3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


Buxgalteriya hisobining me’yoriy huquqiy ta’minoti


Download 107.38 Kb.
bet3/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

3.Buxgalteriya hisobining me’yoriy huquqiy ta’minoti
Buxgalteriya hisobining me’yoriy huquqiy ta’minoti asosan O’zbeksiton Respublikasida qabur qilingan “Buxgadteriya hisobi” to’g’risidagi Qonun, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom” Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan tartibga solinadi.
“Buxgadteriya hisobi” to’g’risidagi Qonun va“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom” bilan alohida tanishib chiqamiz.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
«BUXGALTERIYA HISOBI TO’G’RISIDA»GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 3 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016 yil 31 martda ma’qullangan
1-modda. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi 279-I-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 142-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda) o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun «Xalq so’zi» gazetasining 2016 yil 14 apreldagi 73 (6508)-sonida e’lon qilingan
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016 yil 13 aprel’,
O’RQ-404-son
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling