Jamoadagi psixologik iqlim


Download 8.67 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi8.67 Kb.
#1604486
  1   2   3   4
Bog'liq
Jamoadagi psixologik iqlim


Jamoadagi psixologik iqlim

JAMOADAGI PSIXOLOGIK IQLIM.

Reja: 1.Guruh va jamoa haqida tushuncha. 2.Jamoadagi moslik. 3.Guruh va jamoadagi ruhiy muhit. 4.Psixologik muhitni aniqlash faktorlari. 5.Ijtimoiy-psixologik muhit deganda odatda quyidagilar nazarda tutiladi.

Pedagog yoki tarbiyachi o’z ishida faqat birgina oquvchining o’zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda boladi. SHuning uchun dastlab u ozi bilan bolalar ortasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak. Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi. Masalan, oquvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga toplangan bolalar guruhi. Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Guruh va jamoalar doimo ozgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya organadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir. Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bola olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar todasini jamoa deb bolmaydi.

CHunki ularning maqsadi faqat ozlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa azolari jamiyat rivoji, oz xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, oqituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yolida xizmat qiladilar.

Guruhdagi shaxslararo munosabatlar. Odamning xatti - harakati ijtimoiy muhitning tasiriga bogliqdir. Kishining shaxs sifatida tashqi olam bilan bolgan ozaro munosabatlari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida odamlar ortasida shakllanadigan munosabatlarda yuzaga kelgan. Ijtimoiy hayot davomida va ishlab chiqarishda odamlar ortasida obektiv tarzda yuzaga keladigan real aloqa va munosabatlar odamlarning subektiv munosabatlarida namoyon boladi. Masalan: oqituvchi oquvchilarga togri munosabatda bolmasa, oquvchilarda unga nisbatan hurmat yoqoladi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlar xilma -xil va murakkabdir. Bu munosabatlarni o`rganish uchun maxsus metodlardan foydalaniladi. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi.


Download 8.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling