3-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: o'qituvchilar bilan ishlash
O‘qituvchilarga maslaxat berish jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar
Download 18.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqqeC238e46zizneV9ulxhoH5H4EzNfmrVDUiFUce6
O‘qituvchilarga maslaxat berish jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar
Kasbiy psixoprofilaktika ikki guruhga bо‘linadi: A) shaxsning kasbiy shakllanishi psixoprofilaktikasi – bunda ѐsh pedagoglarning kasbiy shakllanishi, kasbiy kamoloti va pedagogik mahoratni egallashi uchun olib boriladigan chora-tadbirlar nazarda tutiladi. B) pedagogik faoliyatdagi destruktiv о‘zgarishlar natijasidagi tezkor ѐrdam – bu holatda emotsional kuyinish sindromi, pedagogik faoliyatdagi stresslar, va hissiy toliqish sindromlarini oldini olish maqsadida chuqurlashtirilgan psixoprofilaktik tadbirlar olib boriladi. Pedagogik faoliyatdagi hissiy toliqish sindromi quyidagi sababalar bilan bog‘liq bо‘ladi: 1.Informatsiyaning haddan ziѐd kо‘pligi; 2.Vaqtni tо‘g‘ri taqsimaslik; 3.Metodik ta’minotning notо‘liqligi; 4.Qaror qabul qilishning vaqtga bog‘liqligi; 5.Pedagogik jaoadagi ma’suliyatning notо‘g‘ri taqsimlanganligi; 6.Pedagogik jamoadagi noturg‘unlik va boshqalar. Pedagog jamoasidagi hissiy toliqishning psixprofilaktikasi aynan mana shu simptomlarga nisbatan tolerant munosabatni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun kasbiy psixoprofilktika quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Ma’lumotli – asosiy maqsad kasbiy yangiliklar haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish. 2. Tashkiliy – turli ta’lim muassasalaridagi ishni tо‘g‘ri taqsimlanishi. 3. Adaptiv psixoprofilaktika – shaxsning kasbiy moslashuvi, ya’ni pedagogik jamoaga moslashuvini о‘z ichiga qamrab oladi. 4. Pedagoglardagi depressiyani oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar. 5. Pedagogik jamoadagi hamkorlik buzilganda, nizolar yuzaga kelganda olib boriladigan korreksion profilaktika. 6. Kasbiy reabilitatsiya. 7. Shaxsdagi kasbiy yо‘nalganlikni oshirishga qaratilgan manipulyativ profilaktika. Pedagogik jamoada aynan hissiy toliqishlarni, emotsional kuyinishni bartaraf etish uchun kompleks chora-tadbirlar rejasi tashkil qilinadi. Nazorat savollari: O'qituvchilar psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar qaysilar? O'qituvchi va psixologlarning o’quvchilar bilan ishlashda o'zaro bog’liqligi nimada? O'qituvchilarga maslahat berish jarayonida bo'lishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar? O'qituvchilarning psixologik maslahatlarini tashkil etishdagi yo'nalishlari? Download 18.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling