____________________ Tekshirdi: ____________________ TOSHKENT - 2023 MUNDARIJA KIRISH Bugungi kunda axborot komminikatsion texnologiyalari jadallik bilan o’sib rivojlanib bormoqda, shu sababli ham hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan kompyuter qurilmalari ishlab chiqaruvchilaridan muntazam ravishda izlanish va yangiliklar yaratish talab etilmoqda. XXI asr axborot va texnologiya asri deb atalishi ham shu kunlarda yuqori sur’atlarda ish faoliyati, tezligi, amallar bajarish qobilyati va boshqa bir qancha xususiyatlari bilan yangicha tus olishidadir. Raqobatning kuchayishi esa apparat va dasturiy ta'minotning yanada mukammal holga kelishiga sabab bo’lmoqda. Texnologiyalarning asosiy bo’g’ini hisoblangan kompyuter qurilmalarining bugungi kunda AMD, Intel, Sun va boshqa ko’plab ishab chiqaruvchilari faoliyat olib bormoqda. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar esa dunyo bozorlari oldi rastalarini egallab xaridorlar, foydalanuvchilarga manzur bo’lmoqda. Endilikda ushbu kompaniyalar oldida turgan yana bir muhim vazifa bu iloji boricha kompyuter protsessori tezligini oshirish hamda uning parallel ishlash orqali yuqori unumdorlikka erishishini taminlashdir. SHuning uchun texnika asrida ushbu muammolarni hal etish borasida hukumatimiz tomonidan qator qabul qilingan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning amaliy ijrosi to‘laqonli hal qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmonlari joriy etildi. XXI asr axborot texnologiyalari asri. Yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida bir qancha farmon va qarorlar qabul qilingan. Barcha ishlab chiqarish, boshqaruv, ta'lim va boshqa barcha jarayonlarni avtomatalashtirish (kompyuterlashtirish) hamda undan samarali foydalanish zamon talablaridan biridir. Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim sohasida foydalanish juda katta samara beradi hamda ta'lim sifatini oshiradi. Darslarni virtual laboratoriyalar, masofaviy ta'lim hamda zamonaviy interaktiv vositalardan foydalangan holda olib borish ta'lim sifatini oshiribgina qolmasdan tinglovchi (o‘quvchi, talaba)da katta qiziqish uyg‘otadi. Bu albatta ularni tinglab dars o‘tgandan ko‘ra, ular ko‘rgan holda darsni olib borish ma'lumotlarni eslab qolish jarayonini osonlashtiradi. Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib axborot texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma'lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Shuni hisobga olgan holda axborot texnologiyalaridan to‘liq va samarali foydalanib va o‘rganib chiqqan holda, voyaga yetayotgan yosh avlodning ongini, bilimini o‘stirish uchun axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish kerak. Parallellashtirishdagi asosiy ma’lumotlar Hozirgi kundagi barcha komputerlar va texnologik qurilmalarning protsessorlari bir nechta ishni parallel ravishda bajaradi va bu bizga anchagina qulaylik tug’diradi. Protsessorlarni parallellashtirishdan maqsad ham bajarilayotgan ishning tezkorligi va samaradorligidir ya’ni qisqa vaqt ichida yuqori unimdorlikka erishish. Parallel hisoblash – bu kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarida bir vaqtning o’zida bir necha amallarni bajarishdir. Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling